Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Raqobatni rivojlantirish va himoya qilishni kuchaytirish
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
6.4. Raqobatni rivojlantirish va himoya qilishni kuchaytirish O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisida 2010 yil 12 noyabrda qilgan ma`ruzasida: “Hammamiz yaxshi tushunamizki, bozor munosabatlarining asosi bo`lgan raqobatni rivojlantirishda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari katta rol o`ynaydi. Ammo amaldagi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to``grisida”gi Qonun bugungi kunda eskirdi va zamon talablariga javob bermay qoldi. Shuni e`tiborga olgan holda, “Raqobat to``grisida”gi yangi qonunni ishlab chiqishimiz va qabul qilishimiz zarur” 1 , – deb ta`kidladi. Hozirgi davrda “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to``grisida”gi Qonun zamon talablariga javob bermay qolganligi quyidagi holatlar bilan izohlanadi: - tovar bozorlarida jiddiy tarkibiy o`zgarishlar yuz berdiki, buning natijasida amaldagi monopoliyaga qarshi qonunchilik ularga mos kelmay qolishi; - raqobat to``grisidagi qonunchilikni moliyaviy bozor sohasida ham qo`llash zarurati; - iqtisodiyotning globallashuvi va yangi integratsion aloqalarning kuchayishi tufayli O`zbekiston Respublikasidagi monopoliyaga qarshi qonunchilikni jahon tajribasi va boshqa mamlakatlar qonunchiligi bilan uy`gunlashtirish zarurati; - monopoliyaga qarshi davlat organlari vazifalari hamda vakolatlarini aniq belgilash zarurati; - davlatning raqobat siyosatini amalga oshirilishi oqibatida tovar bozorlarining monopollashuv darajasi kamaydi. Monopollashgan bozorlarida xo`jalik sub`ektlarining amaldagi qonunchilikni buzish shakllari, holatlari, turlari xilma-xillashib murakkablashishi; - monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzuvchilar tarkibi o`zgarib, ular ichida xo`jalik sub`ektlari birlashmalari ulushining o`sishi. Shu boisdan ham monopoliyadan chiqarish, raqobat muhitini yaratish va rivojlantirish vazifalari bilan bir qatorda, raqobatni himoya qilish vazifasi ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Qabul qilinishi mo`ljallanayotgan “Raqobat to``grisida”gi Qonun raqobat muhitini yaratishga ko`maklashish bilan bir qatorda tovar bozorlaridagi tarkibiy o`zgarishlarni hisobga olgan holda raqobatni himoya qilishga, jahon tajribasiga asosan monopoliyaga qarshi tartibga solish mexanizm samaradorligini oshirishga yo`naltiradi. Birinchi Prezident I.A.Karimov, “ushbu qonunda monopolistik faoliyatni nafaqat tovarlar bozorida, balki moliya bozorlarida ham tartibga solishni nazarda tutish lozim. Shuningdek, birja savdolarida ham monopoliyaga qarshi mexanizmlarni, aktsiyalarni sotib olish, qo`shish va 1 Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси: Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги маъруза. 2010 йил 12 ноябрь. –Т.: Ўзбекистон, 2010, 52-бет. birlashtirish bitimlarini tartibga solish va nazorat qilish tartib-qoidalarini soddalashtirish bo`yicha normalarni ushbu qonunga kiritish maqsadga muvofiqdir” 1 , – deb ta`kidlagan • .2012yilda O’zbekiston respublikasining “Raqobat to`g’risida”gi qonuni qabul qilindi. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling