Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. O`rta muddatli tsikl (7-12 yil)
1. Qisqa muddatli tsikl (2-4 yil) iste`mol tovarlariga bo`lgan bozor talabi va taklifi
muvozanatining buzilishi va tiklanishi tarzida yuz beradi. Bu tsiklda ishlab chiqarish hajmi bozor kon yunkturasiga qarab o`zgaradi: — narxlar darajasi kam o`zgaradi, ko`pchilik firmalar o`z xaridorlarini yo`qotmaslik uchun tovarlar narxini uzoq vaqt (yilda bir marta) o`zgartirmaslikka harakat qiladilar; — ish bilan bandlik ham nisbatan barqaror, tebranish kichkina, asosan, alohida korxona va tarmoqlarda ish haqi o`zgarishiga bo`gliq; — foyda normasi ham bu davr mobaynida kam o`zgaradi; — qisqa muddatli davr uchun miqdoriy ko`rsatkichlar kam o`zgaradi. 2. O`rta muddatli tsikl (7-12 yil) tebranishlar katta, bu esa muvozanatning chuqur buzilganini ko`rsatadi: — jamiyatda iqtisodiyotgina emas, balki ijtimoiy sohada ham barqarorlik buziladi; — eng asosiysi, iqtisodiy o`sish tushkunlik bilan almashadi. Ko`pchilik iqtisodchilarning fikricha, bu muddat asbob-uskuna, mashina, mexanizmlarga bozor talabi va taklifi muvozanatining buzilishi hamda tiklanishini ifodalaydi. Ushbu tsiklda kapitalning bir tarmoqdan boshqa tarmoqqa oqib o`tishi yuz beradi. Iqtisodiy tsiklning klassik varianti 4 fazadan iborat bo`lib, ularning har birida ishlab chiqarish hajmi dinamikasi, narxlar darajasi, ish bilan bandlik, protsent normasi turli xil bo`lishi kuzatilgan. TSiklning birinchi fazasi krizis (tanglik, tushkunlik) bo`lib, iqtisodiy o`sish darajasi va sur`ati tushib ketadi, so`ngra mahsulot ishlab chiqarish hajmi qisqaradi. Bunday holat ortiqcha ishlab chiqarishga xos bo`lib, realizatsiya qilinmagan tovarlar zaxirasi ko`payib boradi va sanoat, savdo korxonalarining yoppasiga bankrot bo`lishiga olib keladi. Ishlab chiqarish to`xtashi natijasida ishsizlik ko`payadi, ish haqi pasayadi. Jamiyatda kredit aloqalari buziladi. Qimmatbaho qo`gozlar bozorida aktsiya kursi tushib ketib, barcha tadbirkorlarning pulga ehtiyojlari ortadi, qarz to`lash uchun bank protsenti o`sadi. Krizisdan keyingi faza–depressiya (tur`gunlik) fazasi keladi. Bu fazada ishlab chiqarishdagi tushkunlik ham narxlar tushishi ham to`xtaydi. Tovar zaxiralari va pul kapitalining massasi ko`payib, bank protsenti stavkasi eng past darajaga tushadi. Tovar taklifini talabdan ortib ketishi to`xtaydi. Iqtisodiyotda tur`gunlik bilan bir vaqtda narxning ko`tarilishi, ya`ni inflyatsiya yuz berishi mumkin. Bunday holat stagnatsiya deb atalib, aholi turmush darajasining pasayishiga katta ta`sir qiladi. Depressiyadan so`ng jonlanish fazasi keladi. Bunda ishlab chiqarish avvalgiga nisbatan o`sadi, tovar zaxiralari bozorni uzluksiz ta`minlash darajasida bo`ladi. Sotib olish quvvati o`sishi bilan jonlanish kuzatiladi. Pul kapitaliga talab ortadi, protsent o`sadi, narxlar ham o`sa boshlaydi. Jonlanishdan so`ng yuksalish fazasiga o`tiladi. Mahsulot ishlab chiqarish avvalgiga nisbatan o`sadi, ishsizlik kamayadi, talab ortishi natijasida narxlar o`sadi. Kreditga talab oshib, protsent ham o`sadi. Investitsion tovarlar ishlab chiqarishning ko`payishi bilan xom ashyo resurslariga talab ortadi, narxlar ham o`sadi. Jonlanish fazasida yuzaga kela boshlagan disproportsiya kuchaya boradi. Iqtisodiyot yangi tushkunlikka yaqinlashadi va yana tushkunlik davri boshlanadi. Ana shunday tarzda tsikl qaytariladi. Birinchi krizis 1825 yili Angliyada yuz berdi, so`ngra 1836 yili Angliya va AQShda, 1841 yili AQShda, 1847 yili AQSh, Angliya, Frantsiya va Germaniyada. 1857 yilgi krizis birinchi jahon tsiklik krizisi bo`lib tarixda qoldi, keyin – 1873, 1882, 1890 yillardagi krizis ro`y berdi. Iqtisodiyotga nisbatan katta talafotlar keltirgan krizis – 1900-1901 yildagi tushkunlik bo`ldi. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling