Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/76
Sana22.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1041282
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76
Bog'liq
PTE kitobi

13-bob. Elektr o‘lchash vositalari
201. Har bir korxonada davlat standartlari va idoraviy nizomlarga muvofiq majburiyatlari elektr energiyasini
o‘lchash va hisobga olish vositalarini davriy ko‘rikdan o‘tkazish va ularga profilaktik xizmat ko‘rsatishdan, mazkur
vositalarning holatini nazorat qilishdan, tekshirishdan iborat bo‘lgan metrologiya xizmati yoki shunday xizmat
funksiyasini bajaruvchi bo‘linma tashkil etilishi shart.
Metrologiya xizmati (bo‘linma) “O‘zstandart” agentligining NTH va idoraviy metrologiya xizmati organlari
talablariga muvofiq qiyoslovchi va ta’mirlovchi uskunalari va namunaviy o‘lchov vositalari bilan jihozlangan
bo‘lishi shart.
Mazkur xizmatlarning faoliyati davlar standartlariga va metrologik xizmat haqidagi idoraviy nizomlarga
muvofiq amalga oshiriladi.
202. Podstansiyalar va TQlarda elektr energiyasini o‘lchash va hisoblash vositalarining ishini, shu jumladan
qayd qiluvchi asboblar va avariya rejimida yozuv avtomatik tezlatiladigan asboblar ishlashining kuzatuvini
korxonaning rahbariyati (elektr xo‘jaligiga javobgar) qarori bilan aniqlangan bo‘linmalarning navbatchisi yoki
tezkor ta’mirlovchi xodimi olib boradi.
203. Elektr energiyasini o‘lchash va hisoblash vositalarining tashqi elementlari butunligi hamda tozaligiga
ular o‘rnatilgan uskunaga texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodim javob beradi.
Elektr energiyasini o‘lchash va hisoblash vositalari ishidagi barcha nosozliklar haqida xodim zudlik bilan
korxonaning metrologik xizmati funksiyasini bajaruvchi bo‘linmasiga xabar berishi shart.
Qayd qiluvchi asboblarning normal yozuvini ta’minlash bo‘yicha ishlar bilan bog‘lanmagan elektr o‘lchash
vositalarini ochishga faqat korxonaning metrologiya xizmati funksiyasini bajaruvchi bo‘linma xodimiga,
ta’minlovchilar yoki iste’molchilar bilan hisob-kitob uchun o‘rnatilgan o‘lchov vositalarini esa bo‘linma xodimiga
ularning vakillari bilan birgalikda ruxsat beriladi.
204. Ikkilamchi zanjirlariga elektr energiyasini hisobga olish asboblari ulangan tok va kuchlanish o‘lchov
transformatorlarini o‘rnatish va almashtirishni energiya bilan ta’minlovchi tashkilot ruxsati bilan ularni
ekspluatatsiya qiluvchi korxona xodimlari bajaradi.
Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va iste’molchilar o‘rtasida hisob-kitob o‘tkaziladigan elektr
energiyasini hisobga olish asboblari energiya bilan ta’minlovchi tashkilot xodimlari, iste’molchi vakili ishtirokida
almashtiriladi.
Elektr energiyasini hisobga olish asboblarini qiyoslashni “O‘zstandart” agentligi yoki u vakolat bergan
metrologiya xizmati amalga oshiradi.
205. Elektr energiyasini hisobga olish asboblari ishidagi barcha nuqsonlar va ishlamay qolishlar haqida
iste’molchi-korxona zudlik bilan energiya bilan ta’minlovchi tashkilotni xabardor qilishga majbur.
206. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot quyidagilarni plombalashi shart:
elektr energiyasining hisob-kitobini hisobga olish zanjirlarini, hisobga olish zanjirlarining oraliq
klemmalarini, kuchlanish zanjirlarining avtomatik o‘lagichlarini;
tok transformatorlarini ikkilamchi cho‘lg‘amlarini shuntlash qisqichlari bilan sinash qutilarini va elektr
energiyasini hisobga olish asboblarini almashtirish yoki qiyoslash uchun ular o‘chirib qo‘yilganda kuchlanish
zanjirlarini ulangan joylarni;
elektr energiyasini hisobga olish asboblari ulangan kuchlanish transformatorlarining yuqori kuchlanish
tarafida saqlagichlar o‘rnatilgan kamerasi panjaralarini yoki eshiklarini;
elektr energiyasini hisobga olish asboblari ulangan kuchlanish transformatorlari ajratgichlarining yuritma
dastaklaridagi moslamalarni.
Elektr energiyasini hisobga olish asboblari ulangan kuchlanish transformatorlarining ikkilamchi zanjirlarida
saqlagichlarni, ularning butunligini signalli nazoratisiz o‘rnatish man etiladi.
207. Elektr o‘lchash vositalarini ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 
12-ilova 
talablariga muvofiq amalga
oshiriladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling