Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida
-bob. Avtomatik uzatmali va masofadan boshqarilidigan kommutatsiya apparatlaridagi (o‘chirgichlar
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
PTE kitobi
2-bob. Avtomatik uzatmali va masofadan boshqarilidigan kommutatsiya apparatlaridagi (o‘chirgichlar,
yuklama o‘chirgichlari, bo‘lgichlar, qisqa tutashtirgichlar, ajratkichlarda) ishlar 8. Masofadan boshqariladigan kommutatsiya apparatlarida ishga ijozat berishdan avval: uzatmaning kuch zanjiri, operativ tok zanjirlari va isitish zanjirlari uzilishi; o‘chirgichlarning bakiga yoki pnevmatik uzatmasiga havo uzatuvchi quvur o‘tkazgichdagi tambalar yopiq va qulflangan holatga keltirilishi hamda ulardagi havo atmosferaga chiqarilib yuborilishi, shu bilan birga, havo chiqaruvchi tiqin (klapan) ochiq holatga o‘tkazilishi; ulovchi yuk yoki ulovchi prujinalar ishlamaydigan holatga keltirilishi; masofadan boshqaruvchi kalitga “ULANMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!” va yopiq tambalarga “OChILMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!” plakatlari osib qo‘yilishi kerak. 9. Kommutatsiya apparatini sozlash paytida topshirilmagan naryad bo‘yicha uning ulanishi va uzilishini sinov tariqasida tekshirib ko‘rish uchun operativ tok zanjiriga, uzatmaning kuch zanjiri, signalizatsiya va isitish zanjiriga vaqtincha kuchlanish, shuningdek, o‘chirgichga va uzatmaga havo berishga ruxsat etiladi. Olib qo‘yilgan saqlagichlarni o‘rnatish, uzib qo‘yilgan zanjirlarni ulash va havo uzatish uchun tambalarni ochish, shuningdek, tekshirib ko‘rish vaqtida “ULANMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!” va “OChILMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!” plakatlarini olish tezkor xodimlar yoki uning ruxsati bilan ish bajaruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Kommutatsiya apparatini tekshirib ko‘rish uchun masofadan ulash yoki uzishni, sozlashni yoki rostlashni bajarayotgan shaxsga yoki uning talabi asosida tezkor xodim bajarishiga ruxsat etiladi. Kommutatsiya apparati tekshirib ko‘rilgandan so‘ng ish yana davom ettirilishi zarur bo‘lgan taqdirda, tezkor xodimlardan bo‘lgan shaxs yoki uning ruxsati asosida ish bajaruvchi mazkur Qoidalarga 10-ilova 8-bandiga muvofiq ishlashga ijozat olish uchun talab etiladigan tadbirlarni bajarishi shart. 10. Ishchi bosim ostidagi havoli o‘chirgichga faqat sinash va sozlash (dempfyerlarni sozlash, vibrogramma olish, simlarni o‘lchov asboblariga ulash yoki uzish, havo chiqayotgan joylarni topish va boshqalar) ishlarini bajarish uchun ko‘tarilishga ruxsat etiladi. Tarmoqdan uzib qo‘yilgan havo o‘chirgichiga havo bilan to‘ldirilgan ajratkichi ishchi bosim ostida bo‘lganda, ko‘tarilish barcha holatlarda qat’iyan man etiladi. 11. Havoli o‘chirgichlarning nam o‘tkazmasligini (germetik holatini) tekshirish uni ishlab chiqargan korxona yo‘riqnomasiga muvofiq past bosimda bajariladi. 12. Havoli o‘chirgichni sinash va sozlash ishlarini bajarish uchun unga ko‘tarilishdan oldin quyidagilar zarur: operativ tok zanjirlarini uzish; mahalliy boshqaruv tugmasini va ishga tushirish klapanini blokirovkalash (masalan, havo o‘tkazuvchi quvurlarni echib qo‘yish, shkaflarni qulflash va boshqalar) yoki ish bajaruvchining ko‘rsatmasi bo‘yicha faqat aniq bir shaxs (operativ tok ulangandan so‘ng) uzib-ulash operatsiyalarini bajarishi uchun ishga qo‘yyuvchi yo‘l-yo‘riq olgan brigada a’zolaridan bir xodimni o‘chirgich yoniga qo‘yish. Bosim ostidagi havoli o‘chirgichda odamlar bo‘lgan vaqtda boshqaruv va taqsimlash shkaflaridagi barcha ishlar to‘xtatiladi. 13. Havoli o‘chirgichni ishlatib ko‘rish, sozlash va sinash uchun uni ulash va o‘chirish vaqtida o‘chirgich yonida odamlarning bo‘lishi taqiqlanadi. Sinash va sozlash uchun o‘chirgich bilan operatsiyalar bajarilishiga buyruqni ish bajaruvchi (yoki brigada a’zolari jumlasidan bo‘lgan va ish bajaruvchi tomonidan vakil qilingan shaxs) faqat brigada a’zolari o‘chirgichdan xavfsiz masofaga yoki berkinish joyiga uzoqlashtirilganlaridan so‘ng berishi mumkin. 14. Odamlarni havo to‘plagich ichida bo‘lishi bilan bog‘liq ishga ijozat berishdan avval quyidagilar zarur: havo berilishi mumkin bo‘lgan barcha havo quvurlarining surilma klapanlarini berkitish, qulflab yopish, surilma klapanlariga “OChILMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!” plakatini osish; havo to‘plagichdan bosim ostida bo‘lgan havoni chiqarish, uning yuqori qismidagi tiqinni va pastdagi havo chiqaruvchi surilma klapanni ochiq holatda qoldirish; havo to‘plagichdan havo quvurini ajratish va unga qopqoqni o‘rnatish lozim. 15. O‘chirgichlarning va havo to‘plagichning baklaridagi manometrning nol qiymatini ko‘rsatishi ularda siqilgan havo yo‘qligini isbotlovchi ishonchli dalil bo‘lolmaydi. Darchaga o‘rnatilgan qopqoqlarni echishda, bolt va gaykalarni bo‘shatishdan oldin havo chiqaruvchi tiqinlarni (klapanlarni) yoki surilma klapanlarni ochish yo‘li bilan haqiqatan ham siqilgan havo yo‘qligiga ishonch hosil qilish zarur. Havo chiqaruvchi tiqinlarni (klapanlarni) yoki surilma klapanlarni yopishga faqat darchaga o‘rnatilgan qopqoqni mahkamlab yopuvchi barcha bolt va gaykalar qotirilgandan so‘ng ruxsat beriladi. 16. Kompressor qurilmasiga Gaz quvurlari, havo quvurlarining ko‘chmas kompressor qurilmalarining tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalarini biladigan elektr xavfsizligi bo‘yicha III guruhga ega bo‘lgan, shu qurilmaga biriktirilgan shaxs xizmat ko‘rsatishi shart. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling