Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


IJTIMOIY MUAMMONI HAL QILISH


Download 230.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana09.03.2023
Hajmi230.44 Kb.
#1254993
1   2   3   4
Bog'liq
Fanni o‘qitishda xalqaro tadqiqotlar doirasida o‘quvchilarning kreativ fikrlash qobilyatini rivojlantirish..teks

IJTIMOIY MUAMMONI HAL QILISH
Kundalik hayotda oʻquvchilar turli oʻzaro munosabatlaridagi va jamiyatdagi 
muammolarni yechishda kreativ fikrlashdan foydalanadilar. Ushbu kontekstda kreativ 
fikrlash muammoning nafaqat texnik jihatini, balki ijtimoiy jihatini, yaʼni boshqalarning 
ehtiyoj va nuqtayi nazarini hisobga olgan holda, shaxslararo, jamiyatdagi va dunyodagi 
global muammolarni yechishdan iborat. Ushbu domendagi kreativ fikrlash oʻquvchining 


boshqalarga hamdard boʻlish hamda muayyan guruh ehtiyojlarini anglash, bogʻliqliklarni 
aniqlash va emotsional qiymatga ega gʻoyalarni berish hamda innovatsion, lekin ayni 
damda tatbiq etilishi mumkin boʻlgan yechimlarni taklif etish qobiliyatiga bogʻliqdir. 
Ijtimoiy muammoni hal qilish domenidagi test savollar oʻquvchidan quyidagi vazifalarni 
bajarishni talab etadi: yakka tartibda yoki ehtimoliy guruh ssenariysida ijimoiy 
ahamiyatga ega ochiq muammoni yechish vazifasini bajarish; berilgan ssenariy asosida 
ijtimoiy muammolarga yechim topish; tayyor yechimni yanada takomillashtirish.
ILMIY MUAMMONI HAL QILISH
Ilm-fanda kreativ fikrlash turlicha aks etishi mumkin: ilmning ilgʻorlashishiga 
hissa qoʻshadigan yangi gʻoyalarni taklif etish; taxminlarni isbotlash uchun 
eksperimentlarni shakllantirish; amaliy manfaat boʻlgan muayyan sohalarga tatbiq 
etiladigan ilmiy gʻoya yoki ixtirolarni ishlab chiqish yoki ilmiy-muhandislik faoliyatini 
yangicha rejalashtirish. O‗quvchilar kreativ fikrlashni ilmiy tadqiqot mobaynida 
materiallar bilan istagancha sinab ko‗rish, oʻrganish va tahlil etish orqali namoyon 
qilishlari mumkin. Ilm-fanda kreativ fikrlash ilmiy tadqiqot malakasiga juda yaqin, lekin 
ushbu testning bir qator xususiyatlari uni matematika va ilm-fan sohasidagi testlardan 
butkul ajratib turadi. Birinchidan, ushbu test avval oʻrgatilgan bilimni qoʻllashga emas, 
yangi gʻoyalarni yaratishga urgʻu beradi. Ikkinchidan, oʻquvchining yondashuv va 
yechimlarining oʻziga xosligi baholanadi (agar javoblar yaroqli deb topilsa). Uchinchi 
farq yagona mukammal yechimi boʻlmagan ochiq savollardan foydalanishdan iborat. 
Nihoyat, ushbu test oʻquvchining ilmiy kontekstda kreativ fikrlash jarayonlariga – yaʼni 
―toʻgʻri‖ yoki ―eng maʼqul‖ yechimni topish qobiliyatiga emas, ochiq muammolar 
yechimiga ay tarzda yondashishiga e‘tiborni qaratadi. Ilmiy muammoni hal qilish 
domenidagi test savollar turli ilmiy kontekstdagi kreativ fikrlashning farqli jihatlarini 
qamrab oladi. Umuman olganda, oʻquvchilardan quyidagilar soʻraladi: ilmiy kontekstda 
ochiq shakldagi muammoni yechish; taqdim etilgan ssenariyga asoslangan holda, ilmiy 
mohiyatga ega muammolarga yechim yoki gipoteza (farazlar, taxminlar) gʻoyasini 
berish; avvaldan berilgan tayyor yechimni yanada takomillashtirish haqida taklif berish. 
Ehtimoliy vazifalarda ilmiy fenomen borasida kuzatuvlar taqdim etilib, oʻquvchidan 
farqli tadqiqot predmeti yoki muammoni ifodalab berish uchun gipoteza soʻralishi; 
laboratoriya muhitida turli jihozlar orqali biror narsani kashf etish ham soʻralishi 
mumkin. Ko‗proq matematik yo‗nalishga ega bo‗lgan topshiriqlar guruhi o‗quvchilardan 
ma‘lumotlar yoki geometrik shakllarning berilgan xususiyatlarini namoyish qilish uchun 
turli usullarni ishlab chiqishlarini talab qilishi yoki ma‘lumotlarning berilgan to‗plamidan 
iloji boricha ko‗proq xulosa chiqarishlarini so‗rashi mumkin. Shuningdek, ushbu 
topshiriqlar guruhida innovativ yechimni talab etadigan ochiq muhandislik muammo 
yoki takomillashtirilishi lozim boʻlgan tizim ham taqdim etilishi mumkin. Interaktiv 
simulatsiya va oʻyinlar ilmiy muammoni hal qilishdagi kreativ fikrlashni baholashda 
ayniqsa qoʻl keladi, chunki bunday muhitda oʻquvchiga uning tanlovi va harakatlari 


borasida darhol aks bog‗lanish yuz beradi; oʻquvchilar ushbu aks bog‗lanishga qanday 
munosabat bildirishini kuzatish ilmiy innovatsiyaning ajralmas qismi boʻlgan 
magʻlubiyat va kashfiyot bilan oʻquvchilarning munosabati borasida munosib maʼlumot 
beradi. Mazmun sohasiga tayyorgarlikning muhimligi bu – shubhasiz shu sohada 
tasavvur qilish mumkin bo‗lgan aksar topshiriqlarni yechishda muqarrar paydo 
bo‗ladigan muammodir. Validliksiz originallik qiymatga ega emas, validlik esa, o‗z 
navbatida, hech bo‗lmaganda, asosiy bilimlarning ba‘zi darajalarini yoki asosiy ilmiy 
tamoyillarni anglashni taqozo etadi. 

Download 230.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling