Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-§. Plakatlarni osish, ish joyini to‘sish


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/76
Sana22.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1041282
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   76
Bog'liq
PTE kitobi

2-§. Plakatlarni osish, ish joyini to‘sish
9. Ish joyini tayyorlash jarayonida kerakli uzishlar amalga oshirilganidan so‘ng 1000 V dan yuqori
kuchlanishli uzilgan ajratkichlar, bo‘lgichlar, yuklama o‘chirgichlarining uzatmalarida, ularni masofadan
boshqarish tugmalari va kalitlarida, 1000 V gacha kuchlanishli kommutatsiya apparaturasida (avtomatlar,
rubilniklar, o‘chirgichlar) “ULANMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!” plakati, ishga ijozat berish uchun uzilgan HL
va KLlarda esa “ULANMASIN! LINIYADA ISh BAJARILMOQDA!” plakati osib qo‘yilishi shart.
Operativ shtanga bilan boshqariladigan ajratkichlarda plakat to‘siqlarga, qutbli uzatmali ajratkichlarda esa
har bir qutb uzatmasiga osib qo‘yilishi zarur.
KTQning yacheykalarida plakatlar mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 
3-bobi 
“Komplekt taqsimlash
qurilmalariga xizmat ko‘rsatish” talablariga muvofiq osib qo‘yiladi.
Ajratkichlarning pnevmatik uzatmalarida havo berishni yopadigan klapanlariga “OChILMASIN! ODAMLAR
IShLAMOQDA!” plakati osib qo‘yiladi.
Avtomatlari, o‘chirgichlari yoki rubilniklari bo‘lmagan 1000 V gacha kuchlanishli ulanmalarda plakatlar
saqlagichlar olib qo‘yilgan va ularni qayta o‘rnatish bilan kuchlanish berish mumkin bo‘lgan joyda osib qo‘yilishi
kerak.
10. Ishlarni bajarish uchun HL va KLni uzgan avtomatlar, rubilniklar va boshqa ajratkichlarning
uzatmalariga, ishlayotgan brigadalar sonidan qat’i nazar, bitta “ULANMASIN! LINIYADA ISh BAJARILMOQDA”
plakati osilishi kerak. Bu plakat ish joyini tayyorlashga, ishga ijozat berishga farmoyish beruvchi va liniyada
ishlayotgan brigadalar sonini hisobga oluvchi tezkor xodimning ko‘rsatmasi bo‘yicha osib qo‘yiladi va echib
olinadi.
Elektr qurilmasining liniya ajratkichida va unga taalluqli bo‘lgan liniyada bir vaqtda ishlangan taqdirda,
“ULANMASIN! TARMOQDA ISh BAJARILMOQDA!” plakatlari sxema bo‘yicha unga yaqin joylashgan, ular orqali
liniya ajratkichiga kuchlanish berish mumkin bo‘lgan ajratkichlarning uzatmalariga osib qo‘yiladi.
11. Ishlarni bajarish vaqtida bexosdan tegib ketish mumkin bo‘lgan o‘chirilmagan tok o‘tkazuvchi qismlar
to‘sib qo‘yilishi shart. Vaqtincha to‘siq uchun shchit (pardalar), ekranlar va shunga o‘xshash yog‘ochdan yoki
boshqa izolatsiyalovchi materiallardan yasalgan to‘siqlar qo‘llanishi mumkin. Vaqtinchalik to‘siqlar bilan tok
o‘tkazuvchi qismlargacha masofa 1-jadvalning 2-ustunida ko‘rsatilganidan kam bo‘lmasligi shart. 6 — 15 kV
kuchlanishli elektr qurilmalarida bu masofa zarur bo‘lganda 0,35 metrgacha kamaytirilishi mumkin.
Vaqtincha to‘siqlarning zarurligi, ularning turi, o‘rnatish usuli mahalliy sharoitga va ish xususiyatlariga
qarab, javobgar rahbar va ish joyini tayyorlashni bajarayotgan shaxs tomonidan aniqlanadi. To‘siqlar alohida
ehtiyotkorlik bilan javobgar rahbar ishtirokida o‘rnatiladi.
Vaqtincha to‘siqlarga “TO‘XTA! KUChLANISh!” plakati mahkamlab qo‘yilishi lozim.


12. Konstruksiyasi ularning xavfsiz o‘rnatilishini ta’minlaydigan turg‘un va ishonchli mahkamlanadigan
maxsus ko‘chma to‘siqlarni, qafaslar, qiyshaytirib yasalgan shchit va boshqalarni qo‘llashga ruxsat etiladi.
13. 15 kV gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida hamda tok o‘tkazuvchi qismlarni shchitlar bilan to‘sib
bo‘lmaydigan hollarda, uzilgan va kuchlanish ostida turgan tok o‘tkazuvchi qismlar (masalan, uzilgan
rubilnikning, ajratkichning kontaktlari) orasiga joylashtiriladigan izolatsiyalovchi qoplamadan foydalanishga
ruxsat etiladi. Bu izolatsiyalovchi qoplamalar kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib turishi mumkin.
Qoplamalarni kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida V va IV guruhga, 1000 V gacha
bo‘lgan qurilmalarda IV va III guruhga ega (ulardan biri tezkor, boshqasi ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lishi
mumkin) ikki shaxs dielektrik qo‘lqop va izolatsiyalovchi shtangadan yoki himoya ko‘zoynagini qo‘llab,
izolatsiyalovchi qisqichdan foydalanib o‘rnatishi va olib qo‘yishi lozim.
14. Yopiq elektr qurilmalarida yerga ulagich pichoqlar ulanib yoki ko‘chma yerga ulagich o‘rnatilganidan
so‘ng ish joyi bilan qo‘shni va uning ro‘parasidagi yacheykalarning to‘rli yoki yaxlit to‘siqlariga “TO‘XTA!
KUChLANISh!” plakatlari osib qo‘yilishi shart.
Bunday to‘siqlari bo‘lmagan ish joyi yaqinidagi yacheykada hamda qo‘shni va ro‘paradagi yacheykalarda,
shuningdek, xodimlarning kirishlari taqiqlangan yo‘lkalar xuddi shunday plakatlar bilan jihozlangan shchitlar
(pardalar) bilan to‘sib qo‘yilishi kerak. Ko‘chma shchitlar shunday joylashtirilishi kerakki, bunda xavf paydo
bo‘lgan taqdirda, ular xodimlarning chiqib ketishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
15. OTQda poydevorga va alohida konstruksiyalar ustiga o‘rnatilgan uskunalarda yerdan turib ish
bajarilganda, ish joyi (o‘tish uchun yo‘lak qoldirilib) ichkariga qaratib “TO‘XTA! KUChLANISh!” plakatlari osib
qo‘yilgan izolatsiyali elektr sim yoxud o‘simlik yoki sintetik toladan ishlangan yo‘g‘on arqon bilan to‘sib qo‘yilishi
kerak.
Yo‘g‘on arqonni osish uchun ish joyi zonasiga kirmaydigan kontruksiyalardan ular to‘silgan maydon
chegarasidan tashqarida qolishi sharti bilan foydalanishga ruxsat etiladi.
Liniya ajratkichlaridan tashqari OTQning barchasidan kuchlanish olinganida, liniya ajratkichlari to‘silgan
maydon tashqarisiga qaratib osib qo‘yilgan “TO‘XTA! KUChLANISh!” plakatlari osilgan yo‘g‘on arqon bilan to‘sib
qo‘yilishi lozim.
16. OTQning kuchlanish bor bo‘lgan qo‘shni uchastkalariga o‘tish mumkin bo‘lgan joydagi
konstruksiyalarning uchastkalariga yaxshi ko‘rinadigan “TO‘XTA! KUChLANISh!” plakatlari o‘rnatilishi kerak. Bu
plakatlar elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan tezkor ta’mirlovchi yoki ta’mirlash
xodimlaridan bo‘lgan shaxs tomonidan ijozat beruvchining rahbarligi ostida o‘rnatilishi mumkin.
Ko‘tarilish ruxsat etilgan konstruksiyalarga qo‘shni bo‘lgan konstruksiyalar pastida “ChIQMA! O‘LDIRADI!”
plakati osilishi shart.
Ko‘tarilish ruxsat etilgan ko‘chmas narvonlar va konstruksiyalarga “ShU YERDAN ChIQILSIN!” plakati osib
qo‘yilishi kerak.
17. Elektr qurilmalarida HL dan tashqari tayyorlangan barcha ish joylariga yerga ulagich o‘rnatilishi va ish
joyi to‘silishidan keyin “ShU YERDA IShLANSIN!” plakati osib qo‘yilishi lozim.
18. Ishlash vaqtida xodimlarga to‘silgan maydonchalar tashqarisiga o‘tish, o‘rnatilgan vaqtincha to‘siq va
plakatlarni olib qo‘yish yoki joyini o‘zgartirish taqiqlanadi. Barcha plakatlar faqat tezkor xodimlarning farmoyishi
bo‘yicha osib va olib qo‘yiladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling