Mundarija: Kirish i-bob. Iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati va
Download 0.5 Mb.
|
Iqtisodiy xavfsizlik.
Xulosa va takliflar.
Zamonaviy jahon iqtisodiyoti xalqaro mehnat taqsimoti asosida milliy iqtisodiyotlar o‘rtasida barqaror, har tomonlama o‘zaro aloqadorlikning shakllanishi oqibatida xo‘jalik haayotining xalqaro miqyosda internatsionallashuvini ifodalaydi. Buning oqibatida iqtisodiy makon vujudga kelmoqda. Ushbu makonda xalqaro tovarlar, xizmatlar, xom ashyo resurslari, moliyaviy mablag’lar, kapital, ishchi kuchi bozorlari vujudga kelib, ular o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik hamda bog’liqlik kuchaymoqda. Jahon miqyosida global-texnologik, moliyaviy, axborot, madaniy tizimlar jadal ravishda rivojlanmoqda. Mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning xavfsizligini ta’minlashda davlat markaziy o‘rin egallaydi. Mamlakatda “xufiyona iqtisodiyot” darajasining yuqoriligi poraxo‘rlik darajasining ham yuqori darajada bo‘lishiga zamin yaratadi. Umuman, xufiyona iqtisodiyotning ma’lum bir davlat misolida qanchalik darajada rivojlanganligini aniq belgilab bo‘lmaydi. Mamlakat ichki iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning muhim sharti barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, aholi turmush darajasini oshirish va turmush shroitlarini yaxshilash hisoblanadi. Chunki ijtimoiy sohada, hayotda keskinlikning vujudga kelishi mamlakat iqtisodiy xavfsizligi uchun xavf-xatar tug’dirishi shubhasizdir. Mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga kishilar o‘rtasidagi noformal, iqtisodiy aloqa va munosabatlar ham tahdid soladi. Bu tahdidda sabab bo‘luvchi holatlarni kassa nazoratidan tashqaridagi hisob-kitoblar, maishiy xizmat ko‘rsatish, uy-joylarni ijaraga berishga naqd pulni noformal munosabat va aloqalarda ko‘rish mumkin. Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun asosiy mahsulotlar bo‘yicha importga bog’liqlikka barham berish, tayyor mahsulotlarni eksport qilishni kuchaytirish lozim. Buning uchun mamlakat iqtisodiyoti tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xom ashyo, oraliq mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni, mahsulotlarni eksport qilishga yo‘naltirilgan mahsulotga aylantirish maqsadga muvofiqdir. Shundagina mamlakatning iqtisodiy ahvoli jahon bozorlaridagi konyuktura o‘zgarishlariga, resurs baholarining o‘zgarishiga bog’liq bo‘lmaydi. Shu boisdan, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan davlat strategiyasi iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgartirishlar qilishga, sanoat, moliya va bank tizimini mustahkamlashga qaratiladi. Buning uchun, texnologik jihatdan orqada qolishga barham berish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish lozim bo‘ladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling