Italiyada fashizmning paydo bo'lishi va B. Mussolining hokimiyat tepasiga kelishi
Jahon iqtisodiy inqirozi yillarida Italiya
Download 55.66 Kb.
|
Yillarda italiya
3. Jahon iqtisodiy inqirozi yillarida Italiya
1929 yilda Italiya iqtisodiy inqirozga duchor bo‘ldi. Inqiroz yillarida sanoat mahsuloti 33%, tashqi savdo 3 marta qisqardi, mehnatkashlarning turmush darajasi yanada pasayib ketdi. Ish haqi keskin suratda kamaydi. Ishsizlar soni 200 ming kishidan 1 mln. kishiga yetdi. Soliqlar ko‘paydi. Ko‘p minglab mayda va o‘rta korxona egalari, hunarmandlar xonavayron bo‘ldi. Yirik sanoat kompaniyalarining tayanchi hisoblangan uchta eng yirik bank kasodga uchradi. Davlat birinchi navbatda kasodga uchragan uchta eng yirik bankni qutqarish choralarini ko‘rdi. 1933 yil boshida Italiyada davlat moliya idorasi - Sanoatni qayta qurish instituti tuzilib, u kasodga uchragan banklarning qimmatbaho qog’ozlarini davlat hisobiga sotib oldi. Bu harakat natijasida Sanoatni qayta qurish instituti banklar ustidan, ular orqali esa metallurgiya va mashinasozlik korxonalarining aksar qismi, kemasozlik va deyarli butun harbiy sanoat ustidan nazorat o‘rnatdi. Burjuaziya pozitsiyasini butunlay moliya kapitaliga bo‘ysundirish maqsadida 1933-1934 yillarda mamlakatda «Korporativ sistema» tuzildi. Xalq xo‘jaligining hamma sohalarini qamrab oladigan 22 ta korporatsiya tuzuldi. Korporatsiyalar tarkibiga fashistik kasaba soyuzlari (sindikatlar)dan ham vakillar kiritildi. Fashistik matbuot, korparativ tuzum sharoitida go‘yo mehnat bilan kapital o‘rtasida nizolar sinfiy hamkorlik asosida hal qilinmoqda deb, ishchilar ishlab chiqarishni va davlatni boshqarishda ishtirok etmoqdalar deb jar soldi. Korparatsiyalar Mussolini boshchiligidagi maxsus korparatsiyalar ministrligiga bo‘ysuntirildi. Korparatsiya sistemasi parlamentchilik qoldiqlarini tugatib rahbarlik rolini o‘ynadi. Italiya fashizmi o‘ttizinchi yillarda mamlakat hayotining barcha tomonlarini o‘ziga bo‘ysundirib, totalitar diktaturani o‘rnatdi. Demokratiyaning barcha, hatto rasmiy belgilari, shu jumladan, parlament ham tugatildi. Parlamentning saylanuvchi palatasi o‘rniga fashi di kombattimento va korparatsiyalar palatasi tuzilib, unga tayinlanuvchi «deputatlar» kirdilar. Fashistlar partiyasi esa davlat tizimiga to‘liq qo‘shildi. Partiya nizomiga ko‘ra u duche Mussolini buyruqlariga bo‘ysunib, davlat xizmatini bajaruvchi «fuqarolar militsiyasi» (lotincha «miliciaqo‘shin»)ga aylandi. Ommaviy axborot vositalari fashizmga xizmatga o‘tib, fashist senzurachilari tomonidan qattiq nazorat qilindilar. Dorilfununlarda professorlar duchega (Duche - (italyancha duce-dohiy)- Italiyadagi fashistlar diktatori B.Mussolinining unvoni.) sodiqlikka qasamyod qildilar. Ommaviy tashkilotlar tizimi, fashistik matbuot va maktab orqali, sershovqin targ’ibot kompaniyalari yordamida fashist g’oyalari ommaga singdirildi. Biroq, fashizm italiyaliklarning ongini zaharlay yoki unga chuqur singa olmadi. Fashizm Italiya millati ongiga, uning diniy va demokratik an‘analariga tamomila zid edi. Demokratik kuchlarning vakillari yashirin sharoitda fashistlarga qarshi kurashni davom ettirdilar. Fashistlarning tashkilotlariga joylashib, ularga qarshi faol qo‘poruvchilik ishlarini olib bordilar, yoshlar orasida fashizmga qarshi kayfiyatlarning uyg’onishiga sabab bo‘ldilar. Fashizmga qarshi kurashda katolik cherkovining qator vakillari ham munosib hissa qo‘shdilar. Korparatsiya sistemasi parlamentchilik qoldiqlarini tugatish va militarizmni kuchaytirishga imkon berdi. Turli fashistik tashkilotlar ko‘paytirildi va ularning a‘zolari soni 12 mln. kishiga yetdi. Download 55.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling