Mundarija: Kirish i-bob. Iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati va
III-Bob. IQTISODIY XAVFSIZLIKNI TA'MINLASH
Download 0.5 Mb.
|
Iqtisodiy xavfsizlik.
III-Bob. IQTISODIY XAVFSIZLIKNI TA'MINLASH MEXANIZMI.
3.1 Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda davlatning tartibga soluvchilik vazifalari. Mamlakatimiz adabiyotlarida iqtisodiy o‘sish deganda ijtimoiy mahsulot va uni ishlab chiqarish omillarining miqdor va sifat jihatdan takomillashuvi tushuniladi. «Iqtisodiy o‘sish» kategoriyasi quyidagilarga ega:8 a) o‘z mazmuniga (ijtimoiy takror ishlab chiqarish); b) harakatlanish mexanizmi (xodimlar, ishlab chiqarish vositalari, tabiat, texnologiyalarning o‘zaro munosabatlari); v) ushbu harakatning ishlab chiqariladigan mahsulotning o‘sish sur’atlarida o‘z ifodasini topadigan miqdor va sifat belgilari; g) ijtimoiy-iqtisodiy natija (milliy boylik); d) maqsad (xalq farovonligi). Xavfsizlikni, shu jumladan, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash davlat siyisatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning uchun, avvalambor, uning siyosiy-tashkiliy va huquqiy asoslari yaratiladi. Ushbu maqsadda konsepsiya ishlab chiqiladi. Uni ishlab chiqish esa iqtisodiyot holatini obyektiv baholash hamda uning rivojlanish tamoyili va tendensiyalarini prognoz qilishga asoslanadi. Xavfsizlik konsepsiyasi asosida uni ta’minlashning davlat strategiyasi ishlab chiqiladi.. Iqtisodiy adabiyotlarda davlat iqtisodiy strategiyasining uch jihati va tarkibiy qismlari ajratib ko‘rsatilgan: Iqtisodiy xavfsizlik va mamlakat hayot faoliyati muhim sohalarining himoyasini ta’minlaydigan milliy, davlat manfatlarini aniqlash. Shaxs, jamiyat va davlatning muhim hayotiy manfaatlariga ziyon keltiradigan iqtisodiy xavfsizlikka tahdid va xavf-xatarlarni tavsiflash. Bunda qisqa, o‘rta va uzoq muddatli davrlarda davlat hamda ijtimoiy- iqtisodiy tizim barqarorligiga zararli, salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va sharoitlar aniqlanadi. Iqtisodiy xavfsizlikning turli tahdidlar, xavf-xatarlardan barqaror himoyalanishini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy siyosatni shakllantirish, institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirsh bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish. Iqtisodiy xavfsizlik quyidagilarni o‘z ichiga oladi:9 To‘lov qobiliyatini saqlash Iqtisodiy subyektning kelajakdagi pul oqimlarini rejalashtirish bandlilik xavfsizligi Ko‘pgina ko‘rsatkichlari bo‘yicha mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy tizimining chegaraviy qiymatlari iqtisodiy tahdidlar doirasidan tashqariga chiqmadi. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: yalpi ichki mahsulotning natural-ashyoviy hajmi; asosiy kapitalga investitsiyalar; ijtimoiy ko‘rsatkichlar. Iqtisodiyot sohasida ustuvor yo‘nalish aholining farovonligini o‘stirishbo‘lgani sababli, aynan u YAIM hajmining chegaraviy qiymatlarini va u bilan bog‘liq boshqa ko‘rsatkichlarni hisoblashda dastlabki bosqich bo‘lishi kerak. Aholining ijtimoiy holati uchta ko‘rsatkich bo‘yicha baholanadi: yashash uchun eng kam daromadga ega bo‘lgan aholining ulushi; aholining eng ko‘p ta’minlangan 10 foiz bilan eng kam ta’minlangan 10 foizning o‘zaro nisbati; aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad va yashash uchun zarur eng kam daromad o‘rtasidagi nisbat. Jahon amaliyotining ko‘rsatishicha, yashash uchun zarur eng kam darajadan ham kam daromadga ega bo‘lgan aholining ulushi 7–10 foizni, eng boylar va eng kambag‘allar daromadlari o‘rtasidagi farq esa sakkiz baravardan ortiq bo‘lmaganida ijtimoiy sohadagi tahdidlar eng kam darajada bo‘ladi. Ayrim rossiyalik olimlar iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlarining chegaraviy qiymatini belgilashda 1990- yildan boshlab BMT qabul qilgan Inson rivojlanishining indeksi (IRI)ni qabul qilishni taklif etadilar. Ushbu indeks ijtimoiy taraqqiyotning eng aniq umumlashtiruvchi ko‘rsatkichi (mezoni) hisoblanadi. Tatqiqotchilarni ta’kidlashicha, xududlararo nizolarni kamayishiga qaramay, siyosiy beqarorlik davom etmoqda, va bir qancha davlatlar iqtisodiy nochorlikka uchrashning ostonasida. Rossiya iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlarining chegaraviy qiymatlarining uchta asosiy guruhi ajratiladi. Birinchi guruhga ishlab chiqarish sohasi, uning tashqi olamga juda kam bog‘liq bo‘lgan sharoitda faoliyat ko‘rsata olishi kiradi. Ushbu guruhda ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha chegaraviy qiymatlar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Masalan, Rossiya davlati uchun YAIM hajmi bo‘yicha quyidagi chegaraviy qiymatlar qabul qilingan: umuman olganda – «katta ettilik» mamlakatlari bo‘yicha o‘rtacha indikatorning 75 foiz; aholi jon boshiga – «katta ettilik» mamlakatlari bo‘yicha o‘rtacha darajaning 50 foiz; jahondagi o‘rtacha indikatorning 100 foiz. CHegaraviy qiymatlarning ushbu guruhida ichki ishlab chiqarish tarkibida importning ulushi muhim o‘rin tutadi. Bunda quyidagi chegaraviy qiymatlar maqbul hisoblanadi: ishlov beruvchi sanoatning sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmidagi ulushi – 70 foiz; YAIMda investitsiyalarning ulushi – 25 foiz; sanoat ishlab chiqarishida mashinasozlikning ulushi – 20 foiz; aholining ichki iste’molida importning ulushi – 30 foiz, jumladan oziq-ovqat ulushi – 25 foiz. Fan yutuqlariga asoslangan tarmoqlar va ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish ayniqsa katta xavotir uyg‘otmoqda. Ishlab chiqarishning umumiy hajmida mahsulotning yangi turlari bo‘yicha chegaraviy qiymat 6 foizni tashkil qiladi. Iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlari chegaraviy qiymatlarining ikkinchi guruhi aholining turmush darajasi va sifatiga taalluqlidir. Xorij iqtisodiy adabiyotlarida quyidagi chegaraviy qiymatlar belgilangan: aholi tarkibida yashash uchun zarur eng kam darajadan kam daromadga ega bo‘lgan fuqarolarning ulushi 7 foizni tashkil etadi; umr davomiyligi – 70 yil; boylar va kambag‘allar daromadlari o‘rtasidagi farq – 8 baravar; ishsizlik darajasi – 7 foiz. CHegaraviy qiymatlarning uchinchi guruhi moliyaviy holatni qamrab oladi. Moliyaviy sohada mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga eng katta tahdid iqtisodiyot monitizatsiyasi darajasining juda pastligidir. O‘zbekistondada pul massasini kamaytirish orqali inflyasiya jarayonlarini pasaytirish siyosati iqtisodiyotni monitsizatsiyalash bo‘yicha chegaraviy va amaldagi qiymatlar o‘rtasidagi katta farqni keltirib chiqardi, bu esa korxonalarning muomala mablag‘lari etishmasligiga va qarz bo‘lib qolishiga olib keldi. Metodologik nuqtai nazaridan, chegaraviy qiymatlarning bir xil ko‘rsatkichlari (parametrlarini) belgilash har doim ham o‘zini oqlamaydi. Masalan, chegaraviy ko‘rsatkichlarning birinchi guruhida investitsiyalarning YAIMdagi ulushi 25 foizdan kam bo‘lsa, bu hol mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga tahdid hisoblanishi ko‘rsatilgan. Biroq YAIMda investitsiyalarning ulushi 40 foiz bo‘lishi ham tahdid solishi mumkin. Ushbu ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq faqat shundaki, birinchi holda mehnat vositalarinig moddiy va ma’naviy jihatdan eskirishi oqibatida iqtisodiyotning to‘xtab qolishi tahdidi yuzaga keladi, ikkinchi holda esa aholining turmush darajasi va sifati pasayishiga olib keladi. Bundan kelib chiqadiki, iqtisodiy xavfsizlikning bir qator chegaraviy qiymatlari bo‘yicha bir xil chegaraviy indikator emas, balki o‘ziga xos muayyan «yo‘lak» ishlab chiqish zarur. Bozor munosabatlari sharoitida davlat iqtisodiyotga aralashib, bozor mexanizmining amal qilishiga ko‘maklashadi va aholini uning salbiy oqibatlaridan himoyalash chora-tadbirlarini ko‘radi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishdan ko‘zlangan asosiy maqsad bozor munosabatlarini muayyan va ma’lum yo‘nalishda rivojlantirib, iqtisodiy tanglik, tahdid va xavf-xatardan himoyalash hamda aholi turmush darajasining pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iboratdir. Iqtisodiy xavfsizlikning yuqori darajasiga erishish uchun, davlat tizimlarning asosiy funksional komponentlarini maksimal darajada ta’minlashi kerak, bularga quyidagilarni kiritish mumkin: Moliyaviy; Intellektual mulk; Texnika va texnologiya; Ekologiya; Axborot oqimi. Davlat iqtisodiyotni tartibga solishning quyidagi yo‘nalishlarida ham faoliyat yuritadi: iqtisodiyodagi jarayonlarni obyektiv, keng qamrovli monitoringi, shu jumladan, shaxs, davlat va jamiyatning muhim hayotiy manfaatlariga ichki hamda tashqi tahdidlarni aniqlash va prognozlashtirish uchun axborotlar bazasini yaratish; iqtisodiy manfaatlarga bo‘lgan tahdidlarning oldini olish, ularning salbiy oqibatlarini yengish hamda barham berish bo‘yicha jarima va uzoq muddatli chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish. Bunda davlatning iqtisodiy xavfsizlik strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish chora-tadbirlarining natijalari baholanadi. Iqtisodiy xavfsizlik sohasida qo‘lanuvchi siyosiy vositalardan mamlakat iqtisodiyotiga boshqa mamlakat yoki bir necha mamlakatlar tomonida yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar, iqtisodiy huruj, tahdidlardan himoyalanish maqsadida foydalaniladi. Ushbu siyosiy vositalar o‘z ichiga quyidagilarni oladi: BMT va BMTning Xavfsizlik kengashida mamlakat milliy-iqtisodiy manfaatlariga mos keladigan rezolyutsiyalar qabul qilinishiga erishish; xalqaro arbitraj yoki xalqaro sudga iqtisodiy tazyiq, tahdidlar yuzasidan murojaat qilish; muzokaralar o‘tkazilishini tashkil qilish va amalga oshirish; xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda a’zo sifatida yoki kuzatuvchi maqomida mamlakat milliy-iqtisodiy manfaatlarini amalga oshirish maqsadida faoliyat yuritish; o‘zaro manfaatli xalqaro iqtisodiy hamkorlik shartnomalarini ratifikatsiya qilish va h.k. Shuni aytib o‘tish joizki, iqtisodiy xafsizlikni ta’minlashda davlat boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlari Respublika Prezidenti rahbarligidagi Milliy xavfsizlik kengashi tomonidan amalgam oshiriladi. Xavfsizlik kengashi a’zolari mamlakat Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Uning tarkibiga Bosh vazir, Xavfsizlik kengashi kotibi, Tashqi ishlar vaziri, milliy xavfsizlik xizmati rahbari, mudofaa va ichki ishlar vazirliklarining rahbarlari kiradi. Kengash doirasida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha idoralararo doimiy komissiya faoliyat yuritadi. Ushbu komissiya Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining tegishli qo‘mitalari bilan iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning qonunchilik bazasini takomillashtirish borasida hamkorlik qiladi, shuningdek, Xavfsizlik kengashiga iqtisodiy xavfsizlik sohasidagi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar, tavsiyalar ishlab chiqadi va bu boradagi turli vazirlik hamda muassasalar, hududiy boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga ko‘maklashadi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling