Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
3. Uzoq muddatli tsikl. (40-60 yil).
XIX asr oxiri XX asr boshlarida ko`pchilik iqtisodchilar statistik ma`lumotlar asosida narxlar va protsent stavkalarining ko`tarilishi hamda tushishiga e`tibor qaratishda. Keyinchalik esa u bilan bo`gliq iqtisodiy jarayonlarda ham o`zgarishlar sodir bo`lishi sabablarini izohlab berishga harakat qilishdi. Bir uzun to`lqinni ikkinchisi bilan almashinishi ishlab chiqarish absolyut miqdorining pasayishi tarzida yuz berishi shart emas. U iqtisodiy o`sish sur`atining tezlashuvi va sekinlashuvi almashib turishini uzoq muddatli tendentsiyasi tarzida yuz beradi. Iqtisodiyotdagi ana shunday holatni chuqur hamda o`z fikrlarini asoslagan holda rus iqtisodchisi N. D. Kondrat yev (1892-1938 yil) izohlab berdi. Shu sababli uni Kondrat yev tsikli deb ham atashadi. Katta yuksalish asosini u ishlab chiqarishga yangi texnologiya, jahon xo`jaligiga yangi mamlakatlarning qo`shilishi (iqtisodiy ravnaqi), oltin qazib olish hajmining o`zgarishi, umuman, texnik taraqqiyot, ishlab chiqarishning tarkibiy o`zgarishi bilan bo`glaydi. Muvozanatning tiklanishi fazasida asosiy kapitalning passiv qismi yangilanadi, o`rta tsiklda esa, asosan, aktiv qismi yangilanadi. Shu bilan birga, katta tsikllarning davri aniqlanadi: 1- to`lqin 1772-1783 yillardagi depressiyadan 1812-1825 yildagi beqarorlikkacha; 2- to`lqin 1825-1838 yillardagi depressiyadan 1866-1873 yillardagi beqarorlikkacha; 3- to`lqin 1873-1885 yillardagi depressiyadan 1913-1929 yillardagi beqarorlikkacha; 4- to`lqin 1929-1938 yillardagi depressiyadan 1966-1974 yillardagi beqarorlikkacha; 5- to`lqin 1974-1982 yillardagi depressiyadan boshlangan. Bu to`lqin, iqtisodchilarning fikricha, 2010 yillargacha davom etishi va 2010-2015 yillardan yangi 6–to`lqin boshlanishi mumkin. Bu tsikl mikroelektronika, boshqariladigan termoyadro energetikasi, gen injenerligini ishlab chiqarishga jalb etilishi bilan ajralib turadi. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling