Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
JAMIYaTNING IJTIMOIY SOHASI VA UNING DAVLAT TOMONIDAN
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
10. JAMIYaTNING IJTIMOIY SOHASI VA UNING DAVLAT TOMONIDAN
TARTIBGA SOLINIShI 10.1. Jamiyatning ijtimoiy sohasi, uning mazmuni va ijtimoiy rivojlanishdagi roli. Ijtimoiy soha – bu aholini turmush darajasi, hayot tarzi va ularning farovonligi bilan bevosita bo`gliq bo`lgan tarmoqlar, korxonalar majmuidir. U o`zida xizmatlar sohasining barcha tarmoqlarini (ta`lim, so`gliqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy ta`minot, uy-joy kommunal xizmatlari, yo`lovchi tashish transportlari, aloqa) mujassamlashtiradi. Ushbu soha tarmoqlari va korxonalarining bir qismi bevosita mustaqil xo`jalik yurituvchi korxona va tashkilotlarga ta`lluqli bo`lsa, qolgan qismi davlatga tegishli korxona va tashkilotlar hisoblanadi. Unga mos tarzda, ularning tarkibi va rivojlanishi xo`jalik organlari resurslari, davlat byudjeti rusurslari va davlat byudjetdan tashqari fondlari hisobidan moliyalashtiriladi. Ijtimoiy sohaning davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlardan moliyalashtiriladigan qismiga davlat bevosita tartibga solish ta`sirini ko`rsatadi, qolgan qismiga esa bilvosita qonun chiqarish, qarorlar qabul qilish yo`li bilan ta`sir ko`rsatadi. Ijtimoiy sohaning rivojlanganlik darajasi, uning holati avvalam bor moddiy ishlab chiqarishning rivojlanganligi bilan bo`gliqdir. Biroq teskari munosabat ham mavjud, ya`ni o`z navbatida u ishlab chiqarishni rivojlanishiga ta`sir ko`rsatadi. Ijtimoiy sohaning rivojlanganlik darajasi davlatning iqtisodiy siyosati va iqtisodiy munosabatlar tizimi bilan uzviy bo`gliqdir. Hozirgi kunda jamiyatning rivojlanishida ijtimoiy sohaning roli oshib bormoqda. Ijtimoiy sohaning ustun darajada rivojlanib borishi ijtimoiy sohada band bo`lganlar ulushining oshib borishi bunga misol bo`la oladi. Jamiyat rivojlanishida inson omilining roli muhim bo`lib, u doim oshib boradi. Iqtisodiy o`sishda ilmni va so`gliqni ta`sirini o`sib borishi haqida jahon bankining 1998G’1999 yillar uchun «Rivojlanishda ilmning xissasi»(«Znanie na slujbe razvitiya») nomli hisobotida to`xtalib o`tiladi. Xodimlarning ma`lumoti, malakasining oshishi YaIM da ushbu omillar hisobiga o`sish ulushida namoyn bo`ladi. Masalan, Amerika iqtisodchisi ye.Denisov taxminiga ko`ra 1929-1982 yillarda milliy daromad o`sishining 14% ma`lumot, malakani oshirish hisobiga 21% mehnat ugumdorligining o`sishi hisobiga erishilgan. Ishchilar malakasining o`sishi – mehnat unumdorligini oshirishning muhim manbaidir, biroq ishlab chiqaruvchi so`gli`gini mustaxkamlash esa xodimlarning kasalliklari tufayli unumdorlikning pasayishiga va kasallik davri uchun nafaqalar to`lash bo`yicha xarajatlarning qisqarishi olib keladi. Bu Rossiya Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot institutiga hulosa chiqarishga asos bo`ldi, ya`ni «mamlakatning rivojlanganlik darajasi ijtimoiy sohaga qilingan xarajatlar bilan to``gridan- to``gri bo`gliqlikda» 9 . G‘arbning rivojlangan mamlakatlarida davlat byudjeti xarajatlari YaIM ga nisbatan 33- 50% tashkil etadi. Masalan, bu ko`rsatkich 2001 yilda: AQSh – 31,9% ni, Bubk Britaniyada – 39,7% ni, Germaniyada – 46,5% ni, Italiyada – 47,2% ni, Frantsiyada – 52,1% ni, Shvetsiyada – 59,7% ni, yeX mamlakatlarida – 46,1% ni tashkil etdi 10 . Bundan byudjet xarajatlarining salkam yarmi va undan oshi`gi davlat tomonidan ijtimoiy- madaniy maqsadlarda foydalaniladi. Rivojlangan davlatning asosiy byudjet xarajatlarini ijtimoiy-madaniy xarajatlar tashkil etadi. Davlat byudjetining ijtimoiy-madaniy xarajatlarini asosini ta`lim, so`gliqni saqlash, ijtimoiy to`lovlar, ya`ni pensiya, nafaqalar to`lovlari tashkil etadi. Masalan, 1999 yilda 1990 yilga nisbatan aholini katta yoshdagilariga ta`lim berishning o`rtacha yili quyidagicha oshdi: Italiyada 5,5 yildan 13,5 yilgacha, Yaponiyada 9,9 yildan 17 yilgacha, AQSh da 11,3 yildan 19,6 yilgacha. Shu tarzda XX asrning ikkinchi yarmida umumiy tendentsiyaning rivojlanishi, ya`ni ijtimoiy sohaning rivojlanishida, inson omiliga qo`yilmalarning o`sishida va bular orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda davlatning roli oshib bordi. Bu sohadagi murakkab va asosiy muammolardan biri – bu vazifalarni chegaralash, ya`ni ko`proq maqsadga muvofiq bo`ladigan qaysi vazifalarni davlatdaga berish va qaysilarini mustaqil xo`jalik yurituvchi sub`ektlarda qoldirish. Davlat byudjeti xarajatlarida ijtimoiy himoya xarajatlari asosiy rolni egallaydi. MDH va G‘arb mamlakatlarida ushbu xarajatlarni taqqoslashda `garb statistikasida shu guruh xarajatlariga ijtimoiy transfertlardan tashqari so`gliqni saqlash xarajatlari ham qo`shilishini hisobga olish zarur. Bu holatda nodavlat mulkchilik shaklidagi xo`jalik organlari resurslari hisobiga ijtimoiy himoya xarajatlarining katta qismini moliyalashtirish ko`rinishlariga ega bo`lish lozim. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling