Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O`zbekistonga ta`siri va uni bartaraf etish
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
12.4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O`zbekistonga ta`siri va uni bartaraf etish yo`llari Ko`plab mamlakatlarni qamrab olgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi O`zbekistonga ham o`z ta`sirini o`tkazdi. Bu borada O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “... tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta`sir ko`rsatmaydi, bizni chetlab o`tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o`ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo`lmas xato bo`lur edi” 1 , - deb ta`kidladi. Bunga sabab O`zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismiga aylangan. Buning tasdi`gini, Yurtboshimiz ta`biri bilan aytganda, respublikamizning tashqi dunyo bilan aloqalarining tobora kengayib borayotganida, rivojlangan mamlakatlar ko`magida va hamkorligida mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo`yicha dasturlarning amalga oshirilayotganida, O`zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvida, mahsulot va tovarlar importi va eksportining o`sib borishida yaqqol ko`rishimiz mumkin. Shu boisdan ham global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz va uning oqibatlari mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta`sir etmoqda. Inqiroz ta`sirini Yurtboshimiz “Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O`zbekiston eksport qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral o``gitlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib bormoqda. Bu esa, o`z navbatida, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va investorlarning eksportdan oladigan tushumlari kamayishiga olib keladi. Ularning foyda ko`rishiga va ishlab chiqarish rentabelligiga, oxir-oqibatda esa makroiqtisodiy ko`rsatkichlarimizning o`sish sur`atlari va iqtisodiyotimizning boshqa tomonlariga salbiy ta`sir etadi” 2 , - deb izohlab berdi. 1 Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. –Т.: Ўзбекистон, 2009, 11-бет. 2 Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. –Т.: Ўзбекистон, 2009, 12-бет. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O`zbekistonga ta`siri boshqa ko`pgina davlatlarga nisbatan bir muncha yumshoq bo`layotganini hayotning o`zi tasdiqlamoqda. Bunga sabab O`zbekistonda qabul qilingan o`ziga xos islohot va modernizatsiya modeli asosida mamlakatimizda amalga oshirilgan tub o`zgarishlar milliy iqtisodiyotimizning barqaror va mutanosib rivojlanishini tashqi salbiy holatlarga, turli inqirozlarga bardoshli bo`lishini ta`minladi. Shu boisdan ham Prezident I.A.Karimov: “Biz istiqlolning dastlabki yillarida qabul qilgan, mashhur besh tamoyilga asoslangan ijtimoiy yo`naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o`tish modeli yildan-yilga ilgarilab borganimiz sari o`zini amalda oqlab, naqadar to``gri va puxta ekanini isbotlamoqda, deb aytish uchun bugun barcha asoslarimiz yetarli. Birinchi navbatda, iqtisodiyotning mafkuradan xoli bo`lishi, iqtisodiyotning siyosatdan ustunligida o`z ifodasini topgan pragmatik iqtisodiy siyosat, davlatning bosh islohotchi vazifasini o`z zimmasiga olishi, qonun ustuvorligini ta`minlash, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish, islohotlarni bosqichma-bosqich va vazminlik bilan amalga oshirish kabi tamoyillar – ayniqsa, dunyoda avj olib borayotgan moliyaviy va iqtisodiy inqiroz sharoitida o`zining dolzarbligi va hayotiyligini yana bir bor ko`rsatmoqda” 1 , - deb ta`kidlagan. O`zbekistonda ushbu siyosat orqali moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta`minlash uchun asos yaratilgan.. O`zbekistonda qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalari bo`yicha jalb etish tamoyiliga doimo amal qilib kelinganligi tufayli ham respublikaning tashqi qarzi 13,3% miqdorida bo`ldi. Vaholanki, ko`plab davlatlarning tashqi qarz masalasidagi puxta o`ylanmagan siyosati ularning iqtisodiyotini zaif, tashqi omillarga qaram, xatarli vaziyatlar oldida himoyasiz va nochor ahvolga solib qo`yganini ko`rish, kuzatish qiyin emasligini Yurtboshimiz o`zining asarida asoslab berdi. O`zbekistonda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oqibatlarini oldini olish va yumshatish imkonini beradigan omillar quyidagilardan iborat: • Tijorat banklarining likvidliligi va kapitallashish darajasini oshirishga qaratilgan siyosatning 2005 yildan boshlab izchillik bilan amalga oshirilganligi. • Puxta o`ylangan pul-kredit siyosatining amalga oshirilishi natijasida inflyatsiyaning prognoz ko`rsatkichlari chegarasida saqlab qolinayotganligi. • Oqilona byudjet-soliq siyosatining olib borilganligi natijasida Davlat byudjeti profitsit bilan bajarilmoqda, soliq yukining pasayib borish tendentsiyasi kuzatilmoqda. • Tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o`zgarishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo`linganligi. • Mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar miqdorining barqaror o`sish sur`atiga ega bo`layotganligi. • Mamlakat tashqi qarzining mo``tadil darajasini ta`minlashga muvaffaq bo`linganligi. • Fermer xo`jaliklarini qo`llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan katta miqdorda moddiy va moliyaviy resurslar ajratilayotganligi. Mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha 2009-2012 yillarga mo`ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi O`zbekistonni 2009 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo`nalishi bo`lib qoladi. Inqirozga qarshi dasturning eng muhim yo`nalishlari quyidagilardan iborat. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling