Иқтисодиёт ва бозорнинг мазмуни нимадан иборат?
Молия Вазирлигининг молия бозорини тартибга солишдаги урнини гапириб беринг
Download 1.93 Mb.
|
Молия бозори жавоб
- Bu sahifa navigatsiya:
- Узбекистонда молия бозорини тартибга солишни ривожланиш босқичларини тушунтириб беринг.
Молия Вазирлигининг молия бозорини тартибга солишдаги урнини гапириб беринг.
shuningdek Moliya vazirligi va uning bo‘linmalarining ustuvor vazifalari va yo‘nalishlari ro‘yxati to‘ldirildi. Xususan, 18.03.2017 yildagi "Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-2847-son qaroriga (1-b.) va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga (8-b.) o‘zgartirishar kiritildi. Jumladan, boshqalar qatorida, Moliya vazirligi va uning bo‘linmalari qimmatli qog‘ozlar bozori, bukmekerlik va lotereyalarni tashkil etish faoliyatini tartibga solish, shuningdek, korporativ boshqaruvni rivojlantirishni amalga oshiradi. Shuningdek Moliya vazirligining qimmatli qog‘ozlar bozori sohasida funksiyalari belgilandi. Узбекистонда молия бозорини тартибга солишни ривожланиш босқичларини тушунтириб беринг. Moliya bozorini davlat tomonidan tartiblashtirish – moliya bozori-ning rivojlanish tendensiyalarini makromoliyaviy darajada, undagi uning qatnashchilari faoliyatini esa mikromoliyaviy darajada mamlakatda o‗rnalilgan qonununchilik me‘yorlari doirasida belgilangan tartibda muvofiqlashtirish va nazorat qilish jarayoni. Bu jarayonga davlat o‗zining tanlab olgan rivojlanish modeli va tamoyillari, undagi maqsad va vazifalariga mos ravishda me‘yoriy tartiblashtiruvchi ta‘sir ko‗rsatish asosida davlatning moliyaviy-iqtisodiy siyosatini amalga oshiradi. Davlatning bunday ta‘siri o‗z ichiga huquqiy, iqtisodiy, administrativ, ijtimoiy, informatsion, texnik va h.k. usullarning keng diversifikatsiyalashgan majmuini oladi. Davlat tomonidan shakllantirilgan va uzluksiz rivojlantirilib boriladigan moliya bozorini tartiblashtirish tizimi moliya sohasida davlat siyosatining asosiy instrumenti hisoblanadi. Davlatning moliya bozorini tartiblashtirish jarayonidagi ishti-rokini muhim xususiyati unda davlat bir vaqtning o‗zida quyidagi maqsadli strategik rollarni bajarishi bilan belgilanadi: moliya bozorining bosh regulyatori; emitent; investor; moliya bozorida moliyaviy munosabatlarni tashkillashtiruvchi va rivojlantiruvchi, davlat moliyaviy-iqtisodiy siyosatini amalga oshiruvchi professional institut. Bunda davlatning maqsadlari milliy manfaatlar bilan belgilanadi. Davlatning bosh maqsadi – moliya bozorini tizimli ravishda samarali tartiblashtirish asosida milliy manfaatlarni kompleks ta‘minlash. Bunda davlat moliya bozori orqali: - iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishni, real sektorni modernizatsiyalashni va industrial rivojlantirishni, umuman barqaror iqtisodiy o‗sishni ta‘minlaydi; - davlatning moliyaviy-iqtisodiy (monetar, fiskal) siyosatini amalga oshiradi; - moliya tizimining xavfsizligi va raqobatbardoshligini ta‘minlaydi; - moliyaviy globallashuv jarayonlarini rivojlantiradi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling