Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soli`gi stavkasi va undirilgan soliq
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soli`gi stavkasi va undirilgan soliq
summasining 2006-2010 yillar davomida o`zgarish dinamikasi 1 29% 25% 25% 22% 22% 567,7 754,8 1108,8 1311,8 1594,0 0% 5% 10% 15% 20% 25% 30% 35% 2006 йил 2007 йил 2008 йил 2009 йил 2010 йил 0 200 400 600 800 1000 1200 1400 1600 1800 Жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғи ставкаси Жисмоний шахслардан ундирилган даромад солиғи (млрд.сўм) - yashirin tarzda daromad topayotgan jismoniy shaxslarga daromadlarini ochiq-oydin oshkor etish imkoniyatini beradi, ular soliq stavkasi pastligi hisobiga soliqdan cho`chimaydilar; - bu stavka hamma jismoniy shaxslar uchun bir xil bo`lishini belgilaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha jismoniy shaxslar teng huquqli bo`lgani uchun soliq solinishida ham teng bo`lishi lozim; - davlat soliq xizmati organlari tomonidan jismoniy shaxslar daromad soli`gi bo`yicha soliqdan qochish va bo`yin tovlash bo`yicha qilinadigan ma`muriy xarajatlar tejaladi; - eng asosiysi, bunday tizim barcha jismoniy shaxslarga tushunarli bo`lib, turli noaniqliklar barham topadi, ular o`z haq-huquqlarini himoya qila oladilar. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soli`gi tartibini takomillashtirish masalalaridan biri bo`lgan soliqqa tortilmaydigan miqdorning joriy etilishi aholidan olinadigan daromad soli`gi tartibini davr talabiga mos holda takomillashtirishga o`zining munosib hissasini qo`shadi. Jismoniy shaxslar daromadlarini deklaratsiya usulida soliqqa tortishda, rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalangan holda, jami yillik daromaddan ushbu daromadni olish bilan bo`gliq bo`lgan xarajatlarni, byudjetga to`langan boshqa soliq va to`lovlarni chiqarib tashlash lozim. Respublakimiz soliqqa tortish amaliyotida jismoniy shaxslarning ish haqi shaklidagi daromadlarini soliqqa tortishda uch bosqichli stavkalardan ikki bosqichlisiga o`tish va asta-sekin yagona stavka joriy etish lozim. Hozirgi paytda yagona stavka qo`llanilayotgan mamlakatlar amaliyotida bu mexanizm o`zining samarasini ko`rsatmoqda. Mamlakatimizda mehnat sharoitlari o`ta zararli, o`ta o`gir, zararli va o`gir bo`lgan ishlab chiqarishlarda ishlovchi xodimlarning (ayollarning) daromadlariga soliq solishning amaldagi imtiyozli tartibi belgilangan. Ularning mehnatiga haq to`lash shaklidagi daromadlariga belgilangan soliq stavkalarini qaytadan ko`rib chiqish lozim. Bizningcha, o`gir va zararli, o`ta o`gir va o`ta zararli sharoitlarda ishlovchilar uchun imtiyozli soliq stavkasiga daromad soli`gining quyi stavkasi va o`rta stavkasi joriy etilishi maqsadga muvofiq. Jismoniy shaxslarning mehnatga haq to`lash shaklidagi daromadlaridan ayrim ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan xarajatlarni (masalan dori-darmon uchun, meditsina xarajatlari) chegirish va ularning yillik daromadlarini umumiy deklaratsiyalash tizimiga tezroq o`tkazish lozim. 1 Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ қўмитаси маълумотлари асосида муаллиф томонидан тайёрланган. Jismoniy shaxslardan olinadigan daramod solig`i stavkasi Jismoniy shaxslardan undiriladigan daramod solig`i (mlrd. so`m) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soli`gini takomillashtirishni iqtisodiy munosabatlar bilan o`zaro bo`gliq va uy`gunlikda takomillashtirish zarur. Chunki aholi bandligini ta`minlash va daromadlarini oshirish ularning farovonligini o`stirishning ishonchli yo`lidir. Shu bilan birga, soliqqa tortiladigan daromadlarning ortishi byudjet manfaatlariga ham to`liq mos keladi. Bizga ma`lumki, O`zbekiston Respublikasida mahalliy soliqlarning huquqiy asosi sifatida Soliq kodeksiga qadar “Mahalliy soliqlar va yi`gimlar to``grisida”gi Qonun ( 1993 yil may oyida qabul qilingan ) xizmat qilar edi. Bu qonun Soliq kodeksi qabul qilingandan so`ng o`z kuchini yo`qotdi, uning asosiy mazmuni esa kodeksda o`z aksini topdi. Biroq, qayd etish zarurki, “Mahalliy soliqlar va yi`gimlar to``grisida”gi Qonunda mahalliy soliqlar bo`yicha mahalliy hokimiyatlarning soliq va byudjet huquqlari aniq yoritib berilgan edi. Ammo, bu holat Soliq kodeksida to`liq aks ettirilmagan, ya`ni bunda mahalliy soliqlar va yi`gimlar bo`yicha faqat ularni turlarini ko`rsatish bilan cheklangan va mahalliy hokimiyatlarning soliq huquqlari mavhum holda qolgan. Shu boisdan, bizning fikrimizcha, mahalliy soliqlarning o`rni ortib borar ekan, bu soliqlarni joriy etish, bekor qilish va amal qilish holatlarini yanada to`laroq aks ettirish lozim. Buning uchun Soliq kodeksining 23-moddasiga qo`shimcha kiritish va unda mahalliy hokimiyatlarining soliq huquqlari aniq-ravshan qilib belgilanishi zarur, deb hisoblaymiz. Ma`lumki, yer soli`gi soliq to`lovlarining moliyaviy natijalariga bo`gliq bo`lmagan holda undiriladi, ya`ni yerning fizikaviy, ximiyaviy xususiyati hamda ularning joylanishi soliqlarni belgilashda asos qilib olinadi. Ammo, qayd etish joizki, hozirga qadar respublikamizda yerlarning boniteti ancha yillar oldingi ma`lumotlar bo`yicha yuritilmoqda. Shuni e`tiborga olib yerlarning bonitetini qaytadan ob`ektiv aniqlash va shu asosda soliq stavkasini ham qayta ko`rib chiqish maqsadga muvofiq. Soliq tizimini takomillashtirish, uning bir qator vazifalarini real bajarilishiga erishib borishni ham o`z ichiga oladi. Bular quyidagilar: soliq yukini soliq to`lovchilar o`rtasida to``gri taqsimlashga erishish, shu bilan birga uni imkoni boricha kamaytirish; soliqlarning mazmunini soliq to`lovchilarga to`liq ochib bergan holda tushuntirish, ularda soliq madaniyatini shakllantirish va uni oshirib borish; soliqlarni ixchamlashtirish, ya`ni ularni yagonalashtirish. Soliq tizimining samaradorligini oshirishga qulaylik tu`gdiruvchi omillardan biri bu soliq yukining to``gri taqsimlanganligi va imkoni boricha uni kamaytirishdir. Soliq yukini to``gri taqsimlanganligi iqtisodiy rivojlanishga olib keladi. Soliq yukini iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha, ishlab chiqaruvchi va iste`molchilar o`rtasida to``gri taqsimlanishi katta ahamiyat kasb etadi Mavjud soliq tizimini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagi bir qator masalalarga e`tibor berishni kuchaytirish lozim: soliqlarni joriy etish va ularni to`lash tartibiga ilmiy tomondan yondashishni kuchaytirish; mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda xorijiy tajribalardan unumli foydalanish; ixchamlashtirilgan soliqlar amal qilish doirasini kengaytirish; soliq sohasidagi har qanday o`zgarishlarni soliq to`lovchilarga ommaviy tarzda tushuntirib borishni keng yo`lga qo`yish; soliq sohasidagi qonunbuzarliklarning kelib chiqishiga yo`l qo`ymaslik, unga qarshi qat`iy kurashish; soliq imtiyozlarini, asosan, soliq stavkalarini kamaytirish evaziga emas, balki boshqa xildagi imtiyozlardan unumli foydalanish, xususan tezkor amortizatsiyani qo`llash, soliq kreditlarining miqdorini ko`paytirish kabi vositalarni qo`llash orqali ro`yobga chiqarish; qat`iy stavkali soliqlarni kamaytirish, bu orqali tadbirkorlarni haqiqiy daromadidan kelib chiqqan holda soliq undirib olishni kuchaytirish. Yuqoridagi fikrlar asosida aytish mumkinki, soliq tizimini yanada takomillashtirish faqatgina uning samaradorligini oshirish uchun xizmat qiladi. Asosiy tushuncha va atamalar Byudjet, byudjet tizimi, davlat byudjeti. mahalliy byudjet, soliqlar, soliqlarning vazifalari, soliq yuki, soliq imtiyozi,soliq organlari, iqtisodiy o`sish. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1.Davlat byudjeti nima va uqanday vazifalarni bajaradi? 2.Byudjet orqali davlat iqtisodiyotga qanday ta`sir ko`rsatadi? 3.Soliqlar va iqtisodiy o`sish o`rtasidagi aloqadorliklarni tushuntirib beri9ng? 4.Soliqlarning vazifalari nimalardan iborat? 5.Soliq imtiyozlari iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usuli va vositasi ekanligini tavsiflab bering? 6.Tezlashtirilgan Amortizatsiyani shaklidagi imtiyozlar mazmunini yoritib bering? 7.ITTLI ni ra`gbatlantirishda qanday soliq usullari va shakllari mavjud? 8.O`zbekistonda asosiy soliq imtiyozlarini sanab o`ting. 9.O`zbekistonda byudjet-soliq vositalari orqali iqtisodiyot davlat tomonidan qanday tartibga solinishini tushuntirib bering. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling