Иқтисодиёт ва бозорнинг мазмуни нимадан иборат?
Молия бозорларини тартибга солиш моделлари тўғрисида тушун- тириб беринг
Download 1.93 Mb.
|
Молия бозори жавоб
- Bu sahifa navigatsiya:
- Узбекистонда қимматли қогозлар бозорини тартибга соладиган давлат органининг вазифалари нималардан иборат
Молия бозорларини тартибга солиш моделлари тўғрисида тушун- тириб беринг.
Tartiblashtirish tizimlarini yana quyidagi belgilar bilan ham tasniflash mumkin: Pog„onalariga ko‗ra tartiblashtirish global ko‗p (5) pog‗onali (bir-biri bilan bog‗liq tartiblashtirishning xalqaro, milliy, regionallararo, regional va munitsipal pog‗onalari) va milliy ko‗p pog‗onali (federal, regional, munitsipal pog‗onalar) muvofiqlashtirish va nazorat qilish modeli ko‗rinishida bo‗lishi mumkin. Tartiblashtirish usullari bo‗yicha – administrativ, indikativ (makroiqtisodiy), makroregulyatorli (9.5 paragrafga qaralsin) va gibrid (aralash) usullariga asoslangan modellar. Bu modellarda moliya bozoriga umumiqtisodiy darajadagi bilvosita (kredit-pul, budjet-soliq, ijtimoiy, valyuta, xususiylashtirish va h.k. siyosatlar negizida) va bevosita (administrativ) ta‘sir ko‗rsatishga asoslangan bo‗lishi mumkin. Tartiblashtirishning milliy tizimini tashkillashtirishda qabul qilingan yondashuvlari bo‗yicha – hukumat tomonidan to‗g‗ridan to‗g‗ri tartiblashtirish (masalan, Irlandiya, Niderlandi, Portugaliya), moliya va bank tizimlarini regulyatorlari bo‗lmish organlar tomonidan tartiblashtirish (masalan, Belgiya, Daniya, Yaponiya, Qozog‗iston), maxsus tuzilgan vakolatli davlat tashkiloti tomonidan tartiblashtirish (masalan, AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya, Ispaniya va h.k.), vakolatli davlat organlari va O‗O‗M tashkilotlari bilan birgalikda tartiblashtirish modellari. Manfatlarni himoyalanishi bo‗yicha – davlat manfaatlariga (Pokiston, Eron), yirik (strategik) investorlar manfaatiga (Germaniya, Fransiya, Belgiya va h.k.), minoritar (mayda) investorlar manfaatlariga (anglo-sakson), aralash manfaatlarga qaratilgan tartiblashtirish modellari. Iqtisodiy tuzum shakli bo‗yicha – ochiq (barcha industrial hamda ko‗pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar) va yopiq (Eron, Pokiston va shu kabi yopiq ravishda rivojlanayotgan davlatlar) iqtisodiyot modellariga asoslangan tartiblashtirish modellari. Moliya bozori modellari bo‗yicha – mumtoz (anglo-sakson), kontinental (asosan germancha), yaponcha-koreyscha, islomiy (Indonezii, Malayziya, Pokiston Узбекистонда қимматли қогозлар бозорини тартибга соладиган давлат органининг вазифалари нималардан иборат? Moliya bozorini davlat tomonidan tartiblashtirish – moliya bozori-ning rivojlanish tendensiyalarini makromoliyaviy darajada, undagi uning qatnashchilari faoliyatini esa mikromoliyaviy darajada mamlakatda o‗rnalilgan qonununchilik me‘yorlari doirasida belgilangan tartibda muvofiqlashtirish va nazorat qilish jarayoni. Bu jarayonga davlat o‗zining tanlab olgan rivojlanish modeli va tamoyillari, undagi maqsad va vazifalariga mos ravishda me‘yoriy tartiblashtiruvchi ta‘sir ko‗rsatish asosida davlatning moliyaviy-iqtisodiy siyosatini amalga oshiradi. Davlatning bunday ta‘siri o‗z ichiga huquqiy, iqtisodiy, administrativ, ijtimoiy, informatsion, texnik va h.k. usullarning keng diversifikatsiyalashgan majmuini oladi. Bunda davlatning maqsadlari milliy manfaatlar bilan belgilanadi. Davlatning bosh maqsadi – moliya bozorini tizimli ravishda samarali tartiblashtirish asosida milliy manfaatlarni kompleks ta‘minlash. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling