Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
- Bu sahifa navigatsiya:
- To`rtinchidan
Birinchidan – korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada
jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish. Ikkinchidan – joriy kon`yunktura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo`lishini qo`llab- quvvatlash bo`yicha konkret chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni ra`gbatlantirish uchun qo`shimcha omillar yaratish: 1 Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. –Т.: Ўзбекистон, 2009, 30-31-бет. - aylanma mabla`glarini to`ldirish uchun korxonalarga Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 70 foizidan ortiq bo`lmagan stavkalarda 12 oygacha bo`lgan muddatga imtiyozli kreditlar berish; - tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil etilgan korxonalarni byudjetga barcha turdagi soliq va to`lovlardan – qo`shimcha qiymat soli`gi bundan mustasno – ozod qilish muddatini 2012 yilgacha uzaytirish; - banklar kreditlari bo`yicha to`lov muddati o`tgan va joriy qarzlar miqdorini qayta ko`rib chiqish, byudjetga to`lanadigan to`lovlarning penyasidan kechish hamda boshqa muhim imtiyoz va preferentsiyalar berish. Uchinchidan – qat`iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni ra`gbatlantirish hisobidan korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish. To`rtinchidan – elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya inte`molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish. Beshinchidan – jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda, ichki bozorda talabni ra`gbatlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash iqtisodiy o`sishning yuqori sur`atlarini saqlab qolishda `goyat muhim ahamiyatga ega. Ichki bozorda talabni ra`gbatlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash maqsadida Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi loyihalar hajmini 3-4 barobar ko`paytirish mo`ljallanmoqda. 2012 yilning 1 yanvarigacha quyidagi soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda: - go`sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun bo`shagan mabla`glarni ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash va modernizatsiya qilishga maqsadli ravishda yo`naltirish sharti bilan yagona soliq to`lovi stavkasini 50 foizga qisqartirish; - tayyor nooziq-ovqat tovarlarning muayyan turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni foyda va mulk soliqlaridan, mikrofirma va kichik korxonalarni yagona soliq to`lovidan ozod qilish. Mamlakatimizda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta`sirini bartaraf etish hamda inqirozdan so`ng barqaror va mutanosib iqtisodiy rivojlanishni ta`minlash maqsadida 2009- 2014 yillarga mo`ljallangan ishlab chiqarishni uzluksiz modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, iqtisodiyot raqobatbardoshligini doimiy ravishda oshirish, eksport salohiyatini o`stirish maqsadida innovatsiyalarni joriy etish asosida chuqur tarkibiy o`zgartirishlar qilish uchun eng muhim investitsiyaviy loyihalar dasturi amalga oshirilmoqda. Bu loyihalarning umumiy qiymati 55,4 mlrd. dollarni tashkil etib, uning 15,3 mlrd. dollari (ya`ni 27,6 %) neft gaz sohasiga, 12,1 mlrd. dollari (12,1%) neftgazkimyo sanoatiga, 7,5 mlrd. dollari (13,5%) transport va infratuzilmaga, 5,8 mlrd. dollari (10,5%) energetika sohasiga yo`naltiriladi (12.2.1-jadval). Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling