Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
- 5. IQTISODIYOTNI DASTURLASh, PROGNOZLASh VA REJALAShTIRISh
Asosiy tushuncha va atamalar
Mulk, davlat mulki, munitsipal mulk, davlat tadbirkorligi, davlat mulkining iqtisodiyotni tartibga solinishiga ta`siri, davlat tadbirkorligining bozorga ta`siri, davlat mulkini uning tasrrufidan chiqarish, davlat mulkini xususiylashtirish,mulkni ijaraga berish, investitsion majburiyat asosida mulkni xususiylashtirish. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1.Davlat mulki nima va u qanday vazifalarni bajaradi? 2.Davlat mulki iqtisodiyotni tartibga solishda qanday rol o`ynaydi? 3.Davlat tadbirkorligi deganda nimani tushunasiz? 4.Davlat tadbirkorligi iqtisodiyotni tartibga solishga qanday ta`sir ko`rsatadi? 5.Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning mohiyati nimadan iborat? 6.Davlat mulkini xususiylashtirish iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishga qanday ta`sir ko`rsatadi? 7.O`zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirishdan ko`zlangan maqsadlar nimalardan iborat? 8. O`zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlari qanday amalga oshirildi? 9.Davlat mulki qanday boshqariladi? 10.Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish samaradorligini oshirish uchun nimalarni amalga oshirish kerak? 5. IQTISODIYOTNI DASTURLASh, PROGNOZLASh VA REJALAShTIRISh 5.1. Iqtisodiyotni dasturlash va rejalashtirish Iqtisodiyotni tartibga solishning eng muhim davlat shakllaridan biri dasturlash va rejalashtirishdir. Ushbu tartibga solish shaklining zaruriyati ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, mehnat taqsimoti va kooperatsiyalashuvining chuqurlashuvi, davlat mulkining mavjudligi, iqtisodiyotga yo`llanadigan kapital mabla`glar harakati va oqibatlarining uzoq muddatliligi hamda bozor kon`yunkturasini o`rganishi bilan ifodlanadi. Shu boisdan barcha rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning rivojlanishi prognozlashtiriladi, dasturlanadi va rejalashtiriladi. Iqtisodiyotning rivojlanish istiqbolini aniqlash (prognozlashtirish) qisqa muddat (1-2 yil), o`rta muddat (5 yil), uzoq muddatga (20 yil) mo`ljallanadi. Bunda mavjud o`tgan davrdagi iqtisodiy rivojlanish holati, bozor kon`yunkturasining o`zgarib borish tendentsiyalariga asoslanib, kelajaqdagi iqtisodiy ahvolning qanday bo`lishi, qanday natijalarga olib kelishi mumkinligi bashorat qilinadi. Bu - ekstropolyatsiya usuli deyiladi. Olingan ma`lumotlarga esa xususiy ishbilarmonlarning kapital mabla`glar sarflash rejalarini turli so`rovlar orqali o`rganib borish orqali aniqlik va tuzatishlar kiritiladi. Prognozlar asosida iqtisodiy rivojlanish dasturlari ishlab chiqiladi. Dasturlarda iqtisodiyot rivojlanishining moddiy va sotsial maqsadlari ko`rsatiladi. Maqsadlarni amalga oshirish uchun kapital mabla`glar sarflash rejalari tuziladi, ishlab chiqarish hajmi bilan talab o`rtasidagi nisbatlar o`rganiladi. Turli ishlab chiqarish bilan import o`rtasidagi bo`gliqlik, ishlab chiqarish bilan iste`mol, ishlab chiqarish bilan eksport, eksport bilan import o`rtasidagi bo`gliqlar aniqlanadi. Buning uchun tarmoqlararo balansni tuzish, aholi ro`yxatini o`tkazish muhim ahamiyatga ega. Bizda bir necha marta tarmoqlararo balans tuzilgan, aholini ro`yxatga olish amalga oshirilgan. Iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat dasturlari asosida rejalar qabul qilinadi. Ilgari ma`muriyatchilikka, buyruqbozlikka asoslangan jamiyatda iqtisodiy rejalar direktiv xarakterga ega bo`lib, yuqoridan belgilanib, quyidagi xo`jalik bo``ginlari uchun majburiy edi. Bozor iqtisodiyoti va mulkning ko`p shakllari mavjud bo`lgan sharoitda esa dastur va rejalar davlat korxonalari uchun direktiv, xususiy sektor uchun esa taklif, indekativ xarakterga ega bo`ladi. Ishbilarmon, tadbirkorlarning rejalarga amal qilishlarini ra`gbatlantirish maqsadida ularga turli imtiyozlar, ya`ni soliq to`lashda, kredit, subsidiyalar, xom ashyo, yoqil`gi-energiya, asbob-uskunalar olishda, tovarlarni eksport qilishda imtiyozlar berilishi lozim bo`ladi. Iqtisodiyotni dasturlash va rejalashtirishdan maqsad, bozor iqtisodiyotida yuz berishi mumkin bo`lgan turli nomutanosibliklar va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlarining oldini olishga qaratilgan bo`ladi. Bu tartibga solish vositasining samaradorligi dastur va rejalarning tadbirkorlar manfaatiga qanchalik mosligiga, davlatning ularni ra`gbatlantirish, moliyalashtirish imkoniyatlariga hamda rejalarning ilmiylik darajasiga bo`gliq bo`ladi. O`zbekistonda bozor iqtisodiyotini tartibga solishni ta`minlashda Iqtisodiyot vazirligi muhim rol o`ynamoqda. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning kontseptsiyalari qisqa va uzoq muddatli rejalari, respublika va mintaqalarga oid tarmoq dasturlarini ishlab chiqish; aholini sotsial himoyalashga oid takliflarni asoslab berish, mehnat faoliyati va tadbirkorlik imkoniyatlarini ko`paytirish, iqtisodiy ahvolni so`glomlashtirish yo`llarini belgilash; bozor munosabatlariga o`tishning asosiy qoida va yo`nalishlarini . shakllantirish va unga mos ravishda xo`jalik mexanizmi, boshqaruv shakllari va uslublarini takomillashtirish; xalq xo`jaligi tuzilmasini qayta qurishga, ishlab chiqaruvchi kuchlarini oqilona joylashtirishga oid takliflar tayyorlash; xalq xo`jaligi balanslarini tuzish asosida iqtisodiy nomutanosibliklarni bartaraf etishga oid takliflarni ishlab chiqish; eksport-import ishlarini davlat yo`li bilan tartibga solish va ra`gbatlantirish sohasidagi yo`nalishlarni belgilash. Iqtisodiyot vazirligi ushbu vazifalarni bajarish orqali iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositasi sifatida muhim o`rin tutadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling