Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida
-bob. Elektr uzatish havo tarmoqlari
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
PTE kitobi
12-bob. Elektr uzatish havo tarmoqlari
1-§. Tayanchlarda ishlash 173. Tayanchga chiqishga va unda ishlashga ruxsat faqat tayanchning, ayniqsa, uning asosi mustahkamligiga ishonch hosil qilingandan keyingina berilishi mumkin. Tayanchni mustahkamlash uslubi va zarurati ish bajaruvchi yoki javobgar rahbar tomonidan ish joyida aniqlanishi kerak. 174. Quyidagi brigada a’zolariga tayanchga ko‘tarilishga ruxsat etiladi: elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lganlarga tayanchning yuqorisigacha barcha turdagi ishlarni bajarishga; elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega bo‘lganlarga kuchlanish olinib amalga oshiriladigan ishlarni, kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda amalga oshiriladigan ishlarda esa pastki simlar sathiga kamida 2 metr qolgunga qadar ishlarni bajarishga; I guruhga ega bo‘lganlarga barcha ko‘rinishdagi ishlarda yerdan oyoqlarigacha 3 metrgacha ko‘tarilishga ruxsat etiladi. 175. Shtirli izolyatorlar bilan jihozlangan burchak tayanchlarining ichki burchak tomonidan ko‘tarilish va ishlash taqiqlanadi. 176. Tayanchning tik qismida ishlaganda shunday joylashish lozimki, bunda kuchlanish ostida bo‘lgan eng yaqin turgan simlar e’tibordan chetda qolmasligi kerak. 177. Tayanchlarga ko‘tarilishda himoya kamarini stropi ustun orqasidan aylantirib o‘tkazib olinishi, temir beton tayanchlarda esa tirnoqqa (lazga) mahkamlanishi zarur. Tayanchda ishlaganda himoya kamaridan foydalangan holda ikkala tirnoqqa (lazga) tiralib ishlash kerak. 178. Zanjirlari gorizontal joylashgan ko‘p zanjirli HLda uning bitta zanjiridan kuchlanish olinib ishlashga faqat ushbu zanjir tarafidan ruxsat etiladi. Kuchlanish ostida turgan zanjirlarni ushlab turuvchi travers uchastkalariga o‘tish taqiqlanadi. 179. Zanjirlari bir-birining ustida joylashgan ko‘p zanjirli HLning o‘chirilgan zanjirida ishlashga faqat ushbu zanjir kuchlanish ostida turgan boshqa zanjirlar ostida joylashgandagina ruxsat etiladi. Tayanchga faqat o‘chirilgan zanjir tarafidan ko‘tarilishga ruxsat beriladi. O‘chirilgan zanjirdagi simlarni almashtirish va qayta tortish taqiqlanadi. 180. 220 kV va undan yuqori kuchlanishli ko‘p zanjirli HL tayanchlarida bir zanjirdan kuchlanish olinib ishlar bajarilganda, yer sathidan 2 — 3 metr balandlikda ustunlarning kuchlanish ostida qolgan zanjirlari tomonidan qizil bayroqchalar o‘rnatilishi shart. Bayroqchalarni ish bajaruvchi, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan brigada a’zosi bilan birgalikda o‘rnatishi kerak. 181. Tayanchda, izolatsiyalangan bo‘g‘ini bo‘lmagan teleskopik minorada yoki odamlarni ko‘tarish uchun mo‘ljallangan boshqa mexanizmlarda turib ishlar bajarilganda, odamdan yoki u ishlatayotgan asboblar va moslamadan kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan HL, radiotranslatsiya, telemexanika simlarigacha bo‘lgan masofa 0,6 metrdan kam bo‘lmasligi shart. Agar ishlash paytida ko‘rsatilgan simlargacha ushbu masofani saqlashning imkoni bo‘lmay, oraliqdagi masofa kamayishi xavfi tug‘ilsa, ular tarmoqdan o‘chiriladi va ish joyida yerga ulanadi. 182. Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori HL bilan birga tayanchlarda tortilgan kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan HL simlarini almashtirish va qayta tortish ishlari faqat kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori barcha HL o‘chirilib, simlar ish joyida yoki ish uchastkasining ikki tomonida yerga ulanganidan so‘ng bajarilishi mumkin. 183. Tros va simlarni bir tarafga qarab tortishga mo‘ljallanmagan tayanchlarda shunday vaqtincha tortish zarur bo‘lsa, tayanchlarning qulab tushishining oldini olish uchun ular mahkamlanishi shart. 184. Tayanchlarning detallari almashtirilayotganda, uning siljishi yoki qulab tushishi ehtimoli istisno etilgan bo‘lishi zarur. 185. P va AP turidagi tayanchlarning bittalik yoki ikkitalik qo‘shimcha tirgaklarini almashtirishda, baravariga tayanchning ikkala oyog‘i ostini kavlab olish taqiqlanadi. Tirgaklarni o‘rnatishni tayanchning bir oyoqlisidan boshlash zarur va faqat undagi tirgaklar almashtirilib, bandaj bilan mahkamlanganidan hamda yerdagi tuproq zichlanganidan keyin tayanchning boshqa oyog‘idagi tirgaklarni almashtirishga kirishish mumkin. Ikkitasi birlashtirilgan tirgaklarni navbatma-navbat almashtirish kerak. Tirgaklarni chiqarib olish yoki uni tushirish vaqtida handaqda turish man etiladi. 186. Tayanchlarni qulatish va o‘rnatish uslublari, og‘ishining oldini olish uchun ularni mahkamlash zarurati va usullari javobgar rahbar tomonidan, u tayinlanmagan holda esa, naryad beruvchi shaxs tomonidan belgilanadi. 187. Mexanik jihatdan mustahkamligi (yog‘ochning chirishi, betondagi darzlar va boshqalar) shubha tug‘diradigan tayanchlardagi tros va tortqilarni mahkamlash zarurati paydo bo‘lganda, ushbu ishlar bevosita tayanchga ko‘tarilish talab etilmagan holda, tayanch yoniga barpo etilgan maxsus mahkamlovchi qurilmalardan yoki odamlarni ko‘tarish uchun mo‘ljallangan boshqa mexanizm, yoki teleskopik minoradan foydalanib bajarish zarur. Ko‘tarilgan tayanchdagi tros va tortqilarni faqat tayanch yerga yoki poydevorga mahkamlangandan keyin echish mumkin. 188. Agar ilgakli tortqilar qo‘llanilgan bo‘lsa, ular himoya qulflari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 189. Izolyatorlar shodalarida ishlaganda, quyidagi hollarda ular bo‘ylab harakatlanishga ruxsat etiladi: bir zanjirli, shuningdek, ikki va undan ko‘p zanjirli ko‘tarib turuvchi shodalar bo‘ylab; ikki va undan ko‘p zanjirdan tashkil topgan tortib turuvchi shodalar bo‘ylab. Bir zanjirli tortib turuvchi shodalarda maxsus moslamalardan foydalanib, ular bo‘lmagan taqdirda esa, shodalar ustiga yotib va tana holatini o‘rnashtirish uchun oyoqlarni traversga ilashtirgan holda ishlashga ruxsat etiladi. 190. Ushlab turuvchi shodada ishlagan paytda himoya kamarining stropi traversga mahkamlanishi kerak. Agar osma uzunligi yetarli bo‘lmasa, belga mahkamlangan ikkita xavfsizlik arqonidan foydalanish zarur. Bu holda bitta arqon traversga bog‘lanadi, ikkinchisi esa oldindan traversning orqasidan o‘tkazilib brigada a’zolaridan biri xavfsizlikni ta’minlash uchun zaruratga qarab uni asta-sekin tortib yoki bo‘shatib turadi. 191. Tortib turuvchi shodada ishlaganda, himoya kamarining osmasi traversga yoki ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallangan moslamaga mahkamlanishi zarur. 192. Ushlab turuvchi va tortib turuvchi ikki va undan ko‘p zanjirli shodalarda himoya kamarining stropini ish bajarilmayotgan zanjirning biriga mahkamlashga ruxsat etiladi. Strop osmasini ish bajarilayotgan shodaga mahkamlash taqiqlanadi. 193. Shodalarni bir-biridan ajralib ketishiga olib boruvchi nosozliklar aniqlanganda, ish to‘xtatilishi shart. 194. Simlarni, troslarni, izolyatorlarni traversga ko‘tarayotgan yoki tushirayotgan vaqtda yuk ko‘tarayotgan traversda yoki tayanchning bu traversi ostidagi qismida turish man etiladi. Yuk ko‘tarish sxemasini tanlash va ko‘taruvchi bloklarni joylashtirish shunday hisoblanishi kerakki, unda tayanchga shikast yetkaziladigan kuch paydo bo‘lmasligi lozim. 195. Tayanchni bo‘yash paytida izolyator va simlarga bo‘yoq tegib ketmasligining oldini olish choralarini ko‘rish (masalan, taglik qo‘llash) zarur. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling