Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Hududni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish yo`nalishlarini belgilash
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
5.4.Hududni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish yo`nalishlarini belgilash. Hududni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish yo`nalishlari belgilanadi. Rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishning asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Dasturda hududni iqtisodiy va ijtimoiy istiqbolda rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari va ko`rsatkichlari bayon qilinadi. Bunda asosiy e`tibor yangi ishchi o`rinlari, tabiiy, moliyaviy, mehnat resurslari, ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanishga qaratiladi. Bu yo`nalishlar quyidagi tadbirlarga qaratilishi lozim: 1. Hududning istiqboldagi ehtiyojlari va hududlararo ayriboshlash imkoniyatlarini kengaytirish asosida iqtisodiy maqbul tarmoq va ishlab chiqarishlar aniqlanadi. Istiqbolda tarmoqlarni rivojlantirishning iqtisodiy ko`rsatkichlari, tarmoq tarkibining o`zgarishi, eksportga yo`naltirilgan va import o`rnini bosuvchi mahsulotlar hajmi prognoz qilinadi. Bunda amaldagi korxonalarni texnik, texnologik va tashkiliy jihatdan yangilash muammolariga alohida e`tibor qaratiladi. Buning uchun ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish yanada chuqurlashtiriladi, nisbatan kichik korxonalar rivojlantiriladi. Bu korxonalarda mahalliy mineral-xom ashyo va qishloq xo`jalik resurslaridan foydalaniladi. 2. Hududda yangi korxonalarni qurish, faoliyat yuritayotgan korxonalarni rekonstruktsiya qilish, ixtisosligini o`zgartirish zarurligi asoslanadi; yirik ob`ektlarga qo`shimcha mabla`glar jalb qilish hisob-kitoblari amalga oshiriladi. 3. Qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o`sish sur`atlari, ekin maydonlari tarkibining o`zgarishi, qishloq xo`jalik mahsulotlari ishlab chiqarishning natural hajmi prognoz qilinadi. Shuningdek, qishloq xo`jaligi ekinlari hosildorligi hamda chorva mollari mahsuldorligini oshirish yo`llari va manbalari belgilanadi. Yangi texnologiyalarni joriy etish ko`zda tutiladi. 4. Hududda xom ashyolarni, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan tugallangan tsikldagi ishlab chiqarish tarmoqlari, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini saqlash va sotish shaxobchalarini vujudga keltirish, xorijiy investitsiyali qo`shma korxonalarni vujudga keltirish orqali yangi zamonaviy texnologiyalarni, xo`jalik yuritish shakllari va boshqarish usullarini joriy etish. 5. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va tabiiy resurslardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida transport tizimi va kommunikatsiyalarni rivojlantirish istiqbollarini asoslash. 6. Mulkdorlar sinfini vujudga keltirish bo`yicha vazifalarni hal etish maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash, ularning iqtisodiyotdagi ulushini ko`paytirish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish. 7. Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish ko`lami, parametrlari belgilanadi. Bunda tashqi savdo tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga, mahalliy xom ashyo resurslarini hisobga olgan holda xorijiy investitsiyali korxonalarni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilishi maqsadga muvofiqdir. 8. Dasturda tabiiy tashqi muhitni, tabiatni muhofaza qilish, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish tadbirlari, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish chora-tadbirlari ham o`z ifodasini topadi. Har bir hududiy dasturda uni amalga oshirish mexanizmi ko`zda tutilishi kerak. Bu mexanizmda dasturni moliyaviy, iqtisodiy resurslar bilan ta`minlanishi muhim o`rin tutadi. Dasturni ishlab chiqishda har bir tadbir va tarmoq bo`yicha turli resurslarga bo`lgan talab, ehtiyoj hisob-kitob qilinadi. Shundan so`ng dastur bo`yicha uning resurslar bilan ta`minlanish manbalari aniqlanadi. Dasturlarda resurslar balanslashtiriladi. Maqsadlar va resurslar o`rtasidagi muvofiqlik ta`minlanadi. Dasturlarni moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirishda, avvalambor maxalliy resurslar va imkoniyatlar hisobga olinadi. Joylardagi mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mahalliy byudjet, tadbirkorlar va korxonalar o`z mabla`glari, fermer va dehqon xo`jaliklari, aholi mabla`glarini jalb qilinadigan xorijiy investorlar, hududdan tashqaridagi tashkilot, korxonalar mabla`glarini hamda bank kreditlarini hududiy dasturni amalga oshirishga jalb qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishlari lozim bo`ladi. Shuningdek, hududiy dasturlarni amalga oshirishda respublika byudjeti va byudjetdan tashqari jam`garmalar, O`zbekiston Respublika taraqqiyot va tiklanish jam`garmasi mabla`glarini ham jalb etish mumkin. Dasturlarni ishlab chiqishda undan kutilayotgan natijalar qanday bo`lishi oldindan belgilanishi lozim. Dasturlarni amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy natijalari sifatida hududiy yalpi ichki mahsulot, sanoat va qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o`sish sur`atlari, umumiy hajmi aholi jon boshiga ishlab chiqarish sur`atlari olinadi. Shuningdek, aholi turmush darajasi va uning ish bilan bandligi, aholi jon boshiga daromadlarning o`sishi, hudud aholisining gaz, elektr energiya, toza ichimlik suvi, uy-joy bilan ta`minlanishining yaxshilanishi, hududning o`zini-o`zi oziq-ovqat, boshqa iste`mol tovarlari bilan ta`minlanishining yaxshilanishi ko`rsatkichlari dasturlarning bajarilishi natijalari hisoblanadi. Dasturlarning bajarilishini tashkiliy jihatdan ta`minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Dasturlarni amalga oshirishda butun mas`uliyat joylardagi mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari zimmasiga yuklatiladi. Maqsadli hududiy dasturni ekspert baholash, umumiy nazorat qilishni Vazirlar Mahkamasining tegishli boshqarma va bo`linmalari amalga oshiradilar. Bunda respublika hukumati va joylardagi mahalliy hokimiyat organlarining maqsadli hududiy dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirishdagi vakolatlari hamda vazifalari aniq belgilanishi lozim bo`ladi. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling