Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


IQTISODIYoTNI TARTIBGA SOLIShNING PUL-KREDIT USULLARI


Download 3.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/197
Sana05.10.2023
Hajmi3.5 Mb.
#1692280
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   197
Bog'liq
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

9.IQTISODIYoTNI TARTIBGA SOLIShNING PUL-KREDIT USULLARI 
 
9.1. Pul va pul muomalasi, pulga bo`lgan talab va pul taklifi 
Pul – umumiy ekvivalent rolini o`ynovchi tovardir.Pul — bu hamma tovarlarni sotish va 
sotib olish mumkin bo`lgan, umumiy ekvivalent rolini o`ynovchi maxsus tovardir. 
Pulning mohiyatini to`laroq tushunish uchun uning quyidagi asosiy vazifalarini ko`rib 
chiqamiz: 1) qiymat o`lchovi; 2) muomala vositasi; 3) boylik to`plash vositasi; 4) to`lov vositasi.
Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. Tovarning 
almashuv qiymatini o`lchash uchun muayyan miqdordagi pul materialini birlik qilib olish zarur. 
Bunday birlik narxlar o`lchovi (masshtabi) deb ataladi. Pul muomaladan chiqarilganda boylik 
to`plash vazifasini bajara boshlaydi. Natural xo`jalik sharoitida boylik to`plash, jam`garish 
mahsulot jam`garish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo`jaligining rivojlanishi boylik 
to`plashning pul jam`garish shaklini keltirib chiqaradi.
Tovarlar nasiyaga to`lov muddati kechiktirib sotilganda, pul to`lov vositasi vazifasini 
bajaradi. Pulning bu vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmay, pul qarz berilganda, renta 
va soliqlarni to`lashda ham to`lov vositasi vazifasini bajaradi. Qo`goz pullar, veksel va banknotlar 
— pulning to`lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqqan.
Pulning o`z vazifalarini bajarish jarayonidagi to`xtovsiz harakati pul muomalasi 
deyiladi. 
Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: 
1) milliy pul birligi (so`m, dollar, iena, funt sterling, marka va h.k.); 
2) naqd pul muomalasida qonuniy to`lov vositasi sifatida amal qiluvchi qo`goz, tanga va 
kredit pullar tizimi; 
3) pul emissiyasi, ya`ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi; 
4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari. 
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasida 
bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit 
kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to`lov talabnomalari yordamida amalga oshiriladi. Ularning 
hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo`lgan pul massasi naqd va kredit 
pullarni qo`shish yo`li bilan aniqlanadi. 
Muomalani ta`minlash uchun zarur bo`lgan pul miqdori quyidagi omillarga bo`gliq: 

Download 3.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling