Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Iqtisodiy tsikl va inqirozlarning kelib chiqish sabablari


Download 3.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/197
Sana05.10.2023
Hajmi3.5 Mb.
#1692280
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   197
Bog'liq
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

12.3. Iqtisodiy tsikl va inqirozlarning kelib chiqish sabablari 
Yalpi talab va yalpi taklif, ishlab chiqarish bilan iste`mol, iste`mol va jam`garish hamda 
daromadlar bilan xarajatlar o`rtasida ziddiyat vujudga kelganida va bu ziddiyat kuchayib 
ketganida inqirozlar yuzaga keladi. 
Tovar ishlab chiqarishni iste`moldan ajralib qolishi tasodif emas. Texnika taraqqiyoti foyda 
normasining pasayishiga olib keladi. Ishlab chiqarishdan ishchilar siqib chiqariladi. Avvalgi 
darajada foyda massasini saqlab qolish uchun ishlab chiqarishni kengaytirishga qo`shimcha 
kapital, investitsiya sarflanadi. Ishlab chiqarish ijtimoiy iste`moldan ortib ketadi va natijada 
inqiroz yuz beradi. 
Muvozanatning buzilishi iqtisodiyotda tang ahvol, krizisga olib keladi. Krizis –bu murakkab 
jarayon. Unga turli jihatdan yondashish mumkin. 
Krizislar turli-tuman tarzda ro`y bersa-da, ularni umumiy, o`xshash tomonlarini nazarda 
tutib guruhlarga ajratish mumkin: 
1. Xo`jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko`ra, krizislarni umumiy hamda 
ayrim sohalarda yuz beradigan krizislarga bo`lish mumkin. Umumiy krizislar butun milliy 


xo`jalikni qamrab oladi, ikkinchisi esa qisman, ya`ni ayrim sohalar yoki tarmoqlarga xos tanglik 
tarzida yuz beradi. 
Masalan, moliyaviy krizis — davlat moliyasini chuqur tanglikka tushishi. U surunkali 
byudjet taqchilligida namoyon bo`ladi. Eng yomoni, davlatning chet el qarzlari bo`yicha to`lov 
qobiliyatini yo`qotishidir. 1929-1933 yili Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Italiya, 1998 
yili Rossiya tashqi zayomlar bo`yicha to`lovni to`xtatishgan. 1931 yili AQSh tashqi qarzlar 
bo`yicha hamma to`lovlarni bir yilga muddatini uzaytirgan. 1998 yili Indoneziyada ro`y bergan 
moliyaviy krizis tufayli aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan YaIM 14,6%ga pasaydi. 
Pul-kredit krizisi. Mamlakatda pul-kredit tizimining tang ahvolga tushishi bo`lib, bunda 
tijorat va bank krediti qisqaradi. Banklardan mijozlar yoppasiga o`z pullarini olishni boshlaydilar. 
Tadbirkorlar va aholi naqd pul ketidan quvishga tushadilar. Aktsiya va obligatsiyalarning kursi, 
bank protsenti tushib ketadi. Banklar sinib, yalpi bankrotga uchraydilar. 
Valyuta krizisi. Bunda milliy valyutaning obro`si tushib ketadi. Chet elning obro`li 
valyutalari yetishmaydi. Bankda valyuta zaxirasi tugab boradi, milliy valyuta kursi tushib ketadi. 
Aholining obro`li valyuta ketidan quvishi ahvolni yanada qiyinlashtiradi. Bunga yorqin misol 
sifatida Argentina va Tailandda yuz bergan krizislarni ko`rsatish mumkin.
Birja krizisi. Bu tanglik birjada qimmatbaho qo`gozlar kursini birdan tushib ketishi va 
ularda emissiya qilishni qisqarishi, fond birjalari faoliyatidagi chuqur tushkunlikda ifodalanadi. 
Ekologik krizis. Atrof-muhitni, eng avvalo, inson salomatligini yo`qotish, umrining 
qisqarishiga olib keladigan darajadagi vaziyatning vujudga kelishi bilan ifodalanadi. U sanoatni 
shiddatli tarzda o`sishiga yo`l qo`ymaydi. 

Download 3.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling