Italiyaning qadimgi aholisi va tabiati. Apenin yarim oroli va uning aholisi Qadimgi Italiya yunoncha «buzoqlar mamlakati»


Download 50.5 Kb.
bet3/5
Sana09.02.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1182127
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qadimgi Rim tarixiga kirish

Rim tarixini davrlashtirish
Rivoyatlaiga ko‘ra Rim shahriga er av 753-yii 21-aprelda asos solingan. «Qadimgi Rim» tushunchasi o‘n ikki asrdan ortiqroq tarixni o‘z ichiga olgan (er av 753-yil 21-apreldan boshlanib, eramizning 476-yil 23-avgustida G‘arbiy Rim imperiyasining halokati bilan tugallandi) davlat jamiyat va sivilizatsiyani o'z ichiga oladi. Boshida uncha katta polis bo‘lmagan Rim er av 265-yilga kelib, butun Italiyani o‘ziga bo‘ysundirdi, er avII asr o‘rtalarida eng qudratli O’rtayer dengizi davlatiga aylandi.
Eramizning I—II asrlariga kelib, O’rtayer dengizi qadimgi sivilizatsiyalarini ulkan madaniy merosini o‘zlashtiigan bepoyon imperiya bo‘ldi. Jahon tarixida antik madaniyatning buyuk yutuqlarini qabul qilgan, o‘zlashtiigan va keyingi avlodlarga yetkazgan davlat va jamiyat sifatida Qadimgi Rimning muhim o‘rni belgilanadi. Qadimgi Rim davlati va jamiyati tarixi uzluksiz taraqqiyot jarayonida bo‘lgan iqtisodiy-siyosiy, madaniy va ijtimoiy voqelikdir.
Rim tarixi uning taraqqiyotini belgilovchi tarixiy jarayonlarga ko‘ra olti daviga bo‘linadi:
Podsho Rimi (er avVIII—VI asrlar). Bu vaqtda urug‘ qabila munosabatlari, tuzilmalari yemiriladi, ilk sinfiy jamiyat paydo bo‘ladi va Rimning bolajak siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida asos bo‘lib xizmat qilgan ilk davlat muassasalari shakllanadi;
Ilk respublika davri (er avV—III asrlar). U Italiyada quldorlik jamiyati va davlatining intensiv taraqqiyoti bilan belgilanadi.
So‘nggi respublika davri (er avII—I asrlar). Bu vaqtda klassik qulchilik shakllanadigan Rim O’rtayer dengizi davlati tashkil topadi.
Ilk imperiya yoki prinsipat (eramizning I—II asrlari). Bu davr Rim imperiyasining oltin davri, O’rtayer dengizi antik sivilizatsiyasining gullab-yashnashi, iqdisodiyot va madaniyatning o'sishi bilan belgilanadi.
Umumiy tushkunlik Rim imperiyasining yemirilish xavfi (eramizning III asri). Bu davrda Rim jamiyatining barcha tuzilmalarida kuchli tushkunlik belgilari yaqqol ko'rinadi va Rim davlatchiligining halokati xavfi tug‘iladi.
So‘nggi Rim imperiyasi yoki Dominat (eramizning IV—V asrlari). Bu davr quldorlik jamiyatining yemirilishi, unin.; bag‘rida feodalizmning ilk belgilarini shakllanishi va g‘aioiy Rim imperiyasini qulashi bilan belgilanadi.

Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling