Iste’mol va jamg‘armaning iqtisodiy mazmuni hamda


Jamg'arishning mohiyati, omillari va samaradorligi


Download 25.02 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi25.02 Kb.
#1586151
1   2   3
Bog'liq
Kirish

Jamg'arishning mohiyati, omillari va samaradorligi

Jamg'arish iqtisodiyotdagi yalpi sarflarning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanib, investitsion tavsifdagi tovarlarga talab darajasini belgilab beradi. Investitsiyalar jamg'arishning amalda namoyon bo'lish shakli bo'lganligi sababli dastlab tahlilni jamg'arishning mohiyati, omillari va samaradorligini nazariy jihatdan asoslash

jamg'arish (noishlab chiqarish jamg'arishi) uy-joy fondini, kasalxonalar, o'quv muassasalari, madaniyat, sog'liqni saqlash, sport muassasalari, ya’ni nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, rekonstruksiyalash, yangilashga sarflanadi. Noishlab chiqarish sohasini kengaytirish ham ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur shartidir. Jamg'arish summasi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish sur’atlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir. Jamg'arish me’yori bevosita jamg'arish summasining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi:
JM=(JS/MD)x100
bunda:
JM - jamg'arish me’yori;
JS - jamg'arish summasi;
MD - milliy daromad.
Jamg'arish me’yorining ham o'z chegarasi bo'lib, uni oshirish iqtisodiy jihatdan samarasiz bo'lib chiqishi va salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, uning haddan tashqari ortishi natijasida investision sarflar samaradorligi pasayib ketishi mumkin, chunki kapital mablag'lar hajmi bilan qurilish tashkilotlarining quwatlari, materiallar va uskunalar etkazib
Investitsiyalaming manbalaridan biri bo'lib aholi keng qatlamlari (ishchilar, o'qituvchilar, vrachlar va boshqalar)ning jamg'armalari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, amalda jamg'arma egasi va investor bir shaxsda namoyon bo'lishi va bo'lmasligi ham mumkin. Odatda, jamg'arma jamiyatdagi ko'pchilik subyektlar tomonidan amalga oshirilib, ulardan investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa subyektlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq xo‘jalik va boshqa korxonalar jamg‘armasi ham investitsiya manbai bo'lib hisoblanadi. Bu o‘rinda «jamg‘aruvchi» va «investor» bir subyektda mujassamlashadi.
Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:
— investorlarning o‘z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg‘armalari va h.k.);
— qarz olingan moliyaviy mablag`lar (obligasiya zayomlari, bank kreditlari);
—jalb qilingan moliyaviy mablag’lar (aksiyalarni sotishdan olingan mablag`lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning boshqa to`lovlari);
— davlat byudjeti mablag`lari;

Yalpi investitsiyalar bilan amortizatsiya hajmi o'rtasidagi nisbat iqtisodiyot rivojlanish holatining ko'rsatkichi hisoblanadi.Yalpi investisiyalar tarkibida sof investisiyalar hajmining ahamiyatli darajada bo’lishi yil oxirida kapital hajmining o'sishiga hamda, pirovardida iqtisodiyotning o‘sishiga olib keladi. Turg‘un iqtisodiyot sharoitida esa yalpi investitsiyalar faqat amortizatsiya ajratmalari, ya’ni iste’mol qilingan kapitalni qoplash fondi hajmiga teng bo`lib, yil oxirida kapital miqdori o‘zgarmay qoladi. Yalpi investitsiyalarning iste’mol qilingan kapitalni qoplash fondi hajmidan ham oz bo`lishi yil oxirida kapital miqdorining qisqarishiga va, buning oqibatida, iqtisodiyot ko‘rsatkichlarining pasayib ketishiga olib keladi.




Download 25.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling