Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida
-§. Tarmoqdan o‘chirish ishlarini bajarish
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
PTE kitobi
1-§. Tarmoqdan o‘chirish ishlarini bajarish
2. Ishlash joyidan kuchlanish olinganda, kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida quyidagilar o‘chirilishi shart: a) ish bajarilishi kerak bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlar; b) tok o‘tkazuvchi qismlarga yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarini, odamlar va ular qo‘llaydigan asbob va ta’mirlash jihozlarini mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvalida ko‘rsatilganidan kam masofaga yaqinlashish ehtimoli bo‘lgan to‘silmagan tok o‘tkazuvchi qismlar. 3. Mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 2-bandi “b” kichik bandida ko‘rsatilgan tok o‘tkazuvchi qismlarni uzish mumkin bo‘lmasa, unda ular to‘sib qo‘yilishi kerak. 4. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida kommutatsiya apparati orqali ish joyiga kuchlanish qaysi tomondan berilishi mumkin bo‘lsa, ularning har bir tomonida shina yoki simlarni uzish yoki ajratish, ajratkichlarni uzish, saqlagichlarni olib qo‘yish, shuningdek, apparatlarning o‘ziga o‘rnatilgan prujina orqali avtomatik ulanadiganlaridan tashqari, bo‘lgichlar va yuklama o‘chirgichlarini o‘chirish yo‘li bilan hosil qilingan ko‘rinuvchan uzilish bo‘lishi shart. Elektr qurilmasining ishlarni bajarish uchun ajratilgan uchastkasi bilan bog‘liq bo‘lgan kuchlanish transformatorlari va kuch transformatorlari ham teskari transformatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik uchun 1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish tomonidan uzib qo‘yilishi shart. 5. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida kommutatsiya apparatlarini yanglishib yoki o‘z- o‘zidan ulanishini va ular orqali ish joyiga kuchlanish berilishi ehtimolini bartaraf etish uchun: ajratkich, bo‘lgich, yuklama o‘chirgichlarinining qo‘lda bajariladigan uzatmalarni uzilgan holatida mexanik qulf bilan qulflash; operativ shtanga bilan boshqariladigan ajratkichlarning ko‘chmas to‘siqlarini mexanik qulf bilan qulflash; masofadan boshqaruvga ega bo‘lgan, ko‘rsatib o‘tilgan kommutatsiya apparatlarining uzatmalarida kuch va tezkor tok zanjirlarini uzish, pnevmatik uzatmalarda esa, bundan tashqari qisilgan havo berish yo‘lidagi klapanni yopish va mexanik qulf bilan qulflash, hamda siqilgan havoni chiqarib yuborish, bunda havo chiqaruvchi tiqinlarni (klapanlarni) ochiq holatda qoldirish; yukli va prujinali uzatmalarda ulovchi yuk yoki ulovchi prujinalarni ishlamaydigan holatga keltirish. Tortib chiqariladigan aravachali KTQ va TKTQdagi kommutatsiya apparatlarining yanglishib ulanishini bartaraf etish choralari mazkur Qoidalarga 10-ilovaning III bob “Komplekt taqsimlash qurilmalariga xizmat ko‘rsatish” talablariga muvofiq bajarilishi shart. 6. Bir qutbli ajratkichlar bilan jihozlangan 6 — 10 kV kuchlanishli elektr qurilmalarida ularni yanglishib ulanishini barataraf etish uchun pichoqlariga maxsus rezina qalpoqlar kiydirishga ruxsat etiladi. 7. Kuchlanishi 1000 V gacha elektr qurilmalarida bajariladigan ishlar tok o‘tkazuvchi qismlardan qo‘lda bajariladigan uzatmali kommutatsiya apparatlari yordamida hamma tomondan kuchlanish olinishi lozim, sxemada saqlagichlar bo‘lganda esa ularni olib qo‘yish orqali amalga oshirilishi zarur. Sxemada saqlagichlar bo‘lmagan taqdirda, kommutatsiya apparatlarini yanglishib ulanishini bartaraf etish uchun shkaf eshiklarini yoki dastaklarini qulflash, tugmalarini berkitish, kontaktlar orasiga izolatsiyalovchi qoplama qo‘yish va boshqa choralar ko‘rish orqali ta’minlanishi lozim. Shuningdek, ulovchi g‘altakning simlarini uzib qo‘yish sharti bilan kuchlanishni masofadan boshqariladigan kommutatsiya apparatlari orqali olib tashlashga ruxsat etiladi. Agar apparatlarning konstruktiv ishlanishi va ish xususiyatlari bo‘yicha imkon bo‘lsa, yuqorida qayd etilgan choralar, shinalarni ajratish yoki kabellar, simlar ishlar bajariladigan kommutatsiya apparatlaridan yoki qurilmalardan ajratish bilan almashtirilishi mumkin. Sim va kabel uchlarini ajratib olish yoki shinalarni ajratishni ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lgan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega shaxs ishga quyuvchi rahbarligi ostida bajarishi mumkin. Ish joyi yaqinidagi bexosdan tegib ketish mumkin bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan kuchlanish olinishi yoki ular to‘silgan bo‘lishi kerak. 8. Kontaktlarini ko‘rish imkoni bo‘lmagan (tortib chiqarilmaydigan turdagi avtomatlar, paketli o‘chirgichlar, yopiq ishlangan rubilniklar va boshqalar) 1000 V gacha kuchlanishli kommutatsiya apparatlarining o‘chirilgan holati ularning qisqichlarida yoki chiquvchi shinalarda, simlarda yoxud ushbu kommutatsiya apparatlari yordamida ulanadigan uskunalar qisqichlarida kuchlanish yo‘qligini tekshirish orqali aniqlanadi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling