Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/76
Sana22.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1041282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
PTE kitobi

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 11-noyabr,
712-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-
noyabrdagi 712-son 
qaroriga
1-ILOVA
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish
QOIDALARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar elektr energiyasi iste’molchilari (keyingi o‘rinlarda — iste’molchilar) elektr qurilmalarini
ishonchli, xavfsiz va samarali ekspluatatsiya qilishni ta’minlash, shuningdek, ularni ishga yaroqli holatda saqlab
turish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish, sozlash va
ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi muhandis-texnik xodimlar (keyingi o‘rinlarda — MTX) uchun mo‘ljallangan.
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:
elektr uzatish havo tarmog‘i (keyingi o‘rinlarda — HT) — simlari yer ustida tayanchlar, izolyatorlar yordamida
ushlab turiladigan elektr uzatish tarmog‘i;
binoga biriktirilgan podstansiya — binoning bir qismini egallagan elektr podstansiyasi;
elektr stansiyasining (podstansiyasining) ikkilamchi zanjirlari — elektr stansiyasining (podstansiyasining)
boshqaruv, avtomatika, signalizatsiya, himoya va o‘lchov qurilmalarini birlashtiruvchi kabellar va simlar majmui;
dublyorlik qilish (dublyorlik) — dublyorni tayyorlashga javobgar shaxs kuzatuvi ostida ish joyida elektr
qurilmani boshqarish va boshqa funksiyalarni bajarish;
yo‘riq berish — xodimlarga xavfsiz mehnatni tashkil etishga va elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda
xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishga qaratilgan asosiy talablar mazmunini yetkazish, yo‘riq olayotganlar
ish joylarida yuz bergan yoki yuz berishi mumkin bo‘lgan xatolarni tahlil qilish, xavfsiz ishlab chiqarish bilimlarini
va tajribalarini chuqurlashtirish, Energetika korxonalari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari (keyingi o‘rinlarda —
YoXQ) bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash hamda kengaytirish;
elektr uzatish kabel tarmog‘i (keyingi o‘rinlarda — KT) — bir yoki bir necha kabellardan tashkil topgan,
bevosita yerga, kabel kanallariga, quvurlarga va kabel konstruksiyalariga yotqizilgan elektr uzatish tarmog‘i;
kapital ta’mirlash — qurilma, uskuna yoki buyumning yaroqliligi va resursini to‘liq yoki to‘liqqa yaqin tiklash
uchun uning ixtiyoriy, shu jumladan asosiy qismlarini almashtirib yoki tiklab ta’mirlash;
komplekt taqsimlovchi qurilma — ichida o‘rnatilgan uskunalar, boshqaruv, nazorat, himoya, avtomatika va
signalizatsiya qurilmalari bor shkaflardan yoki bloklardan tashkil topgan, yig‘ilgan yoki yig‘ish uchun tayyor holda
yetkazib beriladigan elektr taqsimlovchi qurilma;
komplekt transformator podstansiyasi — yig‘ilgan yoki yig‘ish uchun tayyor holda yetkazib beriladigan,
ichiga transformator va taqsimlovchi qurilmaning boshqa uskunalari o‘rnatilgan blok, shkaflardan tashkil topgan
podstansiya;
elektr uzatish tarmog‘i — elektr stansiyasi yoki podstansiyasining tashqarisiga chiquvchi va elektr
energiyasini uzatish uchun mo‘ljallangan elektr uzatish tarmog‘i;
neytral — elektr uskunalari cho‘lg‘amlarining (elementlarining) “yulduz” sxemasi bo‘yicha ulangan umumiy
nuqtasi;
rejali ta’mirlash — tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiriladigan ta’mirlash;
elektr energiyasi iste’molchisi — energetika qurilmalari, uskunalari elektr energiyasi bilan ta’minlovchi
tashkilotning tarmog‘iga bevosita ulangan, u bilan elektr tarmoqlarining mansublik chegarasiga hamda elektr


energiyasini yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomaga ega va ushbu shartnoma asosida elektr
energiyasidan foydalanish huquqi va shartlari belgilangan korxona, tashkilot, idora (keyingi o‘rinlarda — korxona);
elektr energiyasini qabul qilgich (elektr qabul qilgich) — undan foydalanish uchun elektr energiyasini
energiyaning boshqa turiga o‘zgartiradigan elektr qurilma;
elektr stansiyasining (podstansiyasining) prinsipial elektr sxemasi — elektr stansiyasining
(podstansiyasining) elektr qismining ishlash prinsipi haqida dastlabki ma’lumot va tasavvur beruvchi,
uskunaning tarkibi va uning bog‘lanishlarini aks ettiruvchi sxema;
ta’mir — qurilmalarning, uskunalarning, jihozlarning, buyumlarning ishlash resurslarini yoki ularning
tarkibiy qismlari sozligini hamda ishga yaroqliligini tiklash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yoki tadbirlar
majmui;
joriy ta’mir — qurilmalarning, uskunalarning, jihozlarning, buyumlarning ishga yaroqliligini ta’minlash yoki
tiklash uchun bajariladigan va ularning alohida qismlarini almashtirish yoki tiklashdan tashkil topgan ta’mir;
texnik xizmat ko‘rsatish — qurilmalardan, uskunalardan, jihozlardan, o‘z vazifasi bo‘yicha foydalanishda,
ularni saqlash va transportirovka qilishda ishga yaroqliligini hamda sozligini saqlab turish bo‘yicha amalga
oshiriladigan ishlar yoki tadbirlar majmui;
tok o‘tkazgich — elektr stansiyasi, podstansiyasi yoki sex doirasida elektr energiyasini uzatish va taqsimlash
uchun mo‘ljallangan, izolyatorlar va ushlab turuvchi konstuksiyalarga ega bo‘lgan shinalar yoki simlar shaklida
bajarilgan qurilma;
transformator podstansiyasi — transformator yordamida bir kuchlanishdagi elektr energiyasini boshqa
kuchlanishdagi elektr energiyasiga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan elektr podstansiyasi;
elektr stansiyasining (podstansiyasining) boshqaruv paneli — elektr stansiyasini (podstansiyasini)
boshqarish, nazorat va himoya qurilmalaridan iborat pultlar va panellarning bir xonada joylashgan to‘plami;
elektr podstansiyasi — elektr energiyasini qabul qilish, taqsimlash va uning parametrlarini o‘zgartirish
uchun mo‘ljallangan hamda transformatorlardan yoki boshqa elektr qurilmalaridan, shu jumladan
o‘zgartirgichlar, boshqarish qurilmalari va yordamchi uskunalardan tashkil topgan elektr qurilma;
elektr tarmog‘i — elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun mo‘ljallangan, podstansiyalar,
taqsimlovchi qurilmalar va ularni birlashtiruvchi elektr uzatish tarmoqlari majmui;
neytrali yerga ulangan elektr tarmog‘i — neytrallarning barchasi yoki bir qismi bevosita yoki nol ketma —
ketligining qarshiligiga nisbatan kichik qarshilikli qurilma orqali yerga ulash qurilmasi bilan ulangan uskunasi
mavjud bo‘lgan elektr tarmog‘i;
neytrali izolatsiyalangan elektr tarmog‘i — neytrali yerga ulanmagan yoki katta qarshilikli o‘lchov, himoya,
signalizatsiya qurilmalari orqali ulangan uskunasi mavjud bo‘lgan elektr tarmog‘i;
elektr taqsimlovchi punkt — podstansiyaning tarkibiga kirmaydigan elektr taqsimlovchi qurilma;
elektr taqsimlovchi qurilma — bir kuchlanishda elektr energiyasini qabul qilish va taqsimlash uchun
mo‘ljallangan hamda kommutatsiya apparatlari mavjud bo‘lgan elektr qurilmasi;
elektr uskunasi — mo‘ljallanishiga ko‘ra umumiy belgilari bilan birlashgan (masalan, vazifasi bo‘yicha —
texnologik; qo‘llash sharoitlari bo‘yicha — tropiklarda qo‘llaniladigan, obyektga tegishliligi bo‘yicha — sexga,
stanokka tegishli) elektr qurilmalar majmui;
elektr stansiyasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan, elektr energiyasini hosil
qiluvchi uskunalar va yordamchi uskunalardan tashkil topgan, qurilish qismi mavjud yoki usiz (ko‘chma elektr
stansiyasida) energetik qurilma;
elektr qurilma — elektr energiyasini ishlab chiqarish yoki o‘zgartirish, uzatish, taqsimlash yoki iste’mol qilish
uchun mo‘ljallangan o‘zaro bog‘langan uskunalar va inshootlar majmui;
ekspluatatsiya qilish — buyumning ishlatiladigan, sifati saqlanib turadigan yoki tiklanadigan hayotiy sikli
bosqichi;
stajerlik — ish joyida amaliy mashg‘ulot o‘tish.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling