Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


Kesib o‘tish oraliqlarida, ilashgan kuchlanish zonasida, 35 kV va undan yuqori kuchlanishli ko‘p zanjirli HLda


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/76
Sana22.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1041282
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
Bog'liq
PTE kitobi

Kesib o‘tish oraliqlarida, ilashgan kuchlanish zonasida, 35 kV va undan yuqori kuchlanishli ko‘p zanjirli HLda
bir zanjiri o‘chirilganda, simlarni hamda trosslarni montaj qilish va almashtirish
205. Sim va trosslarni montaj qilish va almashtirish paytida siltamasdan, yoyish va osish zarur. Arqon
shunday yo‘naltirilishi kerakki, unda osilayotgan sim siltangan yoki uzilib ketgan taqdirda, kuchlanish ostida
turgan simga yaqinlashmasligi yoki unga ilashib qolmasligi kerak. Zarur bo‘lganda, odatda ip-gazlamadan yoki
kaprondan yasalgan maxsus tortqichlar qo‘llaniladi. Arqonlar iloji boricha kalta bo‘lishi va tarang tortilib turishi,
ularning uchlari osilib qolishiga yo‘l qo‘yilmaslik kerak. Metalldan yasalgan yo‘g‘on arqonlar yoki chig‘irlar yerga
ulanadi.
206. Simlarni (trosslarni) yoyishdan oldin har bir barabandagi sim yerga ulanishi kerak. Agar simlar (trosslar)
yoyish aravachasidan yozilsa, simning (trossning) qo‘zg‘almas uchi yerga ulanishi kerak.
Bir joyda turgan barabandagi simni (trossni) yoyishda, yerga ulash uchun uning uchi baraban vtulkasiga,
barabanning vali esa barabanga yaqin turgan tayanchga yoki yerga ulagichga ulanishi zarur.
207. Montaj ishlarini boshlashdan oldin (xom chiziq tortish, sim tortish, simni rolikdan qisqichlarga
o‘tkazish), yozilgan sim (tross) ikki joyda: boshlang‘ich anker tayanchining tortuvchi qisqichi yaqinida va sim
tortilayotgan oxirgi tayanchda yerga ulanishi kerak.
Bundan tashqari, sim (tross) va ish olib borilayotgan joydagi har bir oraliq tayanch ham yerga ulanishi zarur.
208. Metalldan yasalgan osma roliklarda yoki qisqichlardagi simlar uchun roliklarning (qisqichlarning)
gardishini yerga ulash yetarlidir. Rolikning (qisqichning) metall gardishi bilan metalli yoki armaturali temir-beton
tayanch o‘rtasidagi tabiiy metalli kontakt mavjud bo‘lsa, metalldan yasalgan rolikni (qisqichni) yerga ulash uchun
qo‘shimcha tadbir talab qilinmaydi.
209. Kuchlanish ostida turgan HL bilan kesishgan oraliqlarda osilayotgan sim kesishgan liniyaning (tross)
ikkala tarafidan yerga ulanishi lozim.
210. Odamlarni ko‘tarishga mo‘ljallangan mexanizmdan yoki izolatsiyalovchi bo‘g‘ini bo‘lmagan teleskopik
minoradan, shuningdek, tayanchda turib simlarda bajariladigan va tayanchdan batamom yerga qadar
tushirilgan simlardagi ishlar mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 
50
va 
51-bandlariga 
muvofiq bajarilishi kerak.
211. Ankyerlar oralig‘idagi simlarni osish ishlari tamomlangandan so‘ng simlar boshlang‘ich anker
tayanchida yoki biron-bir oraliq tayanchda yerga ulanishi kerak. Keyingi anker oralig‘ida ishlayotgan odamlarning
tayyor bo‘lgan oldingi anker oralig‘idagi sim orqali yashin razryadidan jarohatlanmasliklari uchun simni oxirgi
anker tayanchida yerga ulash taqiqlanadi.
212. Anker tayanchida shleyflarni ulash faqat bu tayanchga tegishli bo‘lgan yonma-yon ankyerlar
oralig‘idagi montaj ishlari tamomlangandan so‘ng amalga oshiriladi.
110 kV va undan yuqori kuchlanishli HL shleyflari ulanishiga qadar simga yoki tortib turuvchi shodalarga
traversadan hisoblanganda to‘rtinchi izolyatorgacha, 35 kV va undan kam kuchlanishga ega bo‘lgan HLda faqat
simga mahkamlab qo‘yilishi zarur.
213. Ishlar tugatilgan HL uchastkalarida anker tayanchlardagi shleyflar ulab bo‘lingandan keyin sim
boshlang‘ich anker tayanchida va oxiriga yaqin bo‘lgan tayanchlardan birida yerga ulanishi kerak. Oxirgi anker
tayanchida ushbu simlarni yerga ulash man etiladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling