Mundarija: Kirish i-bob. Iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati va


Download 0.5 Mb.
bet4/9
Sana17.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1539576
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Iqtisodiy xavfsizlik.

II-Bob. Iqtisodiy xavfsizlik shakllari va asosiy ko‘rsatkichlar.
2.1 Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo‘lish shakllari.
Iqtisodiy xavfsizlik davlatni moliyaviy barqarorligini ta’minlaydi, buning uchun iqtisodiyot sohasini rivojlantirish bo‘yicha barcha chora tadbirlarni amalga oshirish lozim.
«Iqtisodiy xavfsizlik» kategoriyasi umumlashma xususiyatga ega bo‘lib, barqarorlikni ham, mustaqillikni ham, manfaatlarni ham qamrab oladi. Iqtisodiy xavfsizlikning juda murakkab va ko‘p darajali tuzilishida «barqaror iqtisodiy o‘sish» va «iqtisodiy manfaatlarni himoya qilish» yetakchi o‘ringa chiqib bormoqda, aynan ular mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda ustunlik qiladi.
U yoki bu kategoriyaning predmetini ta’riflash tadqiqot obyektini aniqlashni taqozo etadi. Ammo «predmet» va «obyekt» turli tushunchalardir. Predmet hodisaning mohiyatini, obyekt esa hodisaning o‘zini ifodalaydi. Iqtisodiy xavfsizlikning obyektlarini umuman mamlakatning iqtisodiy tizimi va uning quyidagi tarkibiy qismlari tashkil etadi: tabiiy resurslar, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlari, mehnat resurslari, moliyaviy resurslar, xo‘jalik tuzilmalari, ijtimoiy birliklar, oila, shaxs va h.k.
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi, ichki iqtisodiy muammolarni hal qilish bilan bog‘liq tashqi tahdidlarni ham bartaraf etishdir, bular hozir tarixiy bosqichda iqtisodiy xavfsizlikka asosiy tahdiddir.
Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo‘lish shakllarini uning subyektlari va obyektlari nuqtai nazaridan turkumlash mumkin.
Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi uning hayotiy manfaatlarini, ya’ni yashash va shaxsiy daxlsizlik, erkin mehnat qilish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish, mulkdor bo‘lish, hayotiy iste’mol ehtiyojlarini qondirish, salomatligini saqlash, bilim olish va kasbga ega bo‘lish, qariganda va mehnat yo‘qotganda intimoiy ta’minot olish huquqlarining himoyalanganligini ifodalaydi. Bunda shaxsning bozor iqtisodiyotida iste’molchi va ishchi, xizmatchi, tadbirkor sifatidagi ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklari, manfaatlarining himoyalanganligi, kafolatlanganligi nuqtayi nazaridan iqtisodiy xavfsizlikning ikki turini ajratib ko‘rsatish lozim.
Korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligini tahlil qilish jarayonida ularni islab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, moliyaviy, savdo-tijorat, notijorat va jamoatchilik tashkilotlari mavqeyida faoliyat yuritishlari nuqtayi nazaridan turkumlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Korxona (firma)ning ixtisosligiga ko‘ra xavfsizligini ta’minlashning xususiyatlari ham turlicha bo‘ladi.
Xo‘jalik faoliyati sohalarida yuzaga keladigan iqtisodiy xavfsizlik turlari:5

  1. Ishlab chiqarish-xo‘jalik sohasidagi xavfsizlik:

  2. energetik xavfsizlik;

  3. texnologik xavfsizlik va h.k.

  4. Xo‘jalik-iste’mol sohasidagi xavfsizlik:

  5. oziq-ovqat xavfsizligi;

  6. ekologik xavfsizlik va h.k.

  7. Moliyaviy xavfsizlik:

  8. qarzdorlik;

  9. to‘lovga noqobillik va h.k.

Iqtisodiy xavfsizlik turlarining mohiyati, vujudga kelish sabablarini o‘rganish, milliy manfaatlarga tahdidlarni aniqlash, ularning oldini olish va uklardan muhofazalanish chora-tadbirlari, mexanizmlarini ishlab chiqish hamda vujudga keltirishga imkon beradi. Buning uchun ushbu xavf- xatarlar va xavfsizlik darajasini aniqlash, ularning ko‘rsatkich va mezonlarini o‘rganish lozim bo‘ladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling