Issn 2181-922x o‘zbekiston
Download 101.64 Kb. Pdf ko'rish
|
detektiv asarlar tilining pragmatik tahlili
1 ISSN 2181-922X O‘ZBEKISTON TIL VA MADANIYAT QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK, CHOG‘ISHTIRMA TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIK UZBEKISTAN LANGUAGE AND CULTURE COMPARATIVE LITERATURE STUDIES, CONTRASTIVE LINGUISTICS AND TRANSLATION STUDIES 2022 Vol. 3 (1) www.tsuull.uz www.uzlctscls.tsuull.uz 2 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Bosh muharrir: Shuhrat Sirojiddinov Bosh muharrir o‘rinbosarlari: Uzoq Jo‘raqulov Nozliya Normurodova Ziyoda Teshaboyeva Mas’ul kotib: Mahmadiyor Asadov Tahrir hay’ati Bahodir Xoliqov, Komiljon Hamroyev, Odiljon Safarov, Nargiza Rashidova, Murtazo Saydumarov, Aidaxon Bumatova, Ulug‘bek Yo‘ldoshev, Nurmurod Chiniqulov, Nigora Sulaymonova, Oydin Tuychiyeva, Ra’noxon Xudjayeva, Zulfiya To‘xtaxadjayeva, Ma’suma Obidjonova, Gulnora Gulyamova. Jurnal haqida ma’lumot “Qiyosiy adabiyotshunoslik chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” seriyasi – qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik sohalarini qamrab olgan O‘zbekiston: til va madaniyat akademik jurnalining ilovasi hisoblanadi. Jurnal bir yilda to‘rt marta chop etiladi. Jurnalning maqsadi qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslikka oid dolzarb mavzulardagi bahs-munozaraga undaydigan, yangi, innovatsion g‘oyalarga boy, o‘z konsepsiyasiga ega bo‘lgan tadqiqotlarni nashr etishdir. Ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi, shuningdek, boshqa turkiy tillarda yozilgan maqolalar qabul qilinadi. Jurnalda ilmiy maqolalar, kitoblarga yozilgan taqrizlar, adabiyotlar sharhi, konferensiyalar hisobotlari va tadqiqot loyihalari natijalari ham e’lon qilinadi. Mualliflar fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. O‘zbekiston, Toshkent, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 103. Email: uzlctscls.@navoiy-uni.uz Website: www.uzlctscls.tsuull.uz 4 MUNDARIJA JAHON ADABIYOTI VA TIPOLOGIK TALQIN Komiljon Hamroyev “Saddi Iskandariy” va “Hamlet” asarlarida “bilib qolish” tipologiyasi ......................... 6 Mahmadiyor Asadov “Kimsasiz odam” botin olamining badiiy-psixologik talqini ......................................... 14 Nilufar Jumayeva Uilyam Folkner asarlarida simvolizm belgilari .................................................................. 21 Yulduz Ziyayeva “Oshiq-ma’shuqa-raqib” obrazi takomilida jahon romanchiligining ta’siri ........... 29 Azamat Xayrullayev Sharq hikoyatlarida “tarbiya motivi” ...................................................................................... 37 Dilnavoz Najimova Jahon adabiyotida antalogiya tuzish tamoyillari ............................................................... 41 SHARQ VA G‘ARB LIRIKASI MUAMMOLARI Sarvinoz Sotiboldiyeva Foniyning muxtare’ g‘azallari ..................................................................................................... 47 Oydin Tuychiyeva Moga Rahmoniy tazkirasida ijtimoiy-tarixiy muhitning poetik tasviri .................... 61 TARJIMA VA TARJIMASHUNOSLIK Kosimboy Ma’murov, Nargiza Tilakova Navoiy ijodiyoti: g‘azal tarjimasining tartibi-qoidalari .................................................. 72 Nargiza Rashidova O‘zbek va turk tillarida diniy mansab va unvon nomlari semantikasi ..................... 86 Aidaxon Bumatova Poetik tarjima transformatsiyasi .............................................................................................. 92 Odiljon Safarov Qiyosiy tilshunoslik muammolari ......................................................................................... 100 Ra’noxon Xudjayeva Badiiy asarlarda omonimlar berilishining tarjima muammolari ............................ 113 QUTLOVLAR Uzoq Jo‘raqulov Global adabiyot talqinchisi ....................................................................................................... 121 CHOG‘ISHTIRMA TILSHUNOSLIK Gulnoraxon Niyazova Detektiv asarlar tilining pragmatik tahlili ......................................................................... 125 5 CONTENT TYPOLOGICAL ANALYSES AND THE WORLD LITERATURE Komiljon Hamroev Typology of "realiring" in "Saddi Iskandariy" and "Hamlet" ........................................... 6 Mahmadiyor Asadov The artistic and psychological interpretation of the inner world of "desolate man" ..... 14 Nilufar Jumaeva Signs of Symbolism in William Faulkner’s works ............................................................. 21 Yulduz Ziyaeva The influence of world novels on the development of the image of "lady-love suitor, rival" ....................................................................................................................................... 29 Azamat Khayrullaev “Motif of education” in East stories ......................................................................................... 37 Dilnavoz Najimova Principles of Compiling an anthology in World Literature ........................................... 41 THE ISSUES OF POETRY OF WESTERN AND EASTERN COUNTRIES Sarvinoz Sotiboldieva Foni's mukhtarah gazelles ........................................................................................................... 47 Oydin Tuychieva Poetic description of the socio-historical environment in Moga Rahmani's Tazkiras .. 61 TRANSLATION AND TRANSLATOLOGY Kosimboy Ma’murov, Nargiza Tilakova Navoi’s creativity: procedure of ghazal Translation ........................................................ 72 Nargiza Rashidova The semantics of religions ranks and titles in Uzbek and Turkish languages....... 86 Aidakhon Bumatova Transformations in the poetic Translation .......................................................................... 92 Odiljon Safarov The problems of contrastive linguistics ............................................................................. 100 Ra’nokhon Khudjaeva Translation problems of giving homonyms in literary works .................................. 113 GRATITUDES Uzoq Djuraqulov Interpreter of global literature ............................................................................................... 121 CONTRASTIVE LINGUISTICS Gulnorakhon Niyazova Pragmatic analysis of language of detective fiction ....................................................... 125 125 CHOG‘ISHTIRMA TILSHUNOSLIK Detektiv asarlar tilining pragmatik tahlili Gulnoraxon Niyazova 1 Abstrakt Ushbu maqolada tadqiqotchi detektiv fantastika tilini ijtimoiy- pragmatik va gender jihatlarida tilshunoslikda muhim natijalar beradigan tadqiq qilish bilan bog‘liq masalalar haqida fikr yuritadi. Maqolada ikki tildagi detektiv fantastika tilining pragmatik xususiyatlari tahlil va muhokama qilinadi. Maqolaning asosini detektiv adabiyotning lingvistik elementlarini tahlil qilish va aniq misollar bo‘yicha fikrlarni oydinlashtirish tashkil etadi. Detektiv hikoyalarning til xususiyatlarini tahlil qilish va o‘rganish, uning pragmatik xususiyatlariga alohida e’tibor berishni talab qiladi. Bunda detektiv asar konteksti pragmatik tahlil ob’ekti sifatida olinadi va tahlil jarayonida badiiy asar matnining muayyan lingvistik xarakterli xususiyatlari o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: pragmatik muhit, detektiv janr, pragmatik tahlil, detektiv asar konteksti, tilning pragmatik xossa va xususiyatlari, ko‘chma ma’noli lisoniy birliklar, sotsiopragmatik tahlil Kirish. O‘zbek tilshunosligida detektiv asarlar, asosan, adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganilgan bo‘lib, lisoniy tadqiqi borasida jiddiy tadqiqotlar olib borilmagan, jumladan, detektiv asarlar tilini sotsiopragmatik va gender aspektlarda o‘rganish tadqiqotchilar nazaridan chetda qolib kelgan. Detektiv asarlarning til xususiyatlarini tahlil va tadqiq qilish detektiv asar tilining pragmatik xususiyatlariga ham alohida to‘xtalishni taqozo etadi. Bunda pragmatik tahlil ob’ekti sifatida detektiv asar konteksti olinadi va tahlil jarayonida asar matniga xos muayyan lingvistik xususiyatlar o‘rganiladi. Bu esa tilning pragmatik xossa va xususiyatlariga to‘xtalib o‘tish va shu asosida detektiv asarlarning til elementlarini tahlil qilish hamda fikrlarni aniq misollar yordamida ochib berish orqali amalga oshiriladi. Pragmatika tilshunoslikning yangi amaliy tarmog‘i sifatida tilning nutqiy jarayon, nutqiy vaziyat, nutq ishtirokchilariga xos kommunikativ niyat bilan aloqador muammolarini o‘rganuvchi soha sifatida shakllanmoqda [1]. Til o‘z sohibi bilan birgalikda o‘rganilar ekan, tabiiyki, uning maqbul tavsifi ham o‘zi mansub millat madaniyati va mentaliteti bilan birga olib 1 Niyazova Gulnora G‘ulomovna - filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. E-pochta: niyazova@navoiy-uni.uz ORCID ID: 0000-0001-5905-2129 Iqtibos uchun: Niyazova, G. G‘. 2022. “Detektiv asarlar tilining pragmatik tahlili”, O‘zbekiston: til va madaniyat, 3 (1): 125-133 126 qaralgandagina beriladi. Albatta, tildagi har qanday birlik u yoki bu darajada milliy-madaniy o‘ziga xosliklarni namoyon etadi [2]. Pragmatik muhitning tarkibiy elementlari miqdoran rang-barangligi va keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. Ya’ni, shaxs, vaziyat, sharoit orasida turli omillar va ularning ta’siri muhim ahamiyatga ega sanaladi. Shaxsning nutqiy holati jinsiy tafovut, fe’l, saviya, ijtimoiy mavqe, yosh, ma’lumoti, mutaxassislik, sog‘liq, kayfiyat kabi kabilar, xususan, grammatik shakllarning nutqiy voqelanishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatishi bilan xarakterlanadi. Protsessual komponent – detektivlik nutqining bilim sohasi, ya’ni tushuntirish badiiy va lingvistik vositalar yordamida o‘quvchiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan matnning bir qismi. Bu yerda detektiv tushunchalar uchun dominant bo‘lgan konsepsion ish paydo bo‘ladi: sir, hal etish va jinoyat-jazo [3]. Detektiv nasrning odatiy xilma-xilligi janridagi o‘sish uning til komponentiga ta’sir qila olmadi. Detektivning janr sifatida asosiy xususiyati – bu qandaydir sirli voqea- hodisalarning mavjudligi, ularning holatlari noma’lum va aniqlanishi kerak. Eng ko‘p, tez-tez tasvirlangan voqea bu jinoyatdir, jinoiy bo‘lmagan voqealarni tergov qiluvchi detektivlar mavjud bo‘lsa ham (masalan, detektiv janriga tegishli bo‘lgan Sherlok Xolms haqidagi eslatmalarda, o‘n sakkiztadan beshtasida jinoyatlar mavjud emas). Detektivning muhim xususiyati shundaki, voqeaning haqiqiy holatlari, tergov tugagunga qadar, har qanday holatda ham, o‘quvchiga yetkazilmaydi. Buning o‘rniga, o‘quvchi har bir bosqichda o‘z versiyalarini yaratish va ma’lum faktlarni baholash imkoniyatiga ega bo‘lib, tergov jarayonida muallif e’tiborini jalb qiladi. Agar ish dastlab voqeaning barcha tafsilotlarini tavsiflasa yoki voqeada noaniq, sirli hech narsa bo‘lmasa, unda u allaqachon aniq detektiv voqeaga emas, balki tegishli janrlar (aktyorlik filmi, politsiya romantikasi va boshqalar)ga bog‘liq bo‘lishi kerak. Detektiv (lotincha “ detectio” – oshkor qilish, inglizcha “detektiv” – detektiv) – “muayyan bir jinoyatni ochish jarayoniga qaratilgan, yaxshilik va yovuzlik o‘rtasidagi ziddiyatdan iborat badiiy asar”. Klassik detektiv janr sifatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega hisoblanadi va uni yana bir nechta kichik janrlarga bo‘lish mumkin[4]:1.Tergovchi – “jumboq” detektivi. 2. Fantastik detektiv. 3. Yopiq tipdagi detektiv.4. Kinoga oid detektiv. 5. Tarixiy detektiv hikoya. 6. Fitna detektivi. 7. Jinoyat detektivi. 8. Zamonaviy detektiv.9. Ilmiy detektiv.10. Siyosiy detektiv. 11. Harbiy detektiv. 12. Psixologik detektiv. 13. Ayg‘oqchi detektiv. Pragmatikada nafaqat badiiy adabiyot, balki adabiyot, san’at, radio, televidenie va boshqalarning ham pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Ushbu vositalarning o‘quvchi yoki tomoshabinga qanday ta’sir qilishi o‘rganiladi. Shu sababli detektiv asarlarning pragmatik tahlil va tadqiq etilishi tilshunoslikning muhim bir qismi sifatida qabul qilinadi. Detektiv asarlarda ibora, maqol, to‘liqsiz gap, argo, jargon, kodlashtirilgan lisoniy birliklar faol qo‘llanadi. Quyida Tohir Malikning “Shaytanat” asaridan olingan ba’zi misollar vositasida yuqoridagi fikrlarni dalillashga harakat qilamiz. 127 Quyida keltiriladigan diskurs namunalari asardagi din ulamolari va domlalar nutqidan olindi. – Soli ota, siz shu gaplarga ishondingizmi? Hukumat buzaman desa, mendan so‘rab o‘tirarkanmi? Men hukumatga kimman? Hech kimman! Odamlar gapiraveradi-da. – Odamlar ahmoq emas, bo‘lar-bo‘lmasga gapiraverishmaydi, – dedi Jo‘ra cho‘loq. – Sizning kimligizni bilamiz. Qayoqqa qo‘l uzatsangiz yetadi [5]. Ushbu parchada qo‘l uzatsangiz yetadi shakldosh ibora hisoblanadi. Gapda ko‘chma ma’noda qo‘llangan iboraning semantik mazmuni kontekstdagina yuzaga chiqadi. Ushbu gap sizning kimligizni bilamiz jumlasidagi ma’noni to‘ldirib, izohlab keladi. Ushbu parchadagi umumiy gap mazmuni shu ikki ifodaviy butunlik orqali pragmatik nuqtai nazardan voqelanadi. Ushbu keltirilgan diskursning aynan diniy ulomaga nisbatan aytilishi matn mazmunini yanada ochib beradi va matnning sotsiopragmatik jihatdan yanada batafsilroq tahlil qilinishiga yo‘l ochadi. “Shaytanat” va “Cho‘qintirgan ota” detektiv asarlari taqqoslanganda, Tohir Malikning syujet bayoni, voqealarni o‘zaro bog‘lash, asar kompozitsiyasiga daxldor muhim bir xususiyatni alohida ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi. Bu jihat muallif-roviyning syujet voqealari orasida paydo bo‘lish hodisasidir. Bu ilmiy-nazariy tezisga doir bir qancha misollar keltiramiz: Sezib turibman. Siz bu gaplarimga unchalik ishonmadingiz. Odamni o‘limga hukm etganida yuragi jiz etib qo‘ymaydigan Asadbekning uyda musulmonsheva bo‘lishi siz uchun g‘alati tuyulishi mumkin. Lekin men sizga Asadbekning onasi haqida hali so‘zlaganim yo‘q [6]. Birinchi shaxs nomidan so‘zlayotgan odam haqida asardagi boshqa birorta qahramon, deb o‘ylash noo‘rin. Mario Pyuzo asardagi Makkloski timsolida davlat xizmatida bo‘la turib, nopok yo‘llar bilan farovon hayot kechirishni niyat qilgan kimsalarning asl qiyofasini ochib berib, bu holatning ildizi ijtimoiy muammolarni – jamiyatda tizim sifatida shakllangan qonuniy asosdagi noqonuniylik ekanini fosh etadi. Asosiy syujet chizig‘i yordamchi obrazlar, epizodik voqealar bilan boyitiladi. Ayrim vaziyatlarda syujet dinamikasini ta’minlaydigan jumla yozilib, avval uning tafsiloti yoki keyingi rejalarga ishora qilinadi. Masalan, o‘z uyida majlis o‘tkazgan Don Korleone “I want a little peace, a little quiet and tranquillity for my old age” [7] (“Qarigan chog‘imda tinchlik va xotirjamlikda beg‘alva yashamoqchiman”) [8], deb niyatini aytadi. Darhaqiqat, mafiya orasida o‘z maqsadiga yetish uchun ishlatiladigan yolg‘onlar ham bo‘ladi. Xotirjam yashamoqchi bo‘lgan Don o‘z maslahatchisi Tom Xeygenga rejalarini aytadi. Syujetning keyingi rivoji uchun Xeygen xayolidan kechgan o‘y-fikr qiziq: Hagen nodded and went out. He wondered if the Don was keeping a check on him also in some way and then was ashamed of his suspicion. But now he was sure that in the subtle and complex mind of the Godfather a far-ranging plan of action was being initiated that made the day’s happenings no more than a tactical retreat. And there was that one dark fact that no one mentioned that he himself had not dared to ask, that Don Corleone ignored. All pointed to a 128 day of reckoning in the future [9] (“Xeygen bosh irg‘ab, eshikdan chiqdi. Qiziq, Don uni ham tekshirib turarmikin? Bu shubhadan o‘zi ham uyalib ketdi. Biroq Cho‘qintirgan otaning kallasida, bu past-baland va murakkab chalkash yo‘llarda uzoqqa mo‘ljallangan rejalar pishib yetilayotganiga, bugungi chekinish shunchaki taktik yo‘l ekanligiga uning ishonchi komil edi. Buning ustiga hech kim qila olmagan, o‘zi so‘rashga jur’at etolmagan, Don Korleone ham indamasdan chetlab o‘tgan vaziyat noaniqligicha qoldi. Bularning hammasi qasos olinadigan kunga tayyorgarlik ko‘rilayotganligining belgisi edi”) [10]. Bu ko‘chirmada “a far-ranging plan” (“uzoqqa mo‘ljallangan rejalar”), “a tactical retreat” (“taktik yo‘l”), “one dark fact that no one mentioned, that he himself had not dared to ask” (“chetlab o‘tgan vaziyat”) kabi birikmalar, ayniqsa, “All pointed to a day of reckoning in the future” (“Bularning hammasi qasos olinadigan kunga tayyorgarlik ko‘rilayotganligining belgisi edi”), degan muallif eskartishi syujet dinamikasini ta’minlaydi. Garchand Don Korleone o‘ziga tinchlik-xotirjamlik tilayotgan bo‘lsa ham, ishining davomchisi Maykl Korleonening sog‘ligi borasida qayg‘uradi. Demak, Xeygenning tasavvuriga ko‘ra, ayni damda o‘quvchiga ishora qilinganidek, syujet to‘qimasida qiziqarli kurashlar, o‘ch va qasos olish jarayonlari davom etadi. Bu keyingi voqealar xronologiya bo‘yicha bayon qilinishini anglatadi. Mario Pyuzo asarida voqea-hodisa o‘z nomi bilani emas, obrazli tarzda ifodalangan o‘rinlar ko‘p uchraydi. Masalan, “Nyu-Yorkka qaytgach, Pauli Gatto va Pit Klemenza o‘zlarining qora mashinalarida Bonasera qizini tahqirlagan ikki erkak, Jerri Vagner va Kevin Munanni bardan chiqqunlariga qadar kutishdi. Ikki mafioz ular bardan chiqqach mashinadan sakrab chiqdilar va ularni o‘lgudek kaltaklashdi. Don Korleone Bonaseraning “adolat istagini” amalga oshirdi. Bu o‘rindagi “adolat istagi” Don Korleonening bergan va’dasida keltirilgan edi. Don Korleone Amerigo Bonaseraga "Sen o‘z adolatingga erishasan" degan edi. “Adolat istagi” Amerigo Bonaseraning qizini tahqirlagan “ikki kishini o‘ldirish” edi, lekin jinoyatchilar o‘ldirilmaydi, “o‘lgudek kaltaklandi”. O‘lim bilan baholangan “adolat istagi” kaltaklash bilan amalga oshiriladi. Tabiiy ravishda ingliz tilida ham detektiv matnlar o‘ziga xos sotsiopragmatik va sotsiolingvistik xususiyat kasb etadi. Asar qahramonlarining xarakterida, nutqida va boshqa diskursiv xususiyatlarida sotsiopragmatik va sotsiolingvistik tahlil elementlari ko‘rinib turadi.Shuningdek, ingliz va o‘zbek tillaridagi detektiv asarlarning sotsiolingvistik xususiyatlarida umumiy va farqli jihatlar uchraydi va bu ham tabiiy hodisalardandir. Ya’ni Sharq jamiyatidan farqli ravishda G‘arb jamiyati yashash tarzi, ijtimoiy masalalarga qarashi, g‘ayritabiiy jarayonlarga beradigan bahosi, kundalik foydalanadigan predmetlari va boshqalari bilan ham farqlanadi. Bu tafovutlar detektiv asar qahramonlari kommunikativ holatida ham kuzatiladi. Buni quyidagi misollardan ham anglashimiz mumkin. 129 Virgiliy Solosso individ sifatida He’s supposed to be very quick with the knife, or was, when he was young. Only in matters of business, though, and with some sort of reasonable complaint. A very competent man and his own boss. He has a record, he’s done two terms in prison, one in Italy, one in the United States, and he’s known to the authorities as a narcotics man. This could be a plus for us. It means that he’ll never get immunity to testify, since he’s considered the top and, of course, because of his record. Also he has an American wife and three children and he is a good family man. He’ll stand still for any rapas long as he knows that they will be well taken care of for living money “ Juda malakali odam va o‘ziga o‘zi xo‘jayini. U o‘zining rekordiga ega, u ikki muddat qamoqda o‘tirgan, biri Italiyada, biri Amerika Qo‘shma Shtatlarida va u tepadagi AKAlarga narkotik moddalar bilan shug‘ullanuvchi odam sifatida tanilgan. Bu shuni anglatadiki, u hech qachon guvohlik berish uchun immunitetga ega bo‘lmaydi, chunki u o‘z rekordi tufayli eng yuqori deb hisoblanadi. Shuningdek, uning amerikalik xotini va uch farzandi bor va u yaxshi oila boshlig‘i. U har qanday oqib turgan pul uchun yaxshi g‘amxo‘rlik qilishlarini bilar ekan, biz tomonda bo‘ladi, sotqinlik qilmaydi”); … a powerfully built, medium-sized man of dark complexion who could have been taken for a true Turk. He had a scimitar of a nose and cruel black eyes. He also had an impressive dignity. … Hagen thought he had never seen a more dangerous-looking man except for Luca Brasi 127 (“o‘rta bo‘yli, baquvvat, bug‘doyrang odam edi. Xunuk qora ko‘zlari, uzun qirra burni bilan haqiqatan ham turklarga o‘xshab ketardi, o‘z qadr-qimmatini bilardi... Luka Brazini hisoblamaganda, ko‘rinishi bundan qo‘rqinchliroq maxluqni umrimda uchratmaganman, o‘yladi Xeygen”). Ingliz tilidagi matnlarda shaxslarning ijtimoiy xoslanishini ifodalovchi lisoniy vositalar so‘zlovchining qaysi kasbga mansubligi, e’tiqodi va vaziyatga munosabatini yaqqol ifoda qiladi: “Luca Brasi did not fear the police, he did not fear society, he did not fear God, he did not fear hell, he did not fear or love his fellow man. But he had elected, he had chosen, to fear and love Don Corleone.” (Luka Brasi politsiyadan ham, jamiyatdan ham, xudodan ham qo‘rqmas edi. Na do‘zaxdan qo‘rqar edi, na o‘z hamkasbidan qo‘rqar edi, ularni sevmasdi ham. Ammo u Don Korleonedan qo‘rqish va sevish kerak deb tanladi.) “We are all men who have refused to be fools, who have refused to be puppets dancing on a string pulled by the men on high. We have been fortunate here in this country […] Some of you have sons who are professors, scientists, musicians, and you are fortunate. Perhaps your grandchildren will become the new pezzonovanti.” (Biz hammamiz axmoq bo‘lishdan bosh tortgan, osmonda odamlar tortgan arqonda raqsga tushadigan qo‘g‘irchoqlar bo‘lishni rad etgan odamlarmiz. Bizning bu yerda, bu mamlakatda omadimiz kelgan kishilarmiz. [...] Ba’zilaringizning professor, olim, musiqachi bo‘lib yetishgan o‘g‘illaringiz bor, bu esa sizlarga esa omadning kulib boqqanidir. Ehtimol ,sizning nevaralaringiz yangi Pezonovantilar bo‘lishadi."). [Godgather -chapter 20]. 130 Detektiv asarlar tilining pragmatik xususiyatlarini tahlil qilish orqali bir vaziyatda ikki millatning tildan foydalanish darajasi, dunyoqarashi, e'tiqodi va ijtimoiy vaziyat hamda mavqeining ta'siri kabi komponentlarning ahamiyati ochib beriladi. Detektiv asarlar tilining pragmatik xususiyatlarini o‘rganish va bunda o‘zbek va ingliz detektiv asarlari tilini qiyosiy aspektlarda tahlil qilish orqali ijtimoiy, iqtisodiy, e'tiqodi bilan bog‘liq, hududiy hamda gender farqlar bilan bog‘liq o‘ziga xosliklar aniqlanadi. Tillar o‘ziga xos mental xususiyatlarga ega bo‘ladi. Muayyan tildagi o‘ziga xoslik, alohidalikni boshqa biror tilga qiyoslamasdan aniqlab bo‘lmaydi. O‘zbek va ingliz tillari morfologik tarkibiga ko‘ra bir guruhga kirmasa-da, nutqda so‘zlarning qo‘llanishi, leksik-semantik va pragmatik ma'nosi biri ikkinchisiga o‘xshaydigan o‘rinlar ko‘p uchrashini inkor etib bo‘lmaydi, shu bilan bir qatorda, ifoda nuqtai nazaridan sezilarli farqlar kuzatilishi tabiiy. Tarjima qilish jarayonida ikki holat ro‘y beradi. Birinchidan, tarjimon chiroyli va aniq tarjima qilish uchun tarjima qilinayotgan manbani tushunishi, anglashi va to’g’ri talqin qilishi kerak. Bu hodisa ona tilida ro‘y beradi. Ikkinchidan, asar tarjima qilinayotgan tilga muvofiq ifoda vositalarini, ya’ni so‘z, so‘z birikmasini, va grammatik formalarni topishi lozim.Tarjimon tilning xususiyatlari, o’ziga xos jihatlarni yaxshi bilishi bilan birgalikda asar qahramonlarining madaniyati, o’sha mamlakat xalqining urf -odatlari va yashash tarzlari bilan yaqindan tanish bo’lishi muhim hisoblanadi, chunki bu tarjimaning mukammal va kitobxon uchun qiziqarli bo’lishiga imkon beradi. Ushbu izlanishda men, ikki tilning o’ziga xos jihatlariga ko’proq e’tibor qaratdim, chunki detektiv asarlar tilining pragmatik xususiyatlarini tahlil qilish orqali bir vaziyatda ikki millatning tildan foydalanish darajasi, dunyoqarashi, e'tiqodi va ijtimoiy vaziyat hamda mavqeining ta'siri kabi komponentlarning ahamiyati ochib beriladi. Detektiv asarlar tilining pragmatik xususiyatlarini o‘rganish va bunda o‘zbek va ingliz detektiv asarlari tilini qiyosiy aspektlarda tahlil qilish orqali ijtimoiy, iqtisodiy, e'tiqodi bilan bog‘liq, hududiy hamda gender farqlar bilan bog‘liq o‘ziga xosliklar aniqlanadi. Zero agar tarjimada pragmatika bo‘lmasa, biz uni tushuna olmaymiz va notiq nutqiga noto‘g‘ri baho berib uning nutqiga, fikrlariga qiziqmay qo‘yamiz. Demakki, pragmatikaning ahamiyati nafaqat tarjimada, balki asliyatda ham juda muhimdir u asarning muvafaqqiyati garovi hisoblanadi. Xulosa Qisqacha aytganda, detektiv asarlarning pragmatik va pragmalingvistik xususiyatlarini tahlil qilish orqali asar qahramonlari bo‘lgan adresant va adresat nutqiy jarayonidagi kommunikatsiya maqsadini to‘liqroq va ta’sirliroq anglash, yozuvchining poetik mahoratini kashf qilish, matn semantik strukturasidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan mazmuniy bo‘shliqlarni to‘ldirish yoki qayta tiklash mumkin. Bu xususiyat esa o‘z navbatida matnning ifoda planida yozuvchi tomonidan nazarda tutilgan mazmunning to‘g‘ri va to‘liq anglashilishida aynan pragmatik tahlil muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. 131 Detektiv yo‘nalishida ijod qiluvchilar odatda asardagi har bir qahramon yoki personajning asardagi o‘rni va rolini belgilashda muayyan badiiy va sotsial mezonlarga asoslanadi. Detektiv asarlarda ko‘chma ma’noli lisoniy birliklar, iboralar, to‘liqsiz gaplar, sotsial chegaralangan so‘zlar, lisoniy topilmalar va nutqiy kollakatsiyalar faol qo‘llanishi ijodkorning badiiy-poetik mahoratini namoyon qilish barobarida o‘quvchidan ham matnni o‘qish jarayonida ziyraklik, mantiqiy izchillikni to‘g‘ri talqin qila olish hamda pragmatik tahlil qila olish ko‘nikmasi talab qilinadi. Shu jihatdan detektiv asarlarning lingvistik xususiyatlarini pragmatik tahlil qilish ahamiyatli hisoblanadi. Adabiyotlar: Hakimov, M. 2001. O‘zbek tilida matnning pragmatik talqini: Filol. fan. dokt. ... diss. – Toshkent, – B. 14. Mahmudov, N., Yo.Odilov. 2014. So‘z ma’no taraqqiyotida ziddiyat. – Toshkent: Akademnashr, – B.103. Дудина, И. А. 2008. Дискурсивноэ пространство детективного текста: на материале англоязычной художественной литературы 19–20 вв.: Автореферат диссертатсии кандидата филологических наук/И.А.Дудина. – Краснодар, – 24 с. Детектив [Электронный ресурс] // Энциклопедия Кругосвет. URL: http://www.krugosvet.ru/enc/kultura_i_obrazovanie/literatura/DETE KTIV.html (data obraщeniya: 25.06.2019). Niyazova, G., & Raupova, L. 2021. Detektiv janrning asosiy belgilari va ommabopligi sabablari. Obщestvo i innovatsii , 2 (2/S), 515-524. Куртене, Бодуэн де. 1963. Избранные труды по общему языкознанию Текст.: в 2 т. / И.А.Бодуэн де Куртене. Москва: Изд-во АН СССР, – Т. 1. – 384 е., T. 2. – 391 Сепир, Э. 1993. Избранные труды по языкознанию и культурологии Текст. / Э. Сепир. – М.: Прогресс, - 655 с. Скаженик, Е.Н. 2006. Гендерный аспект коммуникативного поведения // Деловоэ общениэ. Учебноэ пособиэ. – ТРТУ. Мисник, М.Ф. 2006. Лингвистическиэ особенности аномалного художественного мира произведений жанра фентези англоязычных авторов: Дисс... канд. филол. наук. – Иркутск: ИГЛУ, – 159 с Searle, J.R. 1976. The classification of illocutionary. In: Language in Society. Mahmudov N., Odilov Yo. 2014. So‘z ma’no taraqqiyotida ziddiyat. –Toshkent: Akademnashr, – B.103. Кубрякова, Е.С. 1995. Смена парадигм знания в лингвистике ХХ векаТекст. / Е. С. Кубрякова // Лингвистика на исходе ХХ века: Итоги иперспективы: тезисы междунар. конф. – Москва: МГУ. - Т. 1. - С.278-280. Download 101.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling