Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/76
Sana22.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1041282
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   76
Bog'liq
PTE kitobi

Naryadning orqa tomoni
18. Elektr stansiyalari, podstansiyalarning elektr qurilmalarida va KLda ishlaganda “Ish joyi tayyorlandi.
Kuchlanish ostida qo‘yidagilar qoldi” satrlarida ijozat beruvchi ta’mirlanayotgan va ish joyi yaqinidagi
qo‘shni ulanmalarning (yoki qo‘shni ulanmalarning uskunalarini) kuchlanish ostida qolgan tok
o‘tkazuvchi qismlarini ko‘rsatadi. Agar bunday qismlar bo‘lmasa, ushbu satrlarda “Qolmadi” deb
yozilishi lozim. 
HLda ishlaganda ushbu satrlarda naryad beruvchi tomonidan “Alohida ko‘rsatmalar” satrida
ko‘rsatilgan tok o‘tkazuvchi qismlar, zarur bo‘lgand� esa boshqa tok o‘tkazuvchi qismlar ham yozib
qo‘yiladi. 
Ijozat beruvchi va javobgar rahbar “Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida quyidagilar qoldi” satrlari
ostiga faqat birinchi bor ishga ijozat berishda imzo qo‘yadi. 
19. 3-jadvalda har kungi ishga ijozat berish va ishning tugatilishi, shu jumladan brigadaning bir ish
joyidan ikkinchisiga ko‘chirilishi, shuningdek, elektr qurilmalari vaqtincha ulanganda ishga ijozat berish
va ishning tugatilishi rasmiylashtiriladi.
Qayta ishga ijozat berishni amalga oshiruvchi shaxs 3-ustunga imzo qo‘yadi. 
Mazkur Qoidalarning 
96-bandiga 
muvofiq tekshirish uchun elektr qurilmalarini ulash bilan bog‘liq
ishlarda 6-ustun to‘ldiriladi. 6-ustunda brigadani ish joyidan chiqarilgani, o‘rnatilgan yerga ulagichlar
olingani, ish vaqtincha tugatilgani haqida xabar berilgan shaxsning familiyasi va lavozimi ko‘rsatiladi. 
Ishlarning ish kunining tugashi munosabati bilan tamomlanishini ish bajaruvchi 3-jadvalning 5- va 7-
ustunlarida rasmiylashtiradi. 
20. 4-jadvalda brigada tarkibiga mexanizm haydovchisi yoki kranchini kiritish yoki undan chiqarishda,
unga biriktirilgan mexanizm va o‘ziyurar kranning turi ham ko‘rsatiladi. “Ruxsat berdi” satriga brigada
tarkibini o‘zgartirishga ruxsat bergan shaxs (familiyasini ko‘rsatib) imzo qo‘yadi.
Agar ruxsat telefon yoki radio orqali berilgan bo‘lsa, ish bajaruvchi ushbu ustunda brigada tarkibini
o‘zgartirishga ruxsat bergan shaxsning familiyasini ko‘rsatadi. 
21. Ish to‘liq tugatilgandan so‘ng ish bajaruvchi naryadni ushbu ishlarni rasmiylashtirish uchun
mo‘ljallangan satriga rasmiylashtirish vaqti va sanasini ko‘rsatgan holda imzo qo‘yadi. Ish joyini qabul
qilib olganidan so‘ng javobgar rahbar ham tegishli satrga imzo qo‘yadi. Agar javobgar rahbar
tayinlanmagan bo‘lsa, ish bajaruvchi uning o‘rniga imzo qo‘yadi.
Naryadda ishning to‘liq tugallanganini ish bajaruvchi faqat o‘zidagi naryad nusxasida ish batamom
tugallangani haqida xabar berilgan shaxsning familiyasini va lavozimini hamda xabar berilgan sana va
vaqtini ko‘rsatgan holda rasmiylashtiradi.
Agar brigada yerga ulagichlar o‘rnatmagan bo‘lsa, u holda “brigada o‘rnatgan yerga ulagichlar olindi”
degan so‘zlar ish to‘liq tugallanganligi to‘g‘risidagi xabar matnidan o‘chirib tashlanadi. 
22. Naryad beruvchi sha�s mazkur Qoidalarning 
106-bandiga 
muvofiq naryadning to‘g‘ri
rasmiylashtirilganligini nazorat qiladi va uning oxirida imzo qo‘yadi.


Qiyalik yo‘nalishi va
gorizontal chiziq o‘rtasidagi
burchak,
grad
Qiyalik balandligi-
ning asosiga nisbati
Qiyalik yo‘nalishi va
gorizontal chiziq
o‘rtasidagi burchak,
grad
Qiyalik balandli-gining
asosiga nisbati
Tabiiy namlikdagi, uyilgan
76
1:0,25
45
1:1
Qumli va shag‘alli, namli
(to‘yinmagan)
63
1:0,5
45
1:1
Loyli:
qumloq tuproq
qumoq tuproq
loy
76
90
90
1:0,25
1:0
1:0
56
63
76
1:0,67
1:0,5
1:0,25
Sariq (sog‘) tuproq
90
1:0
63
1:0,5
3-jadval
Tuproq shartlari
Xandaq chuqurligi, m
To‘siqlar
Sizot suvlari kichik miqdorda sizib chiqadigan yoki ular yo‘q
bo‘lgan tabiiy namlikdagi yopishqoq tuproqlar
3 gacha
Orasi ochiq
Xuddi shuningdek
3 — 5
Yaxlit
Yuqori namlikdagi har xil va qumli tuproqlar
Chuqurligidan qat’i nazar
Yaxlit
Izoh:
Sizot suvlarining kuchli oqimida va mayda tuproqlarning chiqib ketishi sodir bo‘lganda, zichlangan (shpuntlangan) to‘siq
ishlatiladi.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini
ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
qoidalariga
8-ILOVA

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling