Иқтисодиёт ва бозорнинг мазмуни нимадан иборат?


Молиявий технологияларнинг энг замонавий хизматлари


Download 1.93 Mb.
bet13/21
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1596211
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
Молия бозори жавоб

Молиявий технологияларнинг энг замонавий хизматлари
) MasterCard Mobile.
2) RuRu.
3) Internet орқали тўлаш.
4) Alfa-Bankdan хизмат
P2P
Молиявий технология тушунчаси


Энг йирик активларга эга бўлган молиявий технологиялар
Молиявий технологияларнинг кичик бизнес субъектларида қўлланилиши
Молия бозорини мувофиклаштириш ва назорат килишнинг вазифаси ва мохияти
Umuman olganda, bozorni tartiblashtirish tushunchasi keng ma‘noda bo‗lib, bozorning funksional va operatsion tarkiblarini uyg‗unlikdagi faoliyatini, undagi barcha qatnashchilarning bozor tovari bilan bog‗liq iqtisodiy-huquqiy, ijtimoiy, siyosiy munosabatlarini tizimli tarzda samarali rivojlantirish maqsadida vakolatli tashkilotlar tomonidan o‗rnatilgan aniq me‘yorlar majmuasiga mos ravishda muvofiqlashtirish va nazorat qilishning tartibli jarayonini anglatadi.
Moliya bozorini tartiblashtirish tushunchasiga mos ravishda, qimmatli qog„ozlar bozorini tartiblashtirish – uning funksional va operatsion tarkiblarini uyg‗unlikdagi faoliyatini, undagi barcha qatnashchilarning qimmatli qog‗ozlar bilan 140

bog‗liq barcha munosabatlarini tizimli tarzda samarali rivojlantirish maqsadida vakolatli davlat va o‗zini o‗zi muvofiqlashtiruvchi organlar tomonidan o‗rnatilgan unga oid me‘yorlar majmuasiga mos ravishda muvofiqlashtirish va nazorat qilishning tartibli jarayonini. Vakolatli davlat va o‗zini o‗zi muvofiqlashtirish institutlari ushbu bobning 2 paragrafida yoritilgan.


Moliya bozorini davlat tomonidan tartiblashtirish – moliya bozori-ning rivojlanish tendensiyalarini makromoliyaviy darajada, undagi uning qatnashchilari faoliyatini esa mikromoliyaviy darajada mamlakatda o‗rnalilgan qonununchilik me‘yorlari doirasida belgilangan tartibda muvofiqlashtirish va nazorat qilish jarayoni. Bu jarayonga davlat o‗zining tanlab olgan rivojlanish modeli va tamoyillari, undagi maqsad va vazifalariga mos ravishda me‘yoriy tartiblashtiruvchi ta‘sir ko‗rsatish asosida davlatning moliyaviy-iqtisodiy siyosatini amalga oshiradi.
Davlatning bunday ta‘siri o‗z ichiga huquqiy, iqtisodiy, administrativ, ijtimoiy, informatsion, texnik va h.k. usullarning keng diversifikatsiyalashgan majmuini oladi.
Bunda davlatning maqsadlari milliy manfaatlar bilan belgilanadi.
Davlatning bosh maqsadi – moliya bozorini tizimli ravishda samarali tartiblashtirish asosida milliy manfaatlarni kompleks ta‘minlash. Bunda davlat moliya bozori orqali:
-iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishni, real sektorni modernizatsiyalashni va industrial rivojlantirishni, umuman barqaror iqtisodiy o‗sishni ta‘minlaydi;
-davlatning moliyaviy-iqtisodiy (monetar, fiskal) siyosatini amalga oshiradi;
- moliya tizimining xavfsizligi va raqobatbardoshligini ta‘minlaydi;
- moliyaviy globallashuv jarayonlarini rivojlantiradi.
Strategik nuqtai nazaridan sanab o‗tilgan maqsadlarga erishish milliy manfaatlarga qaratilgan bo‗lganligi uchun moliya bozorini tartibli rivojlantirish na faqat vakolatli davlat organlarining, balki moliya bozorining boshqa barcha qatnashchilarini ham muhim vazifasidir. Shu sababli moliya bozorini davlat tomonidan tartiblashtirishning bosh amaliy maqsadi – milliy bozorga nisbatan barcha qatnashchilarning, bunda ko‗p jihatdan investorlarning ishonchini ta‘minlashdan iboratdir.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling