Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishning metodologik
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
5.2. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishning metodologik
asoslari. O`zbekiston Respublikasi hududlari ijtimoiy-iqtisodiy darajasi va iqtisodiy-tabiiy salohiyatidagi farqlar ularni istiqbolda hududiy va tarmoq xususiyatlarini hisobga olgan holda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish jarayonlarini takomillashtirishni taqozo etadi. Hududni iqtisodiy rivojlantirishni barqarorlashtirish strategiyasini asoslashning quyidagi yo`nalishlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir: - hudud rivojlanishini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish; bu bosqichda hududning erishgan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi tahlil qilinadi; - hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish strategiyasini asoslash; rivojlanishni prognoz qilish; strategiya asoslanib, hudud rivojlanishini tartibga solish metodlari tanlanadi; - kontseptsiya ishlab chiqish va hudud rivojlanishini davlat va bozor mexanizmlari orqali tartiblash metodlarini tanlash; - hududning moliyaviy resurslari o`sishini prognoz qilish; byudjet daromad qismini kengaytirish va mustahkamlash yo`llarini izlash; byudjet daromad qismini to`ldirishning yangi manbalarini aniqlash, turli mulkchilik shakllariga asoslangan tadbirkorlikdan, xorijiy investorlardan va nobyudjet jam`garmalaridan qo`shimcha mabla`glarni jalb etish 1 . Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tuzishda ma`lum tamoyillarga asoslanish kerak bo`ladi. Bu tamoyillar mintaqaviy iqtisodiy fan nuqtai nazaridan quyidagilardan iborat bo`lishi mumkin: - hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash chora- tadbirlarining maqsadliligi; - hududni rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari bo`yicha resurslarni to`plash va yo`naltirish; - belgilangan harakatni nazorat qilish va tartiblash imkoniyatlarining ochiqligi; - hudud rivojlanishini qo`llab-quvvatlashning individualligi; - qo`llab-quvvatlash mexanizmining ta`sirchanligi; - respublika va mahalliy hokimiyat organlarining hamkorligi hamda ular faoliyatining uy`gunligi. Hududiy dasturlarni ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi hududiy rivojlanishni davlat tomonidan tartibga solishning muhim yo`nalishi hisoblanadi. Hududiy dasturlarni bajarishga to`sqinlik qiladigan holatlar va omillarni aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Hududlarni rivojlantirish bo`yicha qabul qilinadigan dasturlarning bajarilishiga ko`pgina hollarda quyidagi omillar to`sqinlik qilishi mumkin: - respublika va hududiy maqsadli dasturlarni tanlashning sinalgan tizimlarining mavjud emasligi, ularni amalga oshirish ketma-ketligining yetarli darajada asoslanmaganligi; - respublika tarmoq dasturlari hududiy jihatlarining yetarli darajada ishlanmaganligi; - tarmoq dasturlari hududiy jihatlari monitoringining yo`qligi; - respublika va hududiy dasturlarni amalga oshirish mexanizmining mustahkam emasligi; Respublika va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda maqsadli-dasturlash uslubidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu uslub pirovard natijaga erishish uchun iqtisodiy resurslarni yo`naltirishni ta`minlashni ifodalaydi. Uning yordamida eng muhim iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy- texnikaviy rivojlanish muammolari hal etiladi. Bu muammolar amalda tarmoqlararo yoki hududlararo tavsifga ega bo`lib, xalq xo`jaligi ahamiyatiga ega bo`ladi. Maqsadli dasturlar o`rta va uzoq muddatga mo`ljallab korxona, mamlakat va xalqaro 1 Қаранг: Регулирование территориального развития в условиях рыночной экономики / Под ред. Б.М.Штульберга. -М., 1993-С 73; Содыков А.М. Основы регионального развития: теория, методология, практика– Т.: IQTISOD-MOLIYA; 2005. – С 165. miqyosda tuziladi. Dasturlar o`z ichiga pirovard va oraliq maqsadlarni, vazifalarni, ularni amalga oshirish chora-tadbirlarni, resurslar ta`minotini olishi kerak. Dastur maqsadi o`lchamga ega bo`lishi, chora-tadbirlar tizimi esa pirovard va oraliq maqsadlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan ishlab chiqilishi lozim. Maqsadli hududiy dasturlar hududiy rivojlanishni tartibga solishning samarali metodi sifatida davlat, mahalliy, jamoaviy, shaxsiy manfaatlarni uy`gunlashtirishi hamda jamiyatning barcha aholi tabaqalarini davlatning hududiy siyosatini amalga oshirishga da`vat etadigan, yo`naltiradigan bo`lishi kerak. Shuningdek, hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlari mamlakatda amal qilayotgan qonunlar, huquqiy me`yoriy xujjatlar asosida ishlab chiqilishi lozim. Hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishdan ko`zlangan asosiy maqsad hududiy iqtisodiyotni uning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish va tashqi manbalarni jalb etish yo`li bilan mutanosib va oqilona rivojlantirishdan iboratdir. Ushbulardan kelib chiqib, hududiy dasturlarni ishlab chiqishda qo`yidagi vazifalarni bajarishga alohida e`tibor qaratish lozim bo`ladi; - hudud ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini umumiy baholash va iqtisodiy rivojlanishning asosiy tendentsiyalari, iqtisodiy o`sish muammolarini va rezervlarini aniqlash; - hududning mahalliy mineral-xom ashyo, yer-suv va mehnat resurslaridan foydalanishning miqdor va sifat darajalarini tahlil qilish; - hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish, istiqbolli tarmoqlar va hududning ixtisoslashish sohasini, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari rivojlanishining ustuvor yo`nalishlarini aniqlash; - maxalliy qishloq xo`jaligi va mineral xom ashyolardan samarali foydalanishga asoslangan, yangi eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishlarni shakllantirishning aniq yo`llarini belgilash, jahon darajasidagi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo`yicha kam chiqindili va chiqindisiz texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni vujudga keltirish; - hududda qulay, jozibador investitsion muhitni yaratish, xorijiy investorlar, mahalliy korxonalar, tadbirkorlar, aholi mabla`glari va resurslarini kengroq jalb etish; - aholini ijtimoiy himoyalash va mehnat resurslarining oqilona bandligini ta`minlash mexanizmini ishlab chiqish; - xo`jalik sub`ektlari o`rtasida raqobat sharoiti va to`laqonli bozor infratuzilmasini vujudga keltirish; - hududni oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa ommaviy iste`mol mollari bilan o`zini-o`zi ta`minlashini oshirish; - qishloq aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishni jadallashtirish uchun qulay sharoitni shakllantirish. Buning uchun hududga mahalliy soliqlar bo`yicha imtiyozlar berish maqsadga muvofiqdir. - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini har tomonlama qo`llab-quvvatlash, ra`gbatlantirish orqali uning hudud yalpi ichki mahsulotidagi ulushini oshirish; - hududning tashqi iqtisodiy faoliyatini kengaytirish, eksport va import tarkibini oqilonalashtirish, hududda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatini yanada yaxshilash va yangi qo`shma korxonalarni tashkil etish. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling