Takror ishlab chiqarish bosqich (faza)lari
Ishlab chiqarish - tovarlar va xizmatlar yaratiladi
Taqsimlash -yaratilgan tovar (xizmat)lar hududiy birliklar, tarmoqlar, sohalar hamda resurs egalari o‘rtasida taqsimlanadi
Ayriboshlash -turli xil bozorlarda tovar (xizmat)lar pul vositasida ayriboshlanib, ishlab chiqaruvchidan iste'molchi qo‘liga o‘tadi.
Iste'mol -tovar (xizmat)lar pirovard foydalaniladi, ya'ni ular shaxsiy va unumli iste'mol qilinadi
INFRATUZILMA TURLARI:
INFRATUZILMA — bu ishlab chiqarish va ayirboshlashni me'yorida amalga oshirish hamda kishilarning turmush kechirishining umumiy shart-sharoitlarini tashkil qiluvchi sohalar.
INFRATUZILMA TURLARI: - ishlab chiqarish infratuzilmasi-bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatadi. Bular saqlash va uzatish vositalari ombor xo‘jaligi, moddiy texnika ta'minoti, transport, aloqa, yo‘llar, boshqalardir.
- ijtimoiy infratuzilma-kishilar yashash va hayot kechirishining ijtimoiy-madaniy va maishiy sharoitlarini tashkil qiladi (ta'lim, sog‘liqni saqlash, maishiy, uy-joy va kommunal xo‘jalik).
- bozor infratuzilmasi -tovarlar va iqtisodiy resurslar ayriboshlash jarayoniga xizmat qiladi (birjalar, savdo uylari, auksionlar va boshqalar).
- qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi- jamiyat ehtiyojlarining cheksizligi hamda resurslarning cheklanganligidir.
IQTISODIYOTNING ASOSIY MUAMMOSI — bu iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qanday qilib to‘laroq qondirib borish mumkinligi to‘g‘risidagi masaladir
Iqtisodiyotning asosiy muammosini hal qilish yo‘llari
iqtisodiy resurslar mikdorini ko‘paytirish
resurslar unumdorligini oshirish
resurslardan foydalanishning turli xil muqobil variantlaridan eng samaralisini tanlash
ehtiyojlarini cheklash
Do'stlaringiz bilan baham: |