Italiyaning qadimgi aholisi va tabiati. Apenin yarim oroli va uning aholisi Qadimgi Italiya yunoncha «buzoqlar mamlakati»


Download 50.5 Kb.
bet1/5
Sana09.02.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1182127
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Qadimgi Rim tarixiga kirish


Qadimgi Rim tarixiga kirish


Reja:
1.Italiyaning qadimgi aholisi va tabiati.
2. Qadimgi Rim tarixi manbalari
3.Rim tarixini davrlashtirish
Italiyaning qadimgi aholisi va tabiati.
Apenin yarim oroli va uning aholisi Qadimgi Italiya (yunoncha «buzoqlar mamlakati») deb dastlab o‘zining sero‘t yaylov-o‘tloqlari bilan ma’lum boigan Apenin yarim oroli janubi aytilgan. Apenin yarim oroli O’rta yer dengizi dunyosining eng markazida joylashgan bo‘lib, qadimda qulay geografik va iqlim shart-sharoitlariga ega edi. Italiyani sharqdan, janub va g‘arbdan Ligur, Tirren, Ioniya va Adriatika dengizlar o‘rab, uni O’rtayer dengizining barcha mamlakatlari bilan bog'lagan edi. Er avI ming yillikda Italiyaning shimoliy hududlari mo‘tadil iqlim zonasida bo‘lib, Apenin yarim orolning qolgan hududlari iqlimi iliq va yumshoq edi. Shimolda uning tabiiy chegaralari Alp tog‘lari, janubda Messin qo‘ltig‘i uni Sitsiliyadan ajratib turar edi. Italiyaning g‘arbiy qirg‘og‘i qulay buxtalarga boy bo‘lib, dengizchilik va savdoni rivojlanishiga turtki berdi.
Italiyaning ko‘pgina qismini tog‘lar egallaydi, faqatgina 20% hududi tekisliklardan iborat. Etruriya, Kampaniya va Apuliyaning unumdor yerlari Latsiya tekisligi va Po vodiysi dehqonchilik uchun qulay bo‘lganligi uchun bu yerda tariq, bug‘doy, polba ekilgan, bog‘dorchilik zaytun daraxtlari va uzumchilik bilan shug‘ullanganlar. Qadimgi Italiya suv va o‘rmonlaiga boy edi. Qadimda foydali qazilmalar ko‘p emas edi: temir, mis, qo‘rg‘oshin, oltin, kumush, qurilish toshi, marmar, loy, tuz.
Qadimgi Italiyani 3 qismga bo'lish qabul qilingan: Shimoliy (Liguriya, Alp orti galliyasi va Venetsiya), o‘rta (Etruriya, Latsiya. Kampaniya, Umbriya, Pitsen va Samniy) va janubiy (Apuliya, Kalabriya, Lukaniya va Bruttiya).
Apenin tog‘lari janubiy sharqqa cho‘zilib borib Arelin tumanida Adriatik dengizigacha yetib boradi, yarim orolning shimoliy qismi markaziy va janubiy qismidan ajratib turadi. Uning shimoliy iqlimi 0‘rta Yevropa iqlimiga yaqinroq. Yarim orolning bu qismi juda hosildor bo’lib keyinchalik Italiya deb atala boshlandi. Dastlab bu nom yunonlar Italiya deb atagan aholi yashagan Kalabriyaning janubiy tumanlariga nisbatan aytilgan. Er. av. V asrda Po vodiysiga gallar ko‘chib kelib, u yerdan etrusklarni siqib chiqardilar. Shu sababli bu oika Rimda Tsizlal’p galliyasi deb nom oldi. U sispadan Galliyasi Poning o‘ng qirg‘og‘i va tarnspadan Galliyasi (daryodan shimol tomondagi viloyat) ni o‘z ichiga oladi. Italiyani o‘zi Apenin janubidan boshlanadi. Markaziy Italiyani G'arbiy qismi madaniyat tarixida o‘z yer tuzilishiga ko‘ra muhim rol o‘ynadi. Bu yerda etrusk (hozirgi Florensiya), latin markazi Rim, Kampaniya (Kapuya va Neapol bilan) kabi uch tekislik tashkil etadi. Bu yerdan kemachilik uchun qirg‘oqlari qulay tabiiy portlari bo'lgan Tibr daryosi oqib o‘tadi.
Latin tekisligining markazida Tibr daryosi va shimoliy sharqdan sabin, sharqdan Alban, janubdan Vol’sk tog'lari bilan o‘rab turishi yarim orol tarixida latin xalqlarini yuksalishiga sabab bo‘ladi. Italiyani sharqiy qismi tog‘lik bo‘lib, janubga tomon mars, piligin, marrusen, vistenlar vatani yowoyi sabin tog‘lari cho'zilib ketadi. Undan so‘ng Samnit tepaliklariga yetadi.
Janubiy Italiyaning g'arbiy qismida samnitlarga qarindosh togii qabilalar joylashgan tog‘lik Lukaniya va Bruttiya yotadi. Sharqiy qismida suvsiz Apuliya va Kalabriya viloyatlari bo‘lib bu yerda Tarent qo‘ltig‘i orqali Yunonistondan kolonistlar kelgan. Bu yerda Tarent, Regey, Kroton, Metapont, Posidoniya, Eleya kabi ko‘p sonli yunon koloniyalari barpo etilib, buyuk Yunoniston deb atalgan1.
Qadimgi Rim tarixida Sitsiliya oroli madaniyati muhim o‘rin tutadi. Orolni sharqiy va janubiy hududlarini yunonlar egalladilar. Bu yerga ilgariroq fmikiyaliklar kelib, Panorm (hozirgi Palermo) va Lilibey (hozirgi Marsala) shaharlariga asos soldilar. Qadimdan Italiyada apelsin va limon daraxtlari o'stirilgan. Italiyaga xurmo va anomi karfagenliklar olib keldilar. Yunonistonga qaraganda Italiyada hosildor yerlar ko‘proq. Ayniqsa, Po vodiysi, Kampaniya, viloyati sikurn va falern navli vinolari bilan mashhur edi. Italiyada dehqonchilik uchun juda ko‘p botqoq yerlar quritilib, sun’iy sug‘orish ishlari amalga oshirildi. Bu ishning mohir ustasi etrusklar edi. Mamlakatda metall juda kam bo‘lgani uchun u chetdan olib kelingan. Faqat Etruriyadan mis va qo‘rg‘oshin, El’ba orolida temir qazib olingan. Metallga ishlov berishda etrusklar katta yutuqlarga erishdilar.
Qadimgi Rim tarixini an’anaviy xronologik chegarasi Rim shahrini barpo qilinishi 754—753-yillardan boshlanib, G ‘arbiy Rim imperiyasining qulashi 476-yil bilan tugallanadi. Rim tarixini o‘iganishda turli xil manbalar: Rim va Yunon tarixchilarining asarlari, tabiiy, ilmiy va badiiy adabiyot, huquqiy yodgorliklar, arxeologiya, epigrafika, numizmatika va papirologiya ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Qadimgi Rim tarixi bo‘yicha moddiy manbalar xilma-xil bo‘lib, Italiyaning paleolit va neolit davridan dalolat beradigan tosh qurollar, sopol idishlar, qoyatosh tasvirlari mavjud. Shimoliy va Q‘rta Italiyadajstrusk madaniyatiga tegishli bo‘lgan sog‘onalar, uy- joy ibodatxona qoldiqlari topilgan. Rim shahrining o‘zida oalatin. eskvilin va boshqa tepaliklarda hamda forumda ko‘p sonli qarorlari bodatxona poydevorlari, ona bo'rining jez haykali, davridagi shahar devori qoldiqlari qazib ochilgan. Italiyaning boshqa shaharlarida ko‘p sonli arxeologik yodgorliklar mavjud. Jumladan, eramizning 79-yilida vulqon otilishi natijasida kul ostiga qolib ketgan Pompeva va Gerkulanum shaharlari arxeologlar tomonidan to‘la qazib ochilgan. Bu shaharlardagi ko‘chalar, uylar, ibodatxonalar to‘laligicha saqlanib qolgan va eramizdan avalgi birinchi ming yillikdan eramizning II asrigacha mavjud boigan shahar me’morchiligi to‘g‘risida boy ma’lumotlar beradi.
Moddiy madaniyat yodgorliklarida ba’zida yozuvlar ko‘p bo‘lgan. Qazib ochilgan inshootlardan etrusk, latin, yunon yozuvlari topilgan. Bu yozuvlar bino devorlari, sopol idishlarda va toshlarga bitilgan. Rim tarixi bo‘yicha eng qimmatli manbalardan biri bu yozma adabiyotdir. Er avIll asrdan boshlanib Rim xalqaro siyosatda yetakchi rol o‘ynashi bilan uning tarixi to‘g‘risida boy ma’lumotlar to'plana boshlandi.
Er av II asrda Polibiy kabi yunon yozuvchilarining asarlari Rim tarixini o‘rganishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Rimdagi fuoarolar urushi davri Gay Sallyustiy Krispning tarixiy rrionografiyalarida aks etdi. Rim respublikasini so‘nggi davridagi yirik siyosiy arboblar Sitseron va Sezarning asarlari, ilk imperiya davrida Tit Liviyning Rim tarixi, eramizning I asrida Velley Patirkulning ham shu nomdagi asarlari yaratildi. Liviy tarixida Rimning ichki va tashqi siyosati, diniy hayoti to‘g‘risida boy ma’lumotlar berilgan. Velley Patirkulning ikki jildli asai ida Rim butun dunyo tarixi markazi sifatida tasvirlangan.

Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling