Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
DAVLATNING MAMLAKAT IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA`MINLASh
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
11. DAVLATNING MAMLAKAT IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA`MINLASh
VAZIFALARI 11.1. Iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati, tarkibiy elementlari Milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi, uni ta`minlashning eng muhim sharti yoki omili, ko`rsatkichi iqtisodiy xavfsizlikdir. “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi eng umumiy tarzda mamlakatning moddiy va nomoddiy, qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan iqtisodiy salohiyatini ifodalaydi. “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasining mazmuni iqtisodga oid ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Bir guruh olimlar mazkur iqtisodiy tushuncha mazmunini mamlakatning yetarli mudofaa salohiyatini, davlat siyosatining ijtimoiy yo`naltirilganligi, milliy manfaatlarni himoya qilishni kafolatlashga qodir bo`lgan iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining holati sifatida ta`riflaydilar 1 . Shuningdek, uni hokimiyat institutlarining iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan milliy manfaatlarni himoya qilish va ro`yobga chiqarish hamda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini qo`llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratishga qodirligi va tayyorligi deb ham talqin qiladilar 2 . Ikkinchi guruh olimlar mazkur tushunchani xalqning mustaqil ravishda tashqi kuchlarning aralashuvisiz va tazyiqisiz o`z iqtisodiy taraqqiyot yo`li va shakllarini belgilab olishiga imkon beradigan holat sifatida tavsiflaydilar 3 . Uchinchi guruh olimlar esa “iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasini iqtisodiyotning ijtimoiy ehtiyojlarni samarali qondirishga qodirligi deb ta`riflaydilar 4 . To`rtinchi guruh olimlar esa mazkur tushunchani iqtisodiyotning progressiv rivojlanishi va normal darajada amal qilishining muhim sharti, iqtisodiyot sohasida shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanishi deb tavsiflaydilar. Taniqli rus iqtisodchisi L.I.Abalkin ushbu tushuncha mohiyatini ochib beruvchi uch elementni ko`rsatib bergan: -iqtisodiy mustaqillik. Hozirgi jahon xo`jaligi sharoitida iqtisodiy mustaqillik absolyut xarakterga ega emas, chunki xalqaro mehnat taqsimoti milliy iqtisodiyotlarni bir-biriga o`zaro bo`gliq qilib qo`yadi; - milliy iqtisodiyotning barqarorligi. Bu shaklidan qat`i nazar mulkchilikning himoya qilinishi, tadbirkorlik faolligi uchun ishonchli sharoit va kafolatlarning yaratilishi, mamlakatdagi holatning yomonlashuviga, beqarorlikka olib keluvchi omillarning jilovlanishini taqozo etadi; - o`z-o`zidan rivojlanishga va taraqqiy etishga qodirligi. Bu esa investitsiyalar va innovatsiya uchun qulay muhitning yaratilishi, ishlab chiqarishning muntazam modernizatsiyalashuvi, yangilanishi va takomillashib borishi hamda xodimlarning bilim, kasb-malaka, umumiy madaniy darajalarining o`sib borishi milliy iqtisodiy barqarorligi va mavjudligining zaruriy shartiga aylanishini ifodalaydi 1 . (11.1.1-chizma) Iqtisodiy xavfsizlik mazmuni E.Buxval d esa 1 Экономическая безопасность. Производство, финансы, банки. -М., ЗАО «Финстатинформ», 1998.- с.12. 2 Ўша ерда. 3 Жандаров А.М., Петров А.А. Экономическая безопасность России: определения гипотезы, расчеты.// Безопасность. 1994, №3 - с.8. 4 Архипов А., Городецкий А., Михайлов Б. Экономическая безопасность: оценки, проблемы, способы обеспечения //. Вопросы экономики. №12, 1994. 1 Спанов М. Экономическая безопасность: сущность, критерии, формы // Транзитная экономика, 1998. – с.3. Iqtisodiy xavfsizlik Iqtisodiy mustaqillik Milliy iqtisodiyotning barqarorligi O`z-o`zidan rivojlanishga va taraqqiy etishga qodirligi Xavfsizlik tizimdagi ob`ektning ichki va tashqi tahdidlarning mavjudligi sharoitida yashay olish va rivojlanish qobiliyatiga egalik va ko`zda tutilmagan, aniqlanishi qiyin bo`lgan noxush omillar ta`siriga bardoshlilik holatini ifodalaydi (11.1.2-chizma). 11.1.2-chizma Rivojlanish, barqarorlik va xavfsizlik tushunchalarining o`zaro bo`gliqligi Ilmiy iqtisodiy adabiyotlarda ushbu ta`rif eng to``gri ta`rif sifatida e`tirof etilmoqda 2 Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyotning turli sub`ektlariga tegishli bo`lib, ular quyidagilardan iborat: alohida fuqarolar; xususiy tadbirkorlik, biznes; davlat korxonalari; milliy iqtisodiyot; davlat. Ichki iqtisodiy sohalarda xavfsizlik tabiiy, texnikaviy-iqtisodiy, infratuzilmaviy, ijtimoiy, mikro va makroiqtisodiy rivojlanishning boshqa omillari, shuningdek, turli beqarorlik, tanglikni keltirib chiqaruvchi ichki va tashqi tahdidlar ta`siridan himoya qiluvchi ichki immunitetlar bilan bo`gliqdir. Tashqi iqtisodiy sohada xavfsizlik mamlakatning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi, milliy valyutasining barqarorligi, davlatning moliyaviy ahvoli bilan tavsiflanadi. O`tish, ya`ni tranzit iqtisodiyotiga ega bo`lgan, bozor iqtisodiyotiga o`tish maqsadida islohotlarni amalga oshirayotgan mamlakatlarda iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash alohida ahamiyat kasb etadi. Ularda, shu jumladan, O`zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar mamlakatning geopolitik holatini, uning hozirgi zamon jahon iqtisodiy tizimidagi o`rnini tubdan o`zgartirib yuboradi. . Iqtisodiy xavfsizlik tamoyillari sifatida ijtimoiy-iqtisodiy tizim ahvolining quyi chegarasini ifodalovchi ko`rsatkichlar qo`llaniladi. Mazkur quyi chegaralardan past ko`rsatkichlarda iqtisodiy tizim uchun tahdidlar vujudga keladi, hatto bu tizimning buzilishi, degradatsiyasi yuz bera boshlaydi. Ushbu quyi chegarani va uning miqdoriy o`lchamlarini aniqlash, belgilash uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo`ladi: - milliy iqtisodiyot hamda iqtisodiy tizim faoliyatining asosiy sharoitlarini o`rganish va ularni tavsiflovchi ko`rsatkichlarni aniqlash; - milliy iqtisodiyotni tanglikka va beqarorlikka olib keluvchi omillarni aniqlash; - turli tanglik, xavfli holatlar yuzaga kelishining tartibi va imkoniyatlarini baholash; - xavfsizlik va barqarorlikni saqlashga xavf soluvchi tahdidlarning oldini olish yo`llarini aniqlash. Turli iqtisodiy tahdidlar, noxush holatlar oqibatida ko`rilgan zararlarning o`rnini qoplash uchun zarur bo`lgan xarajatlarni prognoz qilish ham muhim ahamiyatga ega. Buning natijasida favqulodda holatlar oqibatida ko`riladigan zararlarni qoplash, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta`minlashga yo`naltirilgan resurslarni baholash va o`z vaqtida shakllantirish uchun 2 Спанов М. Экономическая безопасность: сущность, критерии, формы. // Транзитная экономика, 1998. №4.- с.4. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling