Mundarija: Kirish i-bob. Iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati va
Download 0.5 Mb.
|
Iqtisodiy xavfsizlik.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifasi
- Kurs ishining tuzilishi
- 1.1.1-chizma. Xavfsizlikning obyekti va subyekti.
Kurs ishining maqsadi – Men o‘z kurs ishimda Davlat tomonidan iqtisodiy xavfsizlikni taminlashning maqsad va vazifalari haqida tushuncha berish va imkon boricha aniq faktlar bilan va qonun qoidalar bilan izohlashni hamda yakuniy xulosamda takliflarimni berishga o‘z oldimga maqsad qilib qo‘yaman.
Kurs ishining vazifasi: - Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo‘lish shakllarini o‘rganish. - Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda davlatning tartibga soluvchilik vazifalarini tahlil qilish. - O‘zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlarini o‘rganish. Kurs ishining tuzilishi: kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib , jami 31 sahifani tashkil etadi. I-bob. Iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati va tarkibiy elementlari. 1.1 “Xavfsizlik” va “iqtisodiy xavfsizlik” tushunchalarining mohiyati. XX asr oxirlariga kelib, “xavfsizlik” va “milliy xafsizlik” tushunchalari tez-tez qo‘llanila boshlandi. Bu insoniyat rivojlanishining murakkablashuvi, yadro, atom va boshqa ommaviy qirg’in qurollarining keng tarqalishi, ekologik vaziyatning og’irligi, yangi xavfli kasalliklarning vujudga kelishi,terrorizm xavfining kuchayishi, yangi mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishi, ularda bozor islohotlarining amalga oshirilishi bilan izohlanadi. Dunyodagi bunday o‘zagarishlar xavfsizlik, umumiy va milliy xavfsizlik muammolariga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi. Xavfsizlik tushunchasi o‘zining obyektlari va subyektlari nuqtai- nazaridan turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Ammo hozirgi davrda bu tushunchaning umumlashgan shakli milliy xavfsizlik deb ataladi. 1.1.1-chizma. Xavfsizlikning obyekti va subyekti. Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasining mazmun va mohiyatini yoritib berishdan oldin milliy xavfsizlik tushunchasiga to‘xtalib o‘tish kerak bo‘ladi. Milliy xavfsizlik manfaatlarni himoyalashning umumiy shakli sifatida manfaat va ehtiyojlarni qondirish, moddiy, ma’naviy, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo‘lish va farovonlikka intilish to‘g’risidagi barcha tasavvurlarni ifodalaydi. Mamlakatning milliy xavfsizligi uning milliy manfaatlarini turli siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ekologik, g’oyaviy va boshqa omillar ta’siri va tahdidlardan himoya qilishga yo‘naltiriladi. Shuning uchun ham milliy xavfsizlik tarkibi murakkab tuzilishga ega bo‘lib, siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ekologik, g’oyaviy, mafkuraviy, axborot xavfsizligini o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy xavfsizlik – iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. U iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy o‘sish ta’minlangan, ijtimoiy ehtiyojlar optimal darajada qondirilgan, ratsional boshqarish amalga oshirilgan, milliy va xalqaro darajalarda iqtisodiy manfaatlarning himoyalangandagi holatini ifodalaydi. Iqtisodiy xavfsizlik – bu iqtisodiyotning shunday holatidirki, bunda uning barqaror o‘sishi, ijtimoiy ehtiyojlarning maqbul darajada qanoatlantirilishi, boshqaruvning yuksak sifati, iqtisodiy manfaatlarni milliy va xalqaro darajalarda himoyalash ta’minlanadi. Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning eng muhim elementi, moddiy bazasi hisoblanadi. Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyot nazariyasi va siyosatshunoslikning sintetik kategoriyasi bo‘lib, iqtisodiy tobelik va mustaqillik, barqarorlik va himoyasizlik, iqtisodiy suverenitet hamda iqtisodiy bosim o‘tkazish, shantaj qilish, majburlash va tajovuzkorlik kategoriyalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Iqtisodiyotga oid adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlik jamiyat, davlat va iqtisodiyotning maqbul nisbatiga bog‘liq bo‘lgan xususiyat sifatida ifodalanadi. Iqtisodiy xavfsizlik kategoriyasini ta’riflash uchun, eng avvalo, iqtisodiyotning normal ishlashini belgilovchi omillarning majmuasini aniqlab olish, shundan keyingina uni umumiy, milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan sistema sifatida hamda milliy xavfsizlikning alohida ajralgan qismi emas, balki uning uzviy tarkibiy qismi sifatida qarash kerak. Bu borada mashhur rus olimi N.M.Kalinina shunday deydi: “Iqtisodiy xavfsizlik bu mamlakat iqtisodiyotida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida ichki va tashqi iqtisodiy xavf-xatarlarga qarshi tura olish salohiyatidir” Hozirgi paytda iqtisodiy xavfsizlik bu – mamlakat iqtisodiyotini doimiy barqaror rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan chora- tadbirlarning umummilliy majmuasi bo‘lib, u albatta davlatning ijtimoiy- siyosiy barqarorligi va mustaqilligini hamda tashqi va ichki tahdidlarga qarshi turish mexanizmini ko‘zda tutadi. Ilmiy adabiyotlarda va darsliklarda «iqtisodiy xavfsizlik» tushunchasining turlicha talqinlari berilgan. Bir guruh olimlar mazkur tushuncha mazmunini mamlakatning yetarli mudofaa salohiyatini, davlat siyosatining ijtimoiy yo‘naltirilganligini, milliy manfaatlarni himoya qilishni kafolatlashga qodir bo‘lgan iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining ahvoli sifatida ta’riflaydi. Boshqa bir guruh olimlar esa o‘rganilayotgan tushunchani hokimiyat institutlarining iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan, milliy manfaatlarni himoya qilish va ro‘yobga chiqarish hamda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlash mexanizmlarini yaratishga qodirligi va tayyorligi, deb talqin qiladilar. A. Isaxodjaev va A. Rasulevlarning fikricha, iqtisodiy xavfsizlik bu faqat milliy manfaatlarni himoya qilishdan iborat bo‘lmay, davlat hokimiyati institutlari, ijtimoiy assotsiatsiyalar, xususiy sektorning mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining milliy manfaatlarini amalga oshirish va himoya qilish mexanizmini yaratish, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlashga tayyorligi va qobiliyatidir. “Iqtisodiy xavfsizlik” deganda iqtisodiyotning mamlakat ijtimoiy, siyosiy va mudofaa qobiliyatining yetarli darajasini ta’minlash imkonini beradigan holati tushuniladi. “Iqtisodiy xavfsizlik” – bu xalqning (davlat orqali) mustaqil ravishda, tashqaridan bo‘ladigan aralashish va tazyiqlarsiz o‘z iqtisodiy taraqqiyot yo‘li hamda shakllarini belgilashidir. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling