Mundarija: Kirish i-bob. Iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati va


Download 0.5 Mb.
bet1/9
Sana17.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1539576
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Iqtisodiy xavfsizlik.


Mundarija:
Kirish.....................................................................................................................3-4
I-bob. Iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati va tarkibiy elementlari....................5-10
1.1 “Xavfsizlik” va “iqtisodiy xavfsizlik” tushunchalarining mohiyati.................5-7
1.2 Iqtisodiy xavsizlikning turlari va tarkibiy elementlari....................................7-10
II-Bob. Iqtisodiy xavfsizlik shakllari va asosiy ko‘rsatkichlar............................11-18
2.1 Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo‘lish shakllari.....................................................11-12
2.2. Iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlari..............................................................................12-18
III-Bob. Iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash mexanizmi.....................................19-27
3.1 Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda davlatning tartibga soluvchilik vazifalari.....19-24
3.2 O‘zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari..............24-27
Xulosa va takliflar............................................................................................28-29
Foydalanilgan adabiyotlar...............................................................................30-31

Reja:


1 “Xavfsizlik” va “iqtisodiy xavfsizlik” tushunchalarining mohiyati.
2 Iqtisodiy xavsizlikning turlari va tarkibiy elementlari.
3. Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo‘lish shakllari.
4. Iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlari.
5. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda davlatning tartibga soluvchilik vazifalari.
6. O‘zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari.
Xulosa va takliflar.
Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish.
Milliy iqtisodiyotimizni turli tahdidlardan himoya qilish, jamiyat hayot faoliyatining bir qancha sohalarida kechadigan jarayonlarni, shu jumladan korrupsiya va xufyona iqtisodiyot bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘rganish va ularni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, chora – tadbirlar samaradorligini oshirish orqali iqtisodiy, moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy tizimdagi har qanday o‘zgarishlar turli xavf-xatar va tahdidlarning namoyon bo‘lishi bilan birga kechadi. Shuning uchun ham mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, unga bo‘ladigan turli tahdidlarning oldini olish masalasi yuzaga keladi.
O‘zbekistonning iqtisodiy manfaatlariga bo‘ladigan tahdidlarni hisoblash va tahlil qilish imkonini beradigan bilimlarni shakllantirish va h.k. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan yoshlarimiz jadal yangilanayotgan iqtisodiyot sharoitida yashashi va ishlashi uchun, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev saylov oldi dasturlarini bayon etganlaridek: «Yangicha va mustaqil fikrlaydigan, mas’uliyatli, tashabbuskor, ilg‘or boshqaruv usullarini puxta o‘zlashtirgan, vatanparvar, halol kadrlarni tanlash va tayyorlash bo‘yicha samarali tizim yaratilmas ekan, davlat boshqaruvida sifat o‘zgarishi yuz bermaydi».
Shuningdek, Mamlakat ichki iqtisodiy sohasidagi xavfsizligi tabiiy, texnik-texnologik, infratuzilmaviy, ijtimoiy hamda boshqa makro va mikroiqtisodiy rivojlanish omillari, ichki immunitet va beqarorlik, tangliklar ta’siridan himoyalanish orqali ta’minlanadi. Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi ichki omillarga quyidagilar kiradi:1

  • ilgargi tizimdan biryoqlama, tarkibi deformatsiyalashgan iqtisodiyotning meros qolganligi;

  • ko‘pchilik tarmoqlarning qoloq texnologik bazaga, yuqori energiya va resurs sig‘imiga egaligi sababli milliy iqtisodiyot raqobatbardosh- ligining pastligi;

  • iqtisodiyotning yuqori darajada monopollashuvi;

  • yuqori darajadagi inflyasiya;

  • infratuzilma obyektlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi va mustahkam emasligi;

  • investitsion faollikning pastligi;

  • qonunchilik rivojlanmaganligi, bir qancha iqtisodiy subyektlarning ichki va tashqi bozorda monopol holatda ekanligi g‘ayriqonuniy faoliyat ko‘rsatishi hamda huquqiy intizomning pastligi.

Shuningdek, ichki tahdidlar ichida xufiyona iqtisodiyot o‘ta xavfliligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun unga qarshi kurash iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling