Istiqlol davri she'riyatining yetakchi tamoyillarini o‘qitish


bu yangilanish jarayonida, milliy g‘oya va Vatanga muhabbatning badiiy talqini haqida fikr yuritiladi


Download 35.85 Kb.
bet2/4
Sana02.04.2023
Hajmi35.85 Kb.
#1319848
1   2   3   4
Bog'liq
2-ma\'ruza.Istiqlol davri o`zbek

bu yangilanish jarayonida, milliy g‘oya va Vatanga muhabbatning badiiy talqini haqida fikr yuritiladi.
Badiy ong va dunyoqarash milliy o‘yga xos hususiyatlari balan ajlarib turadi. Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, yurt tinchligi, fikr ongni ezgu maqsad sari yo‘nalishda milliy g‘oya va milliy mafkuraning roli katta. Uni odamlar ongi va qalbiga singdirishga bir qancha omillar qatori adabiyot alohida rol o‘ynaydi. Adabiyotda bo‘lgani kabi milliy g‘oya va milliy mafkura ham plyuralizm tamoyiliga ega bo‘lsagina kelajagi porloq bo‘ladi va abadiy yashaydi. Lekin Sovet davrida adabiyotning ham, milliy g‘oya va mafkuraning bunday tamoyili cheklangan edi. Bunday xarakterdagi fikrlar qoralanardi.
Istiqlol tufayli bunday cheklanishga barham berildi. Adabiyot ham o‘z o‘aniga tushdi. Mustaqilik davri adabiyoti zamirida xalq ma’naviyatini o‘stirishga, estetikasiga ta’sir etadigan, ma’naviy ozuqa bera oladigan g‘oyalar yotadi. Bugungi lirikamiz ham shu hususiyati bilan aloxida o‘rin tutadi. Bu, eng avvalo, xalqning Xurlik, erkinlik, Ozodlik, Mustaqillikdan iborat asriy orzusi ro‘yobga chiqishining bevosita badiiy adabiyotda aks etishidir.
Istiqlolga erishilgandan so‘ng bir necha kun o‘tishi bilanoq Tilak Jo‘ra, Azim Suyun, Abdusaid Ko‘chimov, To‘ra Mirzo, Muhtarama Ulug‘, Mukarrama Murod qizi, Qutlibeka, Sa’dulla Hakim, Sharifa Salimova, Abduvali Qutbiddindan iborat mualliflar tomonidan “Mustaqillik qasidasi” yaratildi va e’lon qilindi. U quyidagicha talqin qilinadi:
Mustaqillik! Qutlayman seni,
Bor san’atim, bayotim bilan.
Mustaqillik, asrayman seni,
Kerak bo‘lsa hayotim bilan!-

Milliylik bilan yo‘g‘rilgan she’rlar- yurtga, xalqqa, vatanga, odamlarga nisbatan kishi qalbida katta mexr uyg‘otadi. Bu borada Abdulla Oripov, Oydin Hojiyeva, Halima Hudoyberdieva, Qutlibeka, Muhammad Yusuf, Iqbol Mirzo, Shavkat Rahmon kabi shoirlar ajralib turadi.


Zaranglarda to‘rg‘ayga,
Aylangan chanqovuzim.
Ko‘ksida kiyik uxlar,
Qishloqdagi hovuzim.3
Deb yozadi Oydin Hojieva “Tavallud taronasi” turkumiga kirgan she’rida. Ushbu she’rda sof milliylik bilan sug‘orilgan tashbehlardan kishining ko‘ngli yayrab ketadi. Chanqovuz, bizga ma’lumki, sof milliy cholg‘u asbobi. Nihoyatda yoqimli, chiroyli kuy taratadi. Kiyik esa, hurkak, ziyrak, chiroyli va pokiza hayvon hisoblanadi. Shunday fazilatga ega bo‘lgan kiyik qishloq xovuzining ko‘ksida uxlaydi. Bu yerda ko‘chma ma’noda u qishloq ayollarinig ramzi. Demak, qishloq ayollari kiyikdek pokiza, hurkak, ziyrak, va go‘al. Pokizaligi alohida ta’kidlanadi. Xovuz toza tutilmasa o‘z jozibasi, tarovatini, keraklik hisusiyatini yo‘qotadi. Shundan ayollarni ularga qiyos qilinganda, katta falsafiy ma’no kelib chiqadi.
Abdulla Oripovning “Temur” she’ri haqiqatdan-da she’rning har bir satri naqshlangan. Amir Temurning jasorati, vatanparvarligi, erksevarligini o‘qigan kitobhonning qalbida o‘z ajdodidan g‘ururlanish tuyg‘usi yuzaga keladi
Jahonni mo‘g‘illar iskanjasidan,4
Qutqarib qololgan barlosiy botir.
Qocholmay taqdirning taqozosidan,
Fotif deb nom olmish o‘zi ham axir.
Qutlibeka Rahimboeva she’rlari o‘iga hos, o‘gani takrorlamasligi bilan ajralib turadi. U erk, ozodlik, hurriyat so‘zlarini yaxshi ko‘radi.

Erkning jon suvidan hovuchlab olib,


Har bitta o‘bekka sepgim keladi.
O‘bekligim uchun o‘zgalar qolib,
Hatto o‘zimni ham o‘pgim keladi.5
Bu ijodida naqadar samimilik, o‘z millatidan g‘ururlanish va hech kim aytmagan fikrni aytishlikdir. Buni o‘qigan kishining qalbi yayrab ketadi. Chunki hech kim Qutlibekaday o‘z millatini bu qadar yuksaklikka ko‘tarmagan bu madhiya emas, haqiqatni e’tirof etish.

Download 35.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling