Istemol va jamg‘arishning omillari nisbati va ular ustidagi o’zaro bog’liqliklar


Download 187.84 Kb.
bet8/9
Sana22.03.2023
Hajmi187.84 Kb.
#1286700
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
makro.Dushamova

Yalpi investitsiyalar - joriy yil davomida iste‘mol qilingan asosiy kapitalni qoplashga muljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga har qanday sof qo’shimchalardan iborat barcha investitsion tovarlarni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi.
Sof investitsiyalar esa joriy yil davomida qo’shimcha ravishda jalb qilingan investitsion tovarlardan iborat.
Xulosa
Iste‘mol va jamg’arma hajmi hamda unga ta‘sir ko’rsatuvchi omillar o’rtasidagi bog’liqlik iste‘mol va jamg’arma funktsiyasi deyiladi. Bu funktsiyalar bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqtai nazarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilarning fikriga ko’ra, kishilar o’z mablag’larini qo’shimcha daromad keltirgan taqdirda jamg’armaga yo’naltirishga harakat qiladilar. Shunga ko’ra, banklarning real foiz stavkasi qanchalik yuqori bo’lsa, ularning jamg’armaga qiziqishlari shu qadar kuchli bo’ladi, ya‘ni jamg’arma real foiz stavkasining o’sib boruvchi funktsiyasi deyiladi (hisoblanadi). Aholi daromadlari iste‘mol va jamg’arma mablag’larinig yig’indisidan iborat ekan, real foiz stavkasining o’sishi bilan iste‘mol kamayib, pasayishi bilan esa ko’payib boradi. Boshqacha aytganda, klassik iqtisodchilar fikriga ko’ra iste‘mol real foiz stavkasining pasayib boruvchi funktsiyasi hisoblanadi.
Jamg’arish hajmi milliy daromadining bir qismini tashkil etadi va shu ababli milliy daromad hajmi ko’payishini belgilaydigan omillar jamg’arish miqdorini ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo’llaniladigan resurslar masasi va ularning unumdorligidir. Jamg’arish miqdori ishlab chiqarish jarayonida xam ashyo, materiallar, energiyani tejab-tergab sarflashga ham bog’liq. Mahsulot birligiga ularni sarflashni kamaytirish moddiy vosilaraning o’sha miqdorida mahsulotlarni ko’proq hamida ishlab chiqarishga imkon beradi.
Investitsiyalarning manbalaridan biri bo’lib, aholi keng qatlamlarining jamg’armalari hisoblanadi. Shuni ta‘kidlash lozimki, azalda jamg’arma egasi va investor bir shaxsda namoyon bo’lishi va bo’lmasligi ham mumkin. Investitsiya jamg’armalari ko’pchilik sub‘ektlar tomonidan amlga oshiriladi, ulardan investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa sub‘ektlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq xo’jaligi va boshqa korxonalar jag’armasi ham ivestitsiya manbai bo’lib hisoblanadi.

Download 187.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling