Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Ijtimoiy sohani davlat tomonidan tartibga solishning zarurati
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
10.2. Ijtimoiy sohani davlat tomonidan tartibga solishning zarurati.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy sohani davlat tomonidan tartibga solishning zarurati shu sohadagi bozor va bozor mexanizmi qondira olmaydigan shunday ijtimoiy ehtiyojlar mavjudligi bilan bo`gliqdir. Bundan tashqari, bozor pensiya yoshidagi kishilarning ijtimoiy himoyasiga, ishsizlarga, mehnat nogironlariga, tu`gilgandan nogironlarga, ko`p bolali oilalarga yordam berish kabi jamiyat xarajatlariga befarq. Bozor hattoki aholi daromadlari darajasini keskin tabaqalashuvining o`sishiga sabab bo`ladi va mavjud tarixiy madaniy qadriyatlarga bozor befarqlik bilan qaraydi. 9 Академик Абалкин Л.И. Вопросы экономики. 1998, №6 стр 5. 10 Мировая экономика и международные отношения, 2002. №11 стр 12. Bozor ijtimoiy barqarorlikni ta`minlamaydi. Davlat ijtimoiy sohadagi ishchilar va predmetlar o`rtasidagi, mehnat va kapital o`rtasidagi muammolarni xal etuvchisi sifatida chiqadi. Bularning hammasi, ijtimoiy soha va uning normal rivojlanishi uchun tartibga solishning bozor mexanizmi bilan davlat mexanizmlarini uy`gunlashtirish zarur ekanligini keltirib chiqaradi. Faqatgina tartibga solishning bozor va davlat mexanizmlarini optimal uy`gunlashtirish orqaligina samarali natijalarga erishish mumkin. Ijtimoiy sohaning shunday elementlari mavjudki unda faqat davlat shaxsni har tomonlama rivojlanishi bilan bo`gliq bo`lgan xarajatlarni samarali boshqarish mumkin. Davlat millatning so`gli`gi uchun, malakali kadrlarni tayyorlash uchun javobgarlikni o`z zimmasiga oladi. Aholini ijtimoiy huquqlarini himoya qilish, mulkchilik huquqlarini himoya qilish ham davlatning zimmasidadir. Faqat davlat shaxsni har tomonlama rivojlanishi bilan bo`gliq xarajatlarni samarali usullar bilan tartibga solishi mumkin. Va faqat uning yordami bilangina ijtimoiy yo`naltirilgan bozor tizimini yaratish va aholi daromadlari o`rtasidagi yuqori tabaqalanishlarni qisqartirish mumkin. O`zbekistonda ijtimoiy madaniy maqsadlarga(aholini ijtimoiy himoyalari bilan birgalikda) umumiy birlashtirilgan byudjet xajmining YaIM ga nisbatida byudjet xarajatlari ko`rsatkichlarining mutanosibligi ijtimoiy sohani tartibga solish va rivojlanishida davlatning roli haqidagi tushunchalarni boyitadi. O`zbekiston Respublikasining birlashgan (konsolidirovannogo) byudjet resurslarining yarmidan ko`pro`gi ijtimoiy madaniy maqsadlarga yo`naltiriladi. Shu sababli, jon boshiga qilinadigan bu xarajatlarning katta qismi byudjetdan tashqari pensiya fondi va bandlik fondlari hisobiga to``gri keladi. Ijtimoiy-madaniy xarajatlarning va YaIM mutanosibligining qisqarishi pulli ijtimoiy-madaniy xizmatlarni jon boshiga o`sishiga, ya`ni ushbu maqsadda xo`jalik organlari qilayotgan xarajatning o`sishi bilan bo`gliq. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling