Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Download 230.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana09.03.2023
Hajmi230.44 Kb.
#1254993
1   2   3   4
Bog'liq
Fanni o‘qitishda xalqaro tadqiqotlar doirasida o‘quvchilarning kreativ fikrlash qobilyatini rivojlantirish..teks

YOZMA IFODALASH
Yozma ish ham maktab kontekstida, ham uning tashqarisida kreativ ifodalashning 
tabiiy vositasidir. Yozuvchilik bolalarning aqliy va muomala koʻnikmalarini 
takomillashtirishda muhim oʻrin tutadi. Ravon yozuvchilik mantiqiy izchillikni talab 
etadi. Ijodkor yozuvchi insonlarni uning xayolotini anglashga va unga ishonishga 
chaqiradi. Bu esa yozuvchi detal va izchillikka urgʻu berishini taqozo etadi. Masalan, 
hatto jinlar va oʻzga sayyoraliklar haqidagi xayolotga asoslangan hikoyalarda ham ichki 
mantiqiylik boʻlishi, muallif yaratgan dunyo ichida maʼno boʻlishi kerak. Yozuvchilik 
bilan shugʻullanayotgan insonlar yozuvchilik mahorati va jarayoni borasida tafakkur 


qiladilar, oʻz ishidan kutilgan natijalarni aniqlab oladilar va boshqalarning matniga ijodiy 
munosabat bildiradilar. Ushbu qadamlar oʻquvchi uchun intellektual va emotsiyonal rivoj 
lanishning yangi qirralarini ochishi, oʻzlarini va atrof-muhitni yax shiroq anglashga 
yordam berishi mumkin. Ustiga-ustak, ijodiy yozuvchilik faqat adabiyot janri bilan 
kifoyalanib qolishi shart emas, hujjatli nasr ham ijodiy boʻlishi mumkin. Kognitiv testda, 
o‗quvchilar oʻz xayolotini yozma ravishda ifodalay olish qobiliyatini namoyon qilishi 
kerak. Bunda ular yozma muomalani turli auditoriya uchun tushunarli va oʻziga xosligini 
namoyon qiladigan tarzda qoida va tartiblarga amal qilishi lozim. Yozma ifodalash sohasi 
uchun bir qator test shakllari ishlab chiqilgan. Oʻquvchilarga beriladigan vazifalarda: 
ochiq va xayoliy yozma ish (buni tekshiruvchilar inson boʻlgani bois, hajm cheklovi 
mavjud); sarlavhasini tanlash kerak boʻlgan rasm kabi turli yozma formatlarga gʻoya 
berish; boshqalarning (testda taqdim etiladigan) yozma ishini ijodiy takomillashtirish 
talab etiladi.
VIZUAL IFODALASH
Vizual ifodalash domenida, oʻquvchilar turli koʻrgazmali material va jarayonlar 
orqali oʻz gʻoya va kechinmalarini ifodalaydilar (Irish National Teacher Association . 
Vizual ifodani tayyorlash oʻquvchilarga ham ochiq, ham yashirin mazmunga ega 
rasmlarni tahlil sonlar yozuvchilik mahorati va jarayoni borasida tafakkur qiladilar, oʻz 
ishidan kutilgan natijalarni aniqlab oladilar va boshqalarning matniga ijodiy munosabat 
bildiradilar . Ushbu qadamlar oʻquvchi uchun intellektual va emotsiyonal rivoj lanishning 
yangi qirralarini ochishi, oʻzlarini va atrof-muhitni yax shiroq. Bu turdagi yozma kreativ 
ifoda oʻquvchilarga butun hayo tida kerak boʻladigan samarali muomala 
(kommunikatsiya)ning tamal qoidalarini anglash va oʻzlashtirish imkonini beradi. 
Maʼlumot, kommunikatsiya va dizayn qanday ishlashini yaxshiroq anglashga yordam 
beradi. Kreativ vizual ifodalashning soʻnggi yillarda ahamiyati oshmoqda: raqamli rasm 
va dizayn dasturlarining koʻ payib ketishi natijasida, bir kuni deyarli barcha insonlar yo 
oʻzlariga, yoxud atrofdagilarga taʼsir qiladigan vizual kommunikatsiya bilan 
shugʻullanadiar (masalan, ishga kirish uchun yuborayotgan rezyumening vizual koʻr 
kamligining ahamiyati haqida oʻylab koʻring). Vizual ifodalash domeni uchun tuzilgan 
test savollari oʻquvchilardan quyidagilarni talab etadi: dijital chizish vositasi orqali ochiq 
turdagi vizual dizayn vazifasini bajarish; taklif etilgan ssenariy asosida vizual dizayn 
gʻoyasini berish (masalan, muayyan detalni qoʻshish haqida va hokazo); vazifada 
keltirilgan koʻrgazma shaklini takomillashtirish gʻoyasini berish.

Download 230.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling