Issn 2181-9130 Doi Journal 10. 26739/2181-9130


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana30.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1141687
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
5324-Текст статьи-10629-1-10-20220826

Materiallar va metodlar 
Tadqiqot davomida quyidagi to‘rta savolga javob berishga harakat qilindi: birinchi, Ma’muriy 
hujjat tushunchasi uning yuridik tabiyati; ikkinchi, ma’muriy kat turlari, ndividual va jamoaviy 
ma’muriy aktlar; uchinchi, ma’muriy akt tushunchasi va turlari haqida olimlarning ilmiy va amaliy 
izlanmalari; to‘rtinchi, ma’muriy aktning belgilari va o‘ziga xos xususiyatlari. 
Yuqoridagi savollarga javob tariqasida muallifning pozitsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. 
Ushbu tadqiqot ishida ilmiy bilishning tahlil qilish, qiyoslash, taqqoslash, tizimlilik, statistik, 
umumlashtirish va formal-yuridik usullaridan foydalanilgan. 
Tadqiqot natijalari 
Ma’muriy akt bugungi kunga qadar ma’muriy huquq sohasida juda ko‘plab olimlar tomonidan 
o‘rganib kelinmoqda hamda ko‘plab olimlar fikrlarini va o‘z nazarlarini bildirishgan. Jumladan, S.M. 
Barxar[3] ma’muriy tartib-taomillar fuqarolarning (ommaviy) ma’muriyat bilan bo‘ladigan huquq, 
erkinlik va qonuniy manfaatlarni ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladigan munosabatlar ro‘yobga 
chiqarishiga qaratilgan hujjatlar va hatti-haralatlar deya ta’kidlagan. Ushbu fikrga qo‘shilgan holda 
davom ettiradigan bo‘lsak, yuridik fanlar doktori J.Ne’matov[4] ma’muriy aktga quyidagicha ta’rif 
beradi: “Ma’muriy akt – bu ma’muriy huquqning markaziy instituti deya ta’kidlaydi. Ushbu fikrlarga 
qo‘shilgan holda aytishimiz mumkinki, tegishli organlar va mansabdor shaxslarning qarorlari va 
harakatlari odatda akt shaklda tuziladi va bu aktlar normativ yoki normativ bo‘lmagan xarakterga 
yega bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqiy hujjatlar hisoblanadi. 
Ma’muriy akt ma’muriy huquq sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirishda eng muhim 
ahamiyat kasb etadi. Mashxur ma’muriy huquqshunos nemis olimi Otto Mayer ta’kidlaganidek 
ma’muriy aktlarsiz davlat boshqaruvini tassavur qilib bo‘lmaydi.[5] 
Ma’muriy akt tushunchasi borasida sovet zamonaviy olimlari tomonidan ilmiy adabiyotlarda 
qonuniy kuchga ega bo‘lgan, davlat vakolatli organning irodasini ifodolovchi bir tomonlama 
individual shaxsga yoki jamoaga qaratilgan, majburiyat yuklaydigan, yoki muayyan huquq beradigan 
ma’muriy huquqiy hujjatlar yoki harakatlar sifatida e’tirof etilgan. 
Ma’muriy huquqiy-hujjatlar (aktlar)ga nisbatan ikki xil yondashuv mavjudligini ko‘rishimiz 
mumkin. Ushbu yondashuvlar olimlar tomonidan keng doirada va tor doirada tushuniladi. Keng 
yondashuv tarafdorlari ma’muriy hujjatlar(aktlar) tashqi tomondan nafaqat rasmiy qarorlar qabul 
qiladigan rasmiy hujjatlar shaklida balki, ijro etuvchi hokimiyat organlari, (davlat boshqaruv 
organlari, ma’muriy organlar) tomonidan amalga oshiriladigan har qanday, shaklda ham ifodalanishi 
mumkin, deya hisoblashadi. Bularga qonuniy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’muriy harakatlar, hususan 
og‘zaki buyruqlar, imo-ishoralar, belgilar, signallar ham kirib ketadi.
Tor yondashuv tarafdorlari ma’muriy-huquqiy aktlar (ma’muriy hujjatlar) tashqi ko‘rinishda 
faqat yozma shaklda, ya’ni tegishli rasmiy hujjatlar (buyruqlar, qarorlar, va boshqalar shaklida 


№8 | 2022
58 
ifodalanishi mumkin deb hisoblashadi.) Ba’zi olimlarning fikricha, boshqaruvning ma’muriy aktlari 
tashqi ko‘rinishda ifodalanishi mumkin vakolatli mansabdor shaxslarning "ruxsat berish", 
"tasdiqlash" kabi yozma qarorlari shaklida.
Shu bilan birga, ma’muriy huquq bo‘yicha ayrim o‘quv adabiyotlarida ma’muriy-huquqiy 
aktlar (ma’muriy hujjatlar) shakli masalasiga ikkiyoqlama yondashuv ko‘rsatiladi. Xususan, umumiy 
ma’muriy huquq darsligida professor Y. N. Starilov[6], bir tomondan, boshqaruvning huquqiy akti 
yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlarning bir turi ekanligi ko‘rsatib o‘tib, Bir tomondan, 
boshqaruv aktlari ifodalanish shakliga qarab og‘zaki (yozma va og‘zaki) va konkret (yo‘l belgilari, 
maxsus signal va belgilar, tovush va shovqin signallari) ga bo‘linishini ta’kidlab o‘tgan.
Lekin sovet davrida ma’muriy huquq sohasidagi ma’muriy aktlarga faqat bir tomonlama 
qaralgan. Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari ma’muriy-huquqiy hujjatlar chiqarish huquqiga 
egami degan savol aniq hal etilmagan. Bu masalalarni tahlil qilish natijasi bo‘yicha quyidagi fikrlar 
mavjud. 
Ba’zi olimlarning fikricha, ma’muriy-huquqiy aktlar (boshqaruvning huquqiy aktlari, 
ma’muriy hujjatlar) faqat ijro etuvchi hokimiyatning vakolatli organlari (mansabdor shaxslari) 
tomonidan chiqarilishi mumkin. Yana boshqa olimlar esa ma’muriy-huquqiy aktlar( boshqaruvning 
huquqiy aktlari, ma’muriy hujjatlar), shu jumladan davlat boshqaruvining barcha vakolatli 
subyektlarini chiqarish huquqiga ega bo‘lgan hokimiyat subyektlari doirasini yanada kengroq deb 
hisoblaydilar.
Adabiyotlarda ma’muriy-huquqiy aktlar (ma’muriy hujjat) chiqarish huquqiga ega bo‘lgan 
subyektlar doirasini aniqlashga ham juda keng yondashuvlar mavjud mavjud. Jumladan, 
D. N. Baxrax nafaqat davlat ijro hokimiyati organlari va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti 
ma’muriyatini, balki sud va davlat organlari rahbarlarini ham davlat boshqaruvi aktlarini chiqarish 
huquqiga ega bo‘lgan subyektlar qatoriga kiritadi[7].
Yuqoridagi fikrlar natijasida ma’muriy akt tushunchasi yuzasidan quyidagi ta’riflar vujudga 
keladi: 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling