Иқтисодиёт ва таълим / 2021 №1 108
КИЧИК БИЗНЕС ВА ХУСУСИЙ ТАДБИРКОРЛИК
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 йил 1 сон-108-112
КИЧИК БИЗНЕС ВА ХУСУСИЙ ТАДБИРКОРЛИК
Иқтисодиёт ва таълим / 2021 № 1 110 Ma'lumki, oziq-ovqat sanoati milliy iqtiso- diyotning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqara- digan keng tarmoqli sohasi hisoblanib, uning tar- kibida go‘sht-sut, sut-yog‘, yog‘-moy, baliq mah- sulotlari, un-yorma, makaron, meva-sabzavot konservalari, sharbatlar, turli-tuman ichimliklar, shakar, qandolatchilik mahsulotlari, non va bosh- qa noz-ne'matlar ishlab chiqaradigan korxonalar mujassamlashgan. Hech kimga sir emas, bugun dunyoda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va uning ta'minlash masalasi global muammolar- dan hisoblanadi. Mazkur muammo rivojlangan davlatlar bilan endi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun bir xil ahamiyatga ega. Shu ma'noda, res- publikamiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini sifatli mahsulotlar bilan qondi- rish dolzarb masala hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta'kid- laganidek, Yer yuzi aholisining tez ko‘payib bora- yotgani bilan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chi- qarish hajmining o‘sish imkoniyatlari cheklangani o‘rtasidagi tafovut oziq-ovqat dasturini hal etish masalasi yildan-yilga keskinlashib borayotgani- ning asosiy sababi ekani haqida bugun ortiqcha gapirishning hojati yo‘q, deb o‘ylayman. Sodda qilib aytganda, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sishi aholi soni va ehtiyoj- larining o‘sishidan ortda qolmoqda. Bu tafovut, avvalo, oziq-ovqat mahsulotlarini jadal ishlab chi- qarish uchun tegishli sharoitlar mavjud bo‘lma- gan mamlakat va hududlarda chuqurlashib bor- moqda. Bu o‘rinda gap, birinchi gal, atrof-muhit- ning ekologik jihatdan buzilishi hamon davom etayotgani, iqlim o‘zgarishlarining oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlari, tez-tez takrorlanayotgan qurg‘oqchilik va suv resurslari taqchilligi, jumla- dan, sug‘orish uchun yerosti suvlarining tugab borayotgani, irrigatsiya, melioratsiya va yerlar- ning unumdorligini qayta tiklashga yo‘naltiriladi- gan investitsiyalarning yetarli emasligi haqida bormoqda. Yerlarning ekologik jihatdan buzilishi kimyoviy moddalar, mineral o‘g‘it va pestitsidlar- ni tinimsiz ishlatish oqibatida yanada kuchay- moqda. Bularning qatoriga urbanizatsiya, ya'ni shaharlashuv jarayonlari, aholining qishloqlardan shaharlarga ko‘chishi bilan bog‘liq muammolar ham qo‘shilmoqda. Natijada, oziq-ovqat mahsulotlari yetishti- rish uchun ekin maydonlari sezilarli darajada qis- qarib ketmoqda, aholining ehtiyoji to‘laqonli qon- dirilmayapti. Shuningdek, Xitoy, Hindiston kabi Osiyoning bir qator mamlakatlarida aholi daro- madlarining jadal sur'atlar bilan o‘sib, shunga mos ravishda oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish hajmi ortib borayotganini ham e'tibordan soqit qilib bo‘lmaydi. Oziq-ovqat mahsulotlarini «daladan dasturxonga» sxemasi bo‘yicha iste'- molchiga yetkazib berishda ulkan yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yilayotgani ham salbiy omillardan biridir. Respublikamiz mustaqillikka erishganining ilk davrlaridanoq, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirishga asosiy e'tibor qaratildi, ya'ni oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, aholiga uzluksiz va yetarli hajmda oziq-ovqat mahsulot- larini yetkazib berish hayotmamot vazifalardan biri etib belgilandi. Jumladan, bu Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi ikki barobar- dan ziyodga oshdi. Bu mamlakatimiz aholisining qariyb 10 million kishiga yoki 30 foizdan ortiq ko‘payishiga qaramasdan, jon boshiga to‘g‘ri kela- digan go‘sht iste'molini 1,3 barobar, sut va sut mahsulotlarini 1,6 karra, kartoshkani 1,7 baro- bar, sabzavotlarni 2 martadan ziyod, mevalarni qariyb 4 barobar oshirish imkonini berdi, yurti- mizda har yili 16 million tonnaga yaqin meva va sabzavot yetishtirilmoqda. Aholi jon boshiga qariyb 300 kilogramm sabzavot, 75 kilogramm kartoshka va 44 kilogramm uzum to‘g‘ri kelmoq- da. Bu optimal, ya'ni maqbul deb hisoblanadigan iste'mol me'yoridan uch barobar ko‘pdir. Ayni paytda oziq-ovqat uyushmasi meva- sabzavotni qayta ishlash, go‘sht-sut, yog‘-moy va oziq-ovqat sanoatining boshqa tarmoqlariga tegishli 200 ga yaqin korxonalarni birlashtirgan va ular bilan ham gorizantal ham vertikal sifatda o‘zaro munosabatlar tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Agar uch yil oldin oziq-ovqat sanoatida yog‘-moy va tamaki tarmoqlari salmoqli ulushni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda tarkibiy o‘zgarishlar hisobiga mahsulotlarning 60 foizdan ko‘prog‘ini meva-sab- zavotni qayta ishlash, go‘sht-sut, qandolatchilik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qiladi. Kichik beznes korxonalarida ishlovchilar- ning o‘rtacha yillik sonini 2 barobarga oshirilgan- ligi ham korxonalar faoliyatini yanada rivojlanti- rishga imkon berdi. Oziq-ovqat uyushmasi tashkil etilgandan buyon o‘tgan 3 yil davomida uyushma korxonalari tomonidan 121 ta loyiha amalga oshirilib, 198,4 mln. dollar investitsiya o‘zlashti- rildi. Shundan kelib chiqib, 2019 yilda aholining oziq-ovqat mahsulotlari bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ta'minlanish darajasini tahlil etadigan bo‘lsak, go‘sht va go‘sht mahsu- lotlari 98,6 foiz, sut va sut mahsulotlari 99,8 foiz, foizi, makaron mahsulotlari 95,4 foiz, margarin 77,7 foiz, shakar 92,9 foiz, qandolat mahsulotlari 68,5 foizni tashkil etdi. Bugungi kunda respubli- kada oziq-ovqat xavfsizligi to‘liq ta'minlangan va aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehti- yojining 90 foizidan ortig‘i mahalliy ishlab chiqa- rish korxonalari hisobiga ta'minlanmoqda. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'- Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling