Иқтисод ва молия / экономика и финансы 2022, 11(159) Maxmudova Guljahon Nematjonovna
ИҚТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
63ee77d91f6c6 o zbekistonda moliyaviy texnologik korxonalarning rivojlanishi va
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. To’lov terminallari orqali amalga oshirilgan milliy valyutadagi tranzaksiyalar summasi 1 .
- ИҚТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ
ИҚТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 11(159)
25 mingdan ortiq savdo nuqtalaridan foydalanadi (2rasm). TBC Bank Group PLC ning 2022yil 2chorak uchun auditdan o‘tmagan, konsolidatsiyalashgan ma’limotlariga asosan Payme to‘lov tizimining faoli yatining har jabhasida mos davrning o’tgan yilga nis batan solishtirganda o‘zgarishlar quyidagi ko‘rinishda bo‘lgan: – oylik faol iste’molchilar soni 2 barobarga oshdi; – faol savdogarlar soni 53% ga oshdi; – to‘lovlar hajmi 56% (P2P pul o‘tkazmalari: 2021yil uchun 75%; 2022yil uchun 74%; xizmatlar 1 https://cbu.uz/uz/paymentsystems/interbank calculations/ uchun to‘lovlar: 2021yil uchun 19%; 2022yil uchun 20%; boshqalar: 20212022yil uchun 6%; ni tashkil etadi) – sof foyda 73% ga oshgan. Yana bir mashhur, to‘lov tizimi, bank kartalari, pul o‘tkazmalari va mobil aloqa xizmatlarini taqdim etu vchi fintech korxonalardan biri bu “Humans” (“Humans Companies” AJ). Ushbu tashkilot 2022yilning may oyida “UPay” to‘lov tizimini sotib olib, to‘liq va yagona egasiga aylandi. Shuningdek 2022yil 2chorak hiso botlariga asosan 88 936,50 ming so‘mlik sof foyda bilan yakunlagan 2 . Yuqorida aytib o‘tilgan barcha fintech korxonalar asosan bir yo‘nalishda raqobat lashmoqda. 2 http://openinfo.uz/ru/reports/17740/ 1-rasm. To’lov terminallari orqali amalga oshirilgan milliy valyutadagi tranzaksiyalar summasi 1 . 2-rasm. Payme to’lov tizimininig 2-chorak bo’yicha hisoboti. 55 АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАР ИҚТИСОДИЁТИ / ЭКОНОМИКА ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ ИҚТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 11(159) Investitsiya, muddatli to’lov, islomiy moliyaga aso slangan xizmatlarni taqdim etuvchi tashkilot – “IMAN Group Ltd” hisoblanadi. U “IMAN Invest”, “IMAN PAY” va “IMAN Merchant” kabi ilovalar orqali o‘z xizmat larini taqdim etmoqda. Bu mobil ilovalari o‘zaro bir biriga bog‘langan bo‘lib, islomiy moliyaga asoslangan investitsiya, muddatli to‘lov va biznes uchun tovarlarni sotish imkonini, moliyaviy savodxonlik, halol daro mad kabi xizmatlarni o‘z ichiga olgan. Ushbu fintech tashkilotining 2022yil yanvariyul davri uchun moliya viy hisobotlariga nazar solsak, quyidagi o‘zgarishlarga yuzlanamiz 1 (3rasm). 2021yil noyabr oyida “Click” oʻzining 10 yilligini nishonladi. Bugungi kunda kompaniya 8 millionga yaqin iste’molchiga ega va yillik o'sish 2530% ni tashkil qiladi. “Click” sezilarli darajada kengaymoqda va buni nafaqat xodimlar sonining keskin o'sishida (2020 yil boshida 70 tadan 2022 yil iyunda 308 tagacha), balki to'lov xizmati ishga tushiradigan loy ihalar sonida ham ko'rish mumkin. Bular “Click Start” bolalar ilovasi, “Click BOX” logistika agregatori va “Click Market” bozoridir. 2021 yil sarhisobi bo‘yicha, “Click” to'lov tashkil otlari bozorining 65 foizini egallagan. Fintech bozori endigina shakllanmoqda va u hali soha qatnashchilari o'rtasida bo'lingan deb aytish mumkin emas. Kompaniya ishining boshida faqat uyali aloqa uchun to'lov umumiy aylanmasining 9095 foizini tashkil etgan. Iste’molchilar esa uyali aloqaga o‘rtacha oyiga 50 ming so‘m sarflaydi, ma’lum bo‘lishicha, iste’molchilar pulining atigi 5 foizini uyali aloqa va 1 https://imaninvest.com/ru/report internet provayderlari uchun sarflagan. Boshqa hol larda (kommunal xizmatlar, oziqovqat, transport va boshqalar uchun to'lov) iste’molchilar to'lovlarni asosan oflayn rejimda amalga oshirib kelgan. Bugungi kunda Click ko'proq xizmatlarni taklif qilib, endilikda uyali aloqa uchun to'lov umumiy aylanman ing atigi 35 foizini tashkil qiladi. Qolgan 65 foiz esa kommunal xizmatlar, turli xil xaridlar, transport uchun to'lov, benzin va boshqalarni tashkil etadi 2 . Xulosa. Yuqorida keltirilgan Fintech tashkilotlari O‘zbekiston bozorining eng mashhur, ommalashgan va asosiy soha qatnashchilaridan hisoblanadi. Banklar ham o‘z mobil ilovalari orqali ham shu kabi xizmat larni taklif qilishmoqda. Shunga qaramay, bozorda raqobatchi tashkilotlarning soni kam hisoblanadi. Moliyaviy xizmatlar ko'rsatishning u yoki bu shaklda, an’anaviy, innovatsion modellari va vositalarini bir lashtirgan kompaniyalar, moliyaviy xizmatlar bozorida ustunlik qila oladi. Click to‘lov tizimi o‘z faoliyatida yangi bosqichga o‘tgani, yangi faoliyat turlariga kirib borishi, foy dalanuvchilar segmentiga alohida xizmatlar taklif eti shi O‘zbekiston bozorining istiqbolli Fintech tashkil oti sarasiga kiritish mumkin. Endilikda, Click to‘lov tizimida “Hozir ol, keyin to‘la” (Buy now Pay later) tizimini Visa va Mastercard kabi yo‘lga qo‘yish orqali imkoniyatlar chegarasini yanada oshiradi. Bu esa o‘z navbatida, hamkorlar, iste’molchilar, savdogarlar va tranzaksiyalar soni ortishi, komission tushumlar, daro mad va sof foyda ko‘payishiga imkoniyat beradi. 2 https://www.spot.uz/ru/2022/08/02/click/ Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling