Mundarija: Kirish i-bob. Iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati va
Download 0.5 Mb.
|
Iqtisodiy xavfsizlik.
1.2 Iqtisodiy xavsizlikning turlari va tarkibiy elementlari.
Iqtisodiy xavfsizlik o‘zining obyekt va subyektlariga ega bo‘lib, uning obyekti deganda mamlakatning iqtisodiy tizimi hamda uni tashkil etuvchi elementlari tushuniladi. Iqtisodiy xavfsizlik obyektlariga quyidagilar kiradi:2 tabiiy boyliklar; inson resurslari, mehnatga layoqatli aholi; ishlab chiqarish fondlari; ko‘chmas mulk; moliyaviy resurslar; xo‘jalik tizimlari; mintaqalar; oila; inson. Iqtisodiy xavfsizlik subyektlari quyidagilardan iborat: funksional va tarmoq vazirliklari hamda idoralari; soliq xizmatlari; bojxona xizmatlari; banklar; birjalar; sug’urta kompaniyalari; qonun chiqaruvchi organlarning tegishli qo‘mita va komissiyalari; mahsulot ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar, ish va xizmatlar ko‘rsatuvchilar; L.Abalkinning ta’kidlashicha, mamlakatning o‘z-o‘zidan rivojlanish va taraqqiy etishga qodirligi ayniqsa hozirgi paytda o‘ta muhimdir. Investitsiya va innovatsiyalar uchun kerakli muhitni yaratish, ishlab chiqarishni muntazam modernizatsiya qilish, xodimlarnining bilim, kasb- malaka, umumiy madaniy darajasini oshirish kabilar milliy iqtisodiyotning barqarorligining zarur va muhim shartlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiy xavfsizlik va yagona davlat siyosatiga, shaxs, jamiyat va davlat xayotiy manfaatlariga mos iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy va boshqa choralar tizimi orqali erishiladi. Iqtisodiyot sohasida mamlakatning milliy manfaatlarini himoya qilish davlat tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy vazifalari quyidagilardir:3 iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; tovar va xizmatlarni sotish (o‘tkazish) bozorini kengaytirish; MDHga a’zo mamlakatlarning umumiy iqtisodiy makonini yaratish. Jahon tovar va xizmatlar bozoridagi raqobat kuchaygan sharoitda O‘zbekiston tadbirkorlarining manfaatlari himoyasini kuchaytirish zarur. Mamlakatning tashqi qarzlarga bog‘liqligini kamaytirishda muvozanatlashgan kredit-moliya siyosatini amalga oshirish alohida o‘rin tutadi. Strategik tabiiy resurslar konlarini, shuningdek, telekommunikatsiyalar, transport va tovar o‘tkazuvchi tarmoqlarni xorijiy kompaniyalarga foydalanish uchun berishda cheklovlar belgilash zarur. Iqtisodiy xavfsizlikni asosiy obyektlari-shaxs va uning xuquq erkinliklari, uning moddiy va ma’naviy qadriyatlari, davlat va uning konstitutsiyaviyligi turar-joy tizimi, suverenitet va xududiy yaxlitlik. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash ichki iqtisodiy siyosatda quyidagi yo‘nalishlardan foydalanishni taqozo etadi:4 iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishini kuchaytirish; islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash hamda mamlakat qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishning samarali mexanizmini yaratish; ilmiy-texnikaviy, texnologik va ishlab chiqarish salohiyatini saqlab qolish hamda rivojlantirish choralarini ko‘rish; fan yutuqlaridan foydalanishga asoslangan tarmoqlar va ishlab chiqarishni ilgarilama rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiyot tarkibidagi buzilishlarini eliminatsiya qilish; investitsiya va innovatsiya sohasidagi faollikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni oshirib borish; raqobatbardosh tarmoqlar va ishlab chiqarish sohalarini, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ustuvor yo‘nalish sifatida rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratish; moddiy va moliyaviy resurslarni fan va texnikaning ustuvor yo‘nalishlariga jamlash; mamlakatdagi yetakchi ilmiy maktablarni qo‘llab-quvvatlash. Iqtisodiy xavfsizlik deganda, iqtisodiyotning shunday ahvolini tushunish kerakki, bunda unga tanazzulga yuz tutish samaradorlik darajasining pasayishi_kabi xavflar taxdid qilmaydi, u inqirozga yo‘liqqan taqdirda ham tezda qayta tiklanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Uning bu qobiliyati takror ishlab chiqarishni bir maromda borishini bildiradi, Iqtisodiy xavfsizlik strategiyasini ishlab chiqish, unga siyosiy va xo‘jalik qarorlarini qabul qilish jarayonida normativlik xususiyatini berish, ijtimoiy jarayonlarni boshqarish mexanizmiga tahdidlarning paydo bo‘lganidan xabar beruvchi indikatorlarni kiritish, ularni bartaraf etish bo‘yicha samarali choralar — bularning hammasi davlat siyosatining yo‘nalishlarini tashkil etadi. Barqarorlikni ta’minlashning asosiy vositasi qarshilik ko‘rsatayotgan kuchga qarama-qarshi kuch yaratishdir, jahon iqtisodiy rivojlanishining hozirgi holatiga jamiyat xo‘jalik faoliyatining har qanday sohasidagi va ishlab chiqarish munosabatlarining har qanday darajasida iqtisodiy xavfsizlik muammolarining mavjudligi xosdir.Bularning barchasi to‘la darajada respublikamizdagi vaziyatga ham taalluqli. Shuning uchun, bizningcha, jamiyatimiz iqtisodiy rivojlanishida iqtisodiy xavfsizlik-ning ustunligi umuminsoniy qadriyatlar bilan ham, O‘zbekistonning milliy xususiyatlari bilan ham ajralib turadigan ishlab chiqarish munosabatlari tizimining barcha tarkibiy qismlarida saqlanib qoladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling