Issn 2181-9505 Doi Journal 10. 26739/2181-9505
Download 243.03 Kb.
|
5971-Текст статьи-11887-1-10-20221206
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O’zbek xalqi tarkibida uchta yirik etnik guruh bo‘lganligi ilmiy adabiyotlarda qayd qilingan bo‘lib, ulardan birinchisi eng qadi-’miy davrlardan o‘troq holatda yashagan turkiy elatlar va O’rta Osiyoga mi-’lo-’diy I ming yillik oxirlaridan boshlab uzoq davr davomida ko‘chib ke-lib, asta-sekin o‘troqlashgan va boshqa elatlar bilan aralashib ketgan aho-'lidir. Ikkinchi guruh - Shayboniylar kelishidan oldin qadimiy turkiy elatlar bilan turk- mo‘g‘ul qabilalarining aralashmasidan kelib chiqqan. Ular XX asrning boshlarigacha urug‘-qabilaviy an’analarini saqlab, mahalliy aholiga qo‘shilmay yarim o‘troq turmush tarzida yashab kelganlar va etnografik adabiyotlarda «turklar» deb nomlangan. Ulaming avlodlari ham Janubiy Surxondaryoni o‘zlariga makon qilishgan. O’zbeklaming uchinchi yirik etnik guruhi XV-XVI asrlarda Movarounnahrga ko‘chib kelgan Dashti qipchoq o‘zbeklarining avlodlaridir. Ular yarim ko‘chmanchilik turmush an’analarini saqlab qolgan, chorvachilik hamda dehqonchilik xo‘jaligini birga olib borgan qavmlardan iborat. Mazkur guruhning o‘ziga xosligi irqiy tuzilishida mongoloid belgilarining ancha sezilarli ekanligi, tilida "jo‘qchilar" shevasi kuchli va o‘z nomini «o‘zbek» deb nomlashidadir [1]. Etnograf va madaniyatshunos olimlar XX asr boshlarida o‘zbek xalqi tarkibida ma’lum etnik guruhlar mavjud bo'lganligini qayd qiladilar. Ulaming birinchisi eng qadimgi davrlardan o‘troq holatda yashagan turkiy elatlar va O’rta Osiyoga milodiy birinchi mingyillik oxirilaridan ko‘chib kelib asta sekin o‘troqlashgan kelgindi va ko‘chmani elatlar bilan aralashib ketgan aholidir. Ikkinchisi subetnos Shayboniylar kelishidan oldin qadimiy turkiy elatlar bilan turk-mo‘g‘ul qabilarining aralashmasidan kelib chiqqan. Ular XX asr boshlarigacha urug‘-qabilaviy an’analarini saqlab, sartlarga qo‘shilmay yarim o‘troq turmush tarzida yashab kelganlar va etnografik adabiyotda turklar degan nom bidlan ma’lum. Ulaming avlodlari ham Surxondaryoni o'zlariga makon qilishgan [2]. Ma’lumki, o‘zbek urug‘larining vakillari bir vaqtning o‘zida Dashti qipchoqdavaMovarounnahrdaham yashashgan. Tarixdan ma’lumki, turk- mo‘g‘ul qabilalari Oltoydan to Uralgacha bo‘lgan bepoyon kengliklami makon qilishgan. Shuning uchun ham ba’zi urug‘lami qadimgi yoki so‘nggi ko‘chmanchi urug‘larga kiritishda qiyinchilik tug‘ilishi tabiiy bir holdir. “Xalq tarixining etnogenez qismi, — deb yozadi A.Asqarov, — uning elat, xalq bo‘lib shakllanishiga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Etnogenezning boshlang‘ich nuqtasi, uning ibtidosi qabiladan boshlanadi... Etnogenez yakunida etnosga xos barcha etnik belgilar, etnik alomatlar birin- ketin yuzaga chiqib, mujassamlashgan bo‘ladi. Etnik alomatlami esa hududiy birlik, iqtisodiy-xo‘jalikbirligi, etnomadaniy birlik, antropologiktip birligi, etnik nom, o‘zlikni anglash, til birligi va nihoyat siyosiy uyushma birligi tashkil etadi” [3]. Olim o‘zbek etnogenezi o‘sib, rivojlanib, davom etib, uchinchi bosqichga o‘tgach, o‘zbek millati shakllanganini qayd etadi. Bunda etnomadaniy rivojlanish muhim rol o‘ynagan. “Xalq tarixi o‘z iqtisodiy-xo‘jalik va etnomadaniy rivojining ma’lum nuqtasiga yetgach, uning millat bo‘lib shakllanish jarayoni boshlanadi, ya’ni uning uchinchi, millat tarixi boshlanadi” [4]. Demak, “millatning shakllanishi ham xalqning tarkib topishi kabi uzoq davom etadigan tarixiy va etnomadaniy jarayon bo‘lib, millat etnik tarixining eng yuksak yuqori cho‘qqisi, kamolot bosqichiki, bu bosqichga ko‘tarilgan xalqning davlati millat nomi bilan yuritiladi, u suveren davlat sifatida ichki va tashqi siyosatini mustaqil yuritadi, millat tili davlat tili maqomini oladi, uning davlat chegaralari qat’iy, daxlsiz bo‘lib, jahon hamjamiyati tomonidan tan olinadi, millatning o‘zlikni anglash darajasi yuksak, milliy g‘urur, vatanga fidoyilik, ona zamin va xalqiga sodiqlik millat fuqarolarining hayot mazmuniga, kundalik turmush tarziga aylanadi, millatga xos mentalitet shakllanadi, ya’ni davlat millatning xohish-irodasini bajaruvchi jonli mexanizmga aylanadi” [5]. Etnogenez etnomadaniy jarayonlar bilan dialektik bog‘liq, shuning uchun ulami bir-biridan ajratish mumkin emas. Xalq, millat etnomadaniyatni yaratar ekan, o‘z navbatida etnomadaniyat ham ulaming rivojlanishiga ta’sir etadi, ulaming tarixiy-madaniy birlik sifatida kelishini ta’minlaydi. K.Shoniyozovning fikricha, etnomadaniy omillar etnogenezda, ayniqsa, xalq, millat shakllanishining asosiy bosqichlarida turlicha rol o‘ynashi mumkin. “Etnografiya fanida elatni (millatni ham) belgilovchi bir qancha alomatlar mavjud: hudud, til, iqtisod, madaniyat, tarixiy qismatning umumiyligi, ong sezimi, etnosning uyushqoqligi, ma’lum bir davlat doirasida bo‘lishi, din umumiyligi va bir qancha boshqa alomatlar. Albatta, bu alomatlar etnosning shakllanish jarayonida ishtirok etishi kerak. Etnik alomatlaming biri, balki bir nechtasi bir vaqtda hosil bo‘Isa, boshqasi esa birmuncha keyinroq paydo bo‘lishi mumkin. Jumladan, ma’lum bir etnosni tashkil topishida til bosh rol o‘ynagan bo‘Isa, ikkinchi bir elatning paydo bo‘lishida xo‘jalik, uchinchisida esa moddiy madaniyat yetakchi belgi bo‘lishi ehtimoldan xoli bo‘lmasa kerak. Etnomadaniyat odatda moddiy va ma’naviy madaniyatga bo‘linadi. Moddiy madaniyat tushunchasi quyidagilami o’z ichiga oladi; mehnat qurollari, urush quroli, transport vositalari, uy-joy anjomlari, yegni-bosh, oyoq kiyim, bezaklar, taom, idish-tovoq, ichimliklar va boshqalar. Ma’naviy madaniyat: kishilaming xo’jalik, jamoa va oila hayoti bilan bog’liq mehnat tajribalari, bilimi, axloq urf-odat, huquqiy qoidalari, san’atning turli sohalari, xalq hunarmandchiligi, diniy e’tiqod, diniy marosimlar va boshqaalar[6]. O’zbek entomadaniyati IX-X asming birinchi yarimlarigacha bo‘lgan davrda, (ya’ni o‘zbek elatining shakllanish jarayoni bilan bir vaqtda) mazkur elatga xos madaniyat hosil bo‘lgan. Madaniyat vujudga kelganu, ammo uning taraqqiy etish jarayoni shu asr ichida oxiriga yetmagan; madaniyat taraqqiyoti keyingi asrlarda ham davom etgan. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, yuqorida eslatilgan har ikkala turdagi madaniyat taraqqiyoti, bir xilda (bir tekisda) rivojlanmagan. Vohalarda dehqonchilik, hunarmandchilikvasavdo-sotiq bilan shug‘ullanib kelgan qishloq va shahar aholisining madaniyati, ko‘chmanchi, yarim ko‘chmanchi va yarim o‘troq chorvador kabilalaming madaniyatiga nis batan birmuncha tarakkiy etgan bo‘lgan. Bu bilan biz chorvador qabilalaming madaniyati past bo‘lgan demoqchi emasmiz. Bunday desak qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan bohamiz. Har bir xalq o‘z taraqqiy darajasida, o‘zdavriga xos madaniyatga ega bo‘lgan[7]. Antropologik materiallardan aniqlanishicha, hozirgi O’zbekiston zaminining janubida yashovchi, qadimda dehqonchilik bilan kun kurgan aholi O’rtayer dengizining sharqiy qismigaxos yevropeoid irqiy tipigabevosita aloqador bo‘lgan. Bu antropologik turkum jez davrida Turkmanistonning janubiy, g‘arbiy mintakdlarida va Tojikistonning ham bir qancha rayonlariga tarkalgan va kelib chikishi bilan (genetik jihatdan) Old Osiyo aholisi bilan bevosita bog‘liqbo‘lgan [8]. Bufikr, yuqorida keltirilgan arxeologik ma’lumotlar bilan ham tasdiqlanadi [9]. Shimoliy Toxariston hududida IX—X asrlarda bir necha tarixiy hududlar mavjud edi. Shulardan eng nufuzlisi Chag‘aniyon (Sag‘aniyon) hisoblangan: Bu hudud Surxondaryo vohasida joylashgan bo‘lib, markaziy shahri ham Chag‘aniyon deb atalgan [10]. Arab geograflarining asarlarida ta’kidlanishicha, Chag‘aniyon shahri Shimoliy Toxariston o‘lkasidagi eng yirik shahar hisoblangan, ammo undagi aholi soni Termiz shahri aholisidan oz bo‘lgan. K.Shoniyozov Muqaddasiyning axborotiga tayanib, Chag‘aniyon viloyatida 16 ming qishloq mavjud bo‘lganligi ta’kidlaydi. Zero shunday ekan, viloyat aholisi ancha zich joylashgan bo‘lishi kerak. Agar har bir qishloqda eng kamida 50 kishidan bo‘lganda ham (so‘zsiz bu taxminiy hisob, ba’zi qishloqlarda bir necha yuz kishi yashagan bo‘lishi ham mumkin). Chag‘aniyonning 16 ming qishlog‘ida 800 mingdan oshiq aholi yashagan bo‘ladi. Balki, Muqaddasiy qishloqlar sonini ko‘paytirib (bo‘rttirib) ko‘rsatgandir. IX-X asrlarda shunday bo‘lgan ham deylik, lekin shuni inobatga olish joizki, Movarounnahr aholisining soni (jumladan Toxaristonning ham) XIII-XIV asrlarga nisbatan bir muncha ko‘p bo‘lgan. O’zining obodonchiligi, iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti bilan mashhur bo‘lgan Chag‘aniyonda ilk o‘rta asming oxirlarida 800-850 ming aholi yashashi haqiqatdan uzoq bo‘lmasa kerak [11]. Chag‘aniyon bilan Termiz shu viloyatning markaziy shahri hisoblangan. Termiz Surxon daryosining Amudaryoga quyilish joyiga yaqin joylashgan yirik shahar va mustahkam mudofaa istehkomi bo‘lib, uning aholisi X asrda 33—35 ming kishi bo‘lgan, deb taxmin qilinadi. Bu shahar, o‘z davrida Movarounnahming, awalo Toxaristonning, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidakattarol o‘ynagan.Termiz orqali o‘tgan Buyukipakyo‘li orqali O’rta Osiyo xalqlari Afg‘oniston, Eron va Hindistonning barcha shahar va viloyatlari bilan savdo va madaniy aloqada bo‘lib kelganlar. Bu hozirgi paytda O’zbekistonning ko‘plab mintaqalarida, shu jumladan janubiy vohasida sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, tarixiy va madaniyjarayonlar bilan bog‘liq. Vohada Navro‘zga bag‘ishlab “Sumalak bazmi” marosimi o‘tkazilgan. Sumalak ayollar tomonidan Navro‘zga 7-9 kun qolganida bug‘doyi saralanib, benamoz kishi ko‘zi tushmaydigan joyda o‘stirilgan. Maysasi ungach, shu ayollar tomonidan mazkur taom pirilshgan. Pishirish jarayonida qo‘shiq o‘yin-kulgu qilingan. Navro‘z bayrami arafasida “Yil boshi oshi”, “Yil ayrilish oshi” marosimilari ham o‘tkazilgan. Navro‘z bayrami arafasida qishloq oqsaqollari yig‘ilib, bir kunni belgilaganlar. Yoshi ulug‘ bir kishi bosh bo‘lib, qishloq ahlini yil boshi oshiga chaqirgan. Albatta yilboshi oshiri dalada, qishloq chetida o‘tkazilgan [12]. Voha hunarmandchiligining muhim xususiyati uning ko‘p sohalari bevosita uy-ro‘zg‘or xo‘jaligi bilan bog‘liqligi edi. Ko‘pgina hunarmandlar asosiy kasbidan tashqari bog‘dorchilik va dehqonchilik bilan ham shug‘ullanib kelgan. Hunarmandlar o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlami bozorlarga chiqarib sotish bilan bir qatorda, qishloq jamoalari ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan hunarmandchilik mahsulotlarini jamoa a’zolariga yetkazib berib, evaziga mahsulot bilan haq olgan.Uy ro‘zg‘or kasb-korligidaip yigirish, to‘qish, kigiz bosish kabi sohalar muhim o‘rin tutgan. Hunarmandchilikning ravnaqi ishlab chiqaruvchi kuchlar va tovar-pul munosabatlarining rivojiga bog‘liq bo‘lgan. Voha hunarmandlari o‘z ustaxonalarini asosan uylarida, ba’zilari esa bozorlarda bunyod etganlar. Hunarmandlar o‘z ijtimoiy tashkilotlariga ega bo‘lib, maxsus uyushmalarga birlashganlar. Mazkur uyushmalar hunarmandchilik texnikasi va ishlab chiqarish xarakteri bilan bog‘liq bo‘lib, o‘z hamkasblari manfaatlarini qo‘riqlash maqsadida tuzilgan. Hunarmandchilik ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan mehnat qurollari doimiy tarzda rivojlantirilib, mukammallashtirilib, xalqning xo‘jalik va turmush tarziga moslashtirib borilgan. Chunki hunarmandchilik oila uchun qo‘shimcha daromad keltirib turgan [13]. Surxon vohasida dehqonchilik bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina qadimiy irim- sirimlar borki, ular voha etnomadaniyatining o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Voha aholisi Bobodehqon va u bilan bog‘liq urf-odatlarga qat’iy amal qilgan hamda uning ruhiy quwat berishiga ishongan. Bobodehqon to‘g‘ri so‘z, birovning haqida hazar qiladigan, halol mehnat bilan yashaydigan dehqonlarning hosiliga qut-baraka beruvchi dehqonchilikning piri deb hisoblangan. Bobodehqon hamisha tong sahardan turib mehnat qiladigan kishilarga madad beradi deb ishonganlar. Shu boisdan voha aholisi ekin ekayotganda bobodehqon barakasini bersin deb is chiqarishgan. Is chiqarishda har kim imkoniyatidan kelib chiqib, ayrimlar mol so‘yib, is chiqarsa, boshqalari toq sonda ya’ni 3, 7, 9 ta cho‘zma (bo‘g‘irsoq) pishirib is chiqarganlar. Cho‘zma pishirish jarayonida qozondagi yog‘dan o‘choqdagi cho‘qqa bir-necha tomchi tomizilgan. Go‘yoki, marhumlar ana shu moydan chiqqan hiddan bahramand bo‘lib, ruhlari shod bo‘ladilar va ekinlarga qut- baraka tilar emishlar. Bobodehqonga atab qilingan isni oila a’zolari qo‘ni- qo‘shnilar iste’mol qilishgan [14]. Surxon vohasi aholisining sayillari va rasm-rusumlari o‘ziga xosligi va jozibadorligi bilan alohida ajralib turadi. Chunki bulaming barchasi aholining turmush tarzi va tarixiy qadriyatlari bilan uyg‘unlashib ketgan [15]. Viloyat qo‘shiqchilik ijodiyotida yetakchilik qilayotgan ushbu turkum asosini qo‘shiq, terma, lapar, yalla kabi janrlar tashkil etadi. “Qo‘shiq”, “terma”, “lapar”, “yalla” atamalariga musiqashunos olimlar tomonidan ilmiy ta’rif birilgan bo‘lib, ko‘plab tadqiqotlarda o‘z isbotini topgan. Ayrim qo‘shiqlar lirik xususiyatlarga ega. Chunonchi, qo‘shiqlaming she’riy matni kishining ichki ruhiy kechinmalarini ifoda etib, undagi his—tuyg‘u, lirik kayfiyat qo'shiqning kuy—ohangraboligiga, tashqi muhit bilan o‘zaro uyg‘unlashuviga mazmun eltuvchi vazifani o‘taydi. Bunda kuy— ohang bilan matn so‘zlarining o‘zaro ajralmas, yaxlit bir butun ekanligi kuzatiladi. Axborot oqimining kengayishi aloqaning kuchayishiga yordam beradi. Ko‘p yillar davomida milliy madaniyatni rivojlantirish va o‘zlashtirishda bo'shliq mavjud edi. Endi barcha xalqlaming ma’naviy merosini chuqur ijtimoiy- falsafiy anglash bor, uzoq vaqt davomida dunyoning turli qit’alarida shakllanib, saqlanib qolgan milliy madaniyatning yangi qatlamlari qaytmoqda. Ushbu va boshqa ko‘plab belgilovchilar etnomadaniy va milliy o‘zini o‘zi anglashni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Ular ma’naviy va axloqiy qadriyatlaming faol rivojlanishiga hissa qo‘shadilar. Jamiyat hayotining etnik xususiyatlari va milliy omillariga bo‘lgan qiziqishning ortishi bizni etnosotsial muammolar, milliy madaniyat va milliy o‘ziga xoslik masalalariga murojaat qilishga imkon beradi. Ushbu masalalami o‘rganishda madaniy paradigmalar majmuasi bo‘lgan an’analami o‘z ichiga olgan ko‘plab etnik madaniy muammolami hisobga olish kerak. Etnomadaniy va milliy g‘oyalar juda kam o‘rganilgan va shu sababli jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida dolzarbdir. Madaniyatning milliy tiklanishi sharoitida milliy o‘z-o‘zini anglashni aniqlash muammosi mamlakatimiz haqiqatida noaniq namoyon bo'layotgan etnomadaniy jarayonlar bilan bog‘liq holda alohida dolzarblikka ega bo‘ladi. Zamonaviy madaniyatshunoslikda etnosotsial, etnomadaniy muammolar, milliy o‘z o‘zi anglashning determinantlari o‘rganishning maxsus ob’ektiga aylanmoqda. O’ziga xos shakllanish uslubiga ega bo‘lgan milliy psixologiya, milliy xarakter, urf-odatlar, ona tilini rivojlantirish, etnomadaniyat bilan bog‘liq masalalar ham qarovsiz qolmaydi. Bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri milliy masala bilan bog‘liq bo‘lgan ushbu real jarayonlaming aksariyati yaqin o‘tmishda yechilgan deb topildi va millatlararo nizolar jamiyatimiz uchun ahamiyatsiz qoldiqlar, tipikbo‘lmagan hodisalar deb e’lon qilindi. Xususan, etnamadaniyatga bag‘ishlangan tadqiqotlarimizda milliy madaniyat muammolari, milliy o‘ziga xoslikni shakllantirish, etnik madaniy omillarning o‘rni va ekologik madaniyatning ommaviy ong tizimidagi ahamiyati, etnik ongning sifat jihatidan o‘zgarishi, eng keskin ijtimoiy masalalar sifatida o‘nlab yillar davomida tadqiqot ob’ektiga aylanmadi. Surxon etnomadaniyatining etnosotsial va etnomadaniy muammolari, ayrim hollarda urug‘lar o‘rtasidagi munosabatlarda yuzaga kelgan qarama-qarshiliklaming shunchaki madaniy fikr tomonidan sezilmadi. Bu boradagi ilmiy izlanishlarda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: “etnomadaniyat” va “milliy” tushunchalarining zamonaviy xususiyatlari, ulaming konseptual qocllanilishining haqiqiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqilishi lozim. Etnomadaniy jarayonlar va u bilan bog‘liq bo‘lgan milliy o‘z-o‘zini anglash rivojlanishining asosiy qonuniyatlari nazariy jihatdan chuqur 0‘rganilishi lozim; Surxon vohasi misolida etnik madaniy jarayonlar aspektida “milliy o‘ziga xoslik” tushunchasini qo‘llash qonuniyligiga e’tibor qaratiladi, ulaming evristik roli ochib berilishi, har bir etnik madaniyatning boshqa tarkibiy birliklari bilan munosabatlar tizimidagi etnomadaniyat fenomenining holati aniqlanishi lozim; milliy o‘z o‘zini anglash sifat o‘zgarishidagi etnomadaniy omillarning rolini ko‘rsatish, ijtimoiy ong tarkibidagi ekologik madaniyatning ahamiyatini ochib berish, milliy madaniyatning o‘zaro ta’siri sharoitida milliy o‘ziga xoslik plyuralizmi masalasini ко‘rib chiqish ham dolzarbdir. Postsovet makonning murakkab to‘qnashuvlarida Surxon mintasidagi etnomadaniy va ijtimoiy jarayonlar eng dolzarb muammolardan biriga aylandi. Ularning ahamiyati, ayniqsa, barcha insoniyat uchun umuminsoniy qadriyatlaming ustuvorligi tan olinganda ortadi. Ular har bir jamiyatning ma’naviy-axloqiy rivojlanishining asosini tashkil etadi va jamoatchilik ongi va milliy o‘zini o‘zi anglashga ta’sir qiladi. Ulami tahlil qilish uchun “etnomadaniyat”ning integratsion konsepsiyasini aniqroq qo‘llash talab etiladi. Ma’naviy qadriyatlar ayrim o‘ziga xos xususiyatlar bilan cheklanib qolmay, balki ob’ektiv va sub’ektiv tomonlaming butun doirasini anglash zarurati bilan bog‘liq. Bu etnik guruhlar tomonidan ulaming manfaatlari, o‘tmishi, buguni va kelajagi, boshqa xalqlar bilan munosabatlari, shuningdek, belgilangan ijtimoiy tizim tarkibidagi o‘mi to‘g‘risida tushuncha bildiradi. Shu bilan birga, ushbu jarayonlar shoshilinch ravishda ilg‘or madaniy an’analarga xalqlarining etnopsixologik xususiyatlariga, etnik xarakterdagi milliy xususiyatlarga, milliy g‘oya va milliy optimizmga tayanishni talab qiladi. Jamiyatni demokratlashtirishning murakkab jarayoni, shuningdek, xalqning ijtimoiy xotirasi va uning badiiy madaniyatiga asoslangan tarixiy haqiqatni tiklashni ham o‘z ichiga oladi. Bu, shuningdek, deportatsiya qilingan xalqlaming siyosiy reabilitatsiyasi va uning milliy o‘z-o‘zini anglashni rivojlantirishdagi ahamiyatini o‘z ichiga olishi kerak. Bu har qanday etnik guruhdagi vatandoshlar tomonidan boshqarilishi kerak bo‘lgan umuminsoniy insoniy idealiar, tamoyillar va me’yorlaming ajralmas qismidir. Endi dunyo etnik madaniy yo‘nalishlarini izlash, dunyo madaniyati bilan o‘zaro ta’sir o‘tkazish kanallarini topish bor. Ushbu dialektik jihatdan o‘zaro bog‘liq jarayonlarni yakunlash xalqimizning ko‘p vaqtini, ma’naviy kuchini va ijtimoiy faolligini talab qiladi. Download 243.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling