Italiyaning qadimgi aholisi va tabiati. Apenin yarim oroli va uning aholisi Qadimgi Italiya yunoncha «buzoqlar mamlakati»


Download 50.5 Kb.
bet2/5
Sana09.02.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1182127
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qadimgi Rim tarixiga kirish

Qadimgi Rim tarixi manbalari
Er av I asr so‘ngida Rimda yashagan yunon galikarnaslik Dionisiyning «Rim qadimiyatlari « nomli 20 kitobida Rimning ilk etnik, ijtimoiy-siyosiy, madaniy tarixi batafsil tasvirlanadi. Bu kitoblardan 9 tasi to‘la saqlanib qolgan bo‘lib, er av 442-yilgacha bo‘lgan voqealar bayon qilinadi.
Rim tarixshunosligining eng yirik vakili Tatsit (eramizning I asrining 2-yarmi, I asrning boshlari) asarlarida eramizning I asridagi voqealar va Rim tarixiga oid german qabilalari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar berilgan.
II—III asrlar tarixiga oid asarlar to‘la saqlanmagan. Ularni ichida IV asrda tuzilgan «Avgustlar tarixi yozuvchilari», «imperatorlar taijimai hollari» kabi to‘plamlami ko‘rsatish mumkin. So‘nggi imperiyaning yirik tarixchisi Ammian Martsellin asarlarida tarixiy voqealar eramizning( 378 yiligacha bayon qilingan. Qadimgi Rim tarixi bo'yicha muhim ma’lumotlar yunon mualliflari: Plutarx, Appian(II asr), Dion Kassiy (III asr) asarlarida mavjud.
Bundan tashqari, tarixiy voqealarni borishini tiklash uchun Askoniy Pidian (eramizning I asri), Lutsiy Anney Flor (II asr) Evtropiy (IV asr) kabi imperiya davri yozuvchilarining yirik asarlari, har xil kompendiyalar, yozuvchilarning yirik asarlari, xronografiyalar va obzorlami ko'rsatish mumkin.
Rim shahrining arxeologik yodgorliklari alohida ahamiyatga ega. Bu yerdan topilgan qabrlar, uy-joylar, jamoat binolari, mudofaa devorlari, Rim forumi, suv quvurlari muhim arxeologik manba bo'lib xizmat qildi. Italiyalik arxeologlar hozirgi kungacha bu yodgorliklarni tarixiy-madaniy jihatdan to‘la tadqiq qilib, Rim tarixini qayta tiklashda ilmiy jihatdan qimmatli bo'Igan 100 ga yaqin tadqiqotlarni e’lon qildilar.
Rimning etrusklar davri, respublika imperiya davrlari, diniy hayoti bo‘yicha qimmatli ma’lumotlar qadimgi kohinlar kollegiya jadvallari, qabrtosh yozuvlari, nasroniy dini kitoblari, nasroniy tarixchilarning asarlari orqali bilib olish mumkin.
Rim davlatiga oid davlat aktlari, senat qarorlari va sud hujjatlari Rim kalendari kabi tarixiy hujjatlar mavjud. Rim mifologiyasi, falsafa, adabiyot, komediya kabi yozma yodgorliklari bizgacha juda katta miqyosda yetib kelgan. Shu bilan birga Rim imperiyasi qaramog‘ida bo‘lgan Italiyadan tashqari Yevropaning boshqa hududlarida, Osiyo, Afrikada ko‘p miqdorda me’moriy inshootlar: saroy-ibodatxona, mudofaa inshootlari qoldiqlari, ko‘priklar, portlar saqlanib qolgan.

Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling