Istemol va jamg‘arishning omillari nisbati va ular ustidagi o’zaro bog’liqliklar


Iste’mol va jamg’arish. Ularning grafiklari va funksiyalari


Download 187.84 Kb.
bet2/9
Sana22.03.2023
Hajmi187.84 Kb.
#1286700
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
makro.Dushamova

Iste’mol va jamg’arish. Ularning grafiklari va funksiyalari

Uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari (bundan buyon iste’mol deb yuritiladi), yalpi talab, yoki YaIMning yakuniy iste’molga ko’ra tarkibida eng katta ulushga ega bo’lgan komponentdir. 2021- yilda O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra respublikamizda bu ulush 738425.2 mlrd so’mni tashkil etgan. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda iste’mol xarajatlari shaxsiy tasarrufdagi daromadning 90 foizdan ortiq qismini tashkil etadi. Shu tufayli ham iste’mol xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarni, uning o’zgarish qonuniyatlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega.
Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan qolgan qismi ularning jamg’armalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakillari jamg’arish hajmi foz stavkasining funktsiyasi de qarashsa J.M. Keyns uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari va jamg’arishlari hajmini belgilovchi asosiy omil ularning ishlab chiqarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari deb hisoblaydi. Yanada aniqlik kiritsak iste’mol va jamg’arish hajmini belgilovchi asosiy omil uy xo’jaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan transfert to’lovlari va to’lagan soliqlari bilan belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – disposable income, yoki Yd ) ko’rsatkichidir. Makroiqtisodiy nazariyada iste’mol va jamg’armalar, milliy daromad yoki shaxsiy daromadlarning funktsiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi.
Ixtiyordagi shaxsiy daromad iste’mol va jamg’arish uchun ishlatiladi, ya’ni qancha ko’p iste’mol qilinsa, shuncha kam jamg’ariladi va aksincha. Iste’mol va jamg’arish o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik har xil daromadga ega bo’lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega bo’lganlar odatda ko’proq iste’mol qilib, kamroq jamg’aradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu nisbat jamg’arish ulushining o’sishi tomonga o’zgaradi.
Iste’mol bu ixtiyordagi daromadning iste’molchi tomonidan joriy davrdagi ehtiyojlarini qondirish uchun sarflagan qismi bo’lib, u pirovard hamda oraliq iste’molga ajratiladi. Oraliq iste’molda tovar va xizmatlar iste’mol jarayonida to’liq yo’q bo’lib ketmaydi, pirovard iste’molda esa ular iste’mol jarayonida to’liq ishlatiladi. Jamg’arish esa iste’moldan farqli ravishda kelgusidagi ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat qiladi va ixtiyordagi daromadning iste’moldan keyin qolgan qismini aks ettiradi.
Iste’mol grafigi ikki to’g’ri chiziq ko’rinishda berilgan.
Birinchisi – bu bissektrisa, u shunday shartli vaziyatni ifodalaydiki, qachonki har qanday yilda iste’mol ixtiyordagi daromadga teng bo’ladi, ya’ni jamg’arish butunlay mavjud bo’lmaydi. Algebraik, bu o’zaro bog’liqlik Yd=C tengligi ko’rinishida ifodalangan.
Ikkinchi to’g’ri chiziq – bu haqiqatdagi iste’mol grafigi bo’lib, haqiqiy iste’mol va ixtiyordagi daromad teng bo’lgan nuqtada (190 ming so’m) bissektrisa bilan kesishadi. Bundan quyig nuqtada haqiqiy iste’mol ixtiyordagi daromaddan ortiq. Bu vaziyat insonlarni qarz hisobiga hayot kechirishlarini bildiradi. Ikki to’g’ri chiziq kesishish nuqtasidan yuqorida haqiqiy iste’molning barcha miqdorlari ixtiyordagi daromaddan kam hamda ular o’rtasidagi farq jamg’arishni tashkil etadi. Haqiqiy iste’mol grafigi o’zining og’ish burchagiga ega va bissektrisadan farqli ravishda daromad nolga teng bo’lganda iste’molni ma’lum miqdorini ko’rsatadi (1-chizma).



Download 187.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling