Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/76
Sana22.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1041282
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   76
Bog'liq
PTE kitobi

7-§. Texnik hujjatlarni yuritish
98. Har bir korxonada elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishiga ijozat berish uchun asos bo‘lgan texnik
hujjatlar bo‘lishi shart.
Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:
qurilishning zichligiga qarab 1:500 yoki 1:200 masshtabdagi bosh plan; unga binolar, inshootlar va yer osti
kommunikatsiyalari kiritiladi;
energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va “O‘zenergoinspeksiya” bilan kelishilgan loyiha hujjatlari (chizmalar,
tushuntiruvchi yozuvlar va boshqalar), keyinchalik kiritilgan barcha o‘zgarishlar bilan;
yashirish ishlarni qabul qilish dalolatnomalari, elektr qurilmalarni ekspluatsiya qilishga qabul qilish
dalolatnomalari, elektr uskunalarini sinash, o‘lchash va sozlash dalolatnomalari va bayonnomalari;
birlamchi va ikkilamchi elektr birikmalarning ishchi ijro sxemalari;
asosiy elektr uskunalarining texnik pasportlari;
elektr uskunalar, apparaturalar va elektrotexnik buyumlarning muvofiqlik sertifikatlari;
elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomalar, shuningdek, har bir ish joyi bo‘yicha lavozim
yo‘riqnomalari va mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar;
korxona elektr ta’minotining umumiy sxemasi.
Bundan tashqari, har bir sex yoki mustaqil ishlab chiqarish uchastkasi quyidagilarga ega bo‘lishi zarur:
elektr uskunalari va himoya vositalarining texnik ma’lumotlari, shuningdek, ularga berilgan inventar
raqamlari ko‘rsatilgan ro‘yxat jurnaliga yoki pasport kartalariga (pasport ma’lumotlariga yoki jurnallarga
uskunalarni sinash, ta’mirlash va reviziya bayonnomalari va dalolatnomalari ilova qilinadi);
elektr uskunalari, elektr qurilmalari va inshootlarning chizmalariga, ehtiyot qismlar chizmalari komplektiga,
havo va kabel trassalarining bajarilgan chizmalari hamda kabel jurnallariga;
yer osti kabel trassalari va yerga ulash qurilmalarining binolar va doimiy inshootlarga bog‘langan
chizmalariga, shuningdek, ulash muftalari o‘rnatilgan va boshqa kommunikatsiyalar bilan kesishish joylari
ko‘rsatilgan chizmalarga;
butun korxona bo‘yicha va alohida sexlar yoki uchastkalar (bo‘linmalar) bo‘yicha tuzilgan elektr
ta’minotining umumiy sxemasiga;
sexlar, uchastkalarda (bo‘linmalar) elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish asosida ekspluatatsiya qilish
yo‘riqnomalariga va har bir ish joyi bo‘yicha lavozim yo‘riqnomalariga va mehnat muhofazasi bo‘yicha
yo‘riqnomalarga.
Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘plami energetika obyektining texnik arxivida saqlanadi.
99. Ekspluatatsiya qilish jarayonida elektr qurilmalarida amalga oshirilgan barcha o‘zgarishlar zudlik bilan
sxema va chizmalarda, elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsning imzosi, uning lavozimi va o‘zgarish kiritilgan sana
ko‘rsatilib, aks ettirilishi shart.
Sxemalarga kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi ma’lumotlar ushbu sxemalarni bilishi zarur bo‘lgan barcha
xizmatchilar e’tiboriga (tezkor jurnalga yozish bilan) yetkazilishi shart.
Sxemalarning amaldagi ekspluatatsiyaga mosligi kamida 2 yilda 1-marta tekshirilganligi haqida belgi
qo‘yilib, tekshirilishi shart.
100. Elektr ta’minotining zarur sxemalar to‘plami elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsda, uning ish joyida
bo‘lishi shart.
Sex, uchastka (bo‘linma) elektr qurilmalarining va ular bilan elektr bog‘langan boshqa bo‘linmalarning
tezkor sxemalari to‘plami ushbu bo‘linmaning navbatchi xodimida saqlanishi shart.
Asosiy sxemalar ushbu elektr qurilma xonasining ko‘rinarli joyiga osib qo‘yiladi.
101. Mazkur Qoidalarda ko‘zda tutilmagan, alohida ishlab chiqarish sharoitlariga yoki elektr qurilmalariga
ega iste’molchilarda ushbu elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatuvchi elektrotexnik xodimlar uchun ishlab
chiqarish xususiyati, uskunalar va texnologiya xususiyatlari hisobga olingan holda, bosh muhandis yoki
korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan tasdiqlangan ekspluatatsiya yo‘riqnomalari ishlab
chiqilgan bo‘lishi shart.
102. Har bir ish joyi bo‘yicha lavozim yo‘riqnomalarida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi shart:
ushbu lavozimdagi xizmatchilar uchun bilishi majburiy bo‘lgan uskunalarga xizmat ko‘rsatish
yo‘riqnomalari ro‘yxati, NTH, elektr uskunalarning sxemalari;
xodimlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
yuqori turuvchi, bo‘ysunuvchi va ish bo‘yicha aloqador boshqa xodimlar bilan o‘zaro munosabatlar.
103. Elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilish sharoitlari o‘zgargan hollarda, yo‘riqnomalarga tegishli
qo‘shimchalar kiritiladi va bu haqida ushbu yo‘riqnomalarni bilishi shart bo‘lgan xodimlar xabardor qilinib,
farmoyishlar jurnaliga yozib qo‘yiladi.
Ish joyi bo‘yicha lavozim yo‘riqnomalari 5 yilda 1-marta, ekspluatatsiya qilish yo‘riqnomalari 3 yilda 1-marta
qayta ko‘rib chiqiladi.
104. Har bir ishlab chiqarish uchastkasida, sexida tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha yo‘riqnomalar to‘plami
bo‘lishi shart. Sexning, uchastkaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsida yo‘riqnomalarni to‘liq to‘plami va tegishli
xodimning ish joyida zarur to‘plam saqlanishi shart.
105. Tezkor xodimlarning ish joylarida (podstansiyalarda, taqsimlovchi qurilmalarda yoki elektr uskunaga
xizmat ko‘rsatuvchi xodim uchun ajratilgan xonalarda) quyidagi hujjatlar yuritilishi shart:
tezkor sxema yoki sxema-maket;
tezkor jurnal;
elektr qurilmalarida ishlarni bajarishga naryad blankalari;
almashlab ulash blankalari;
elektr uskunalaridagi nosozliklar jurnali yoki kartotekasi;
nazorat o‘lchash asboblari va elektr energiyasini hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlari ro‘yxatlari;


biriktirilgan uchastkada tezkor xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mustaqil bajariladigan ishlar ro‘yxati;
ishlab chiqarish yo‘riqnomalarini hisobga olish jurnali;
avariyaga qarshi mashg‘ulotlarni hisobga olish jurnali;
elektr qurilmalarini shaxsan bir o‘zi ko‘zdan kechirishga huquqi bor shaxslar, tezkor farmoyishlar berish
huquqiga ega shaxslar, energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning javobgar navbatchilari ro‘yxatlari;
releli himoya, avtomatika, telemexanika jurnali va releli himoya hamda avtomatika o‘rnatilgan kartalar;
farmoyishlar jurnali.
Mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, tezkor hujjatlar hajmi bosh muhandis yoki elektr xo‘jaligiga
javobgar shaxs qarori bilan to‘ldirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
106. Tezkor hujjatlar, nazorat-o‘lchov asboblarining qayd etuvchi diagrammalari, elektr energiyasini hisobga
olish asboblarining ko‘rsatkichlari ro‘yxatlari, BAT tezkor-ma’lumot kompleksi tomonidan shakllanadigan chiqish
hujjatlari qat’iy hisobga olinadigan hujjatlarga kiradi va belgilangan tartibda saqlanishi kerak.
Tezkor hujjatlarni davriy ravishda (korxonada belgilangan muddatlarda, kamida bir oyda 1-marta) yuqori
turuvchi elektrotexnik yoki ma’muriy texnik xodimlar ko‘rib chiqishi shart. Ularning elektr uskunalari ishidagi
nuqsonlar va buzilishlarni bartaraf qilish choralarini ko‘rishlari majburiy.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling