Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
12.2.1-jadval
2009-2014 yillarga mo`ljallangan eng muhim investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish dasturi* Sanoat tarmoqlari Loyihalar qiymati (mlrd. doll) Loyihalar tarkibi (umumiy qiymatiga nisbatan % hisobida) Jami 55,4 100,0 Shu jumladan: Neft gaz sektori 15,3 27,6 Neftgazkimyo sanoati 12,1 21,8 Transport va infratuzilma 7,5 13,5 Energetika 5,8 10,5 Kimyo sanoati 5,6 10,1 To`g-kon va metallurgiya sanoati 4,4 7,9 To`qimachilik sanoati 1,9 3,4 Mashinasozlik 1,4 2,5 Qurilish materiallari sanoati 0,8 1,4 Boshqa tarmoqlar 0,6 1,1 * O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari, Moliya vaziri R.S.Azimovning xalqaro anjumandagi “Effektivnost antikrizisnoy programmo’ i vajneyshie prioriteto’ post krizisnogo razvitiya Uzbekistana” mavzusidagi ma`ruzasidan olingan. Ushbu investitsiyaviy loyihalarning amalga oshirilishi natijasida mamlakatimizda avtomobilsozlik, neft kimyosi, gaz kimyosi, elektrotexnika, kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati ustuvor ravishda rivojlanadi. Shuningdek, mehnat si`gimi yuqori va raqobat ustuvorligiga ega bo`lgan, aholi ish bilan bandligini yuqori darajada ta`minlashga qodir bo`lgan to`qimachilik, poyafzal, oziq-ovqat sanoati tarmoqlari ham jadal rivojlanadi. Buning natijasida mamlakatimizning eksport salohiyati yanada rivojlanadi va mustahkamlanadi, eksport tarkibi diversifikatsiyalashadi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta`sirini bartaraf etish va inqirozdan keyingi taraqqiyot dasturlarini amalga oshirish sharoitida O`zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturining muhim ustuvor vazifalari quyidagilardan iborat qilib belgilangan: • 2009-2012 yillarga mo`ljallangan mamlakatda qabul qilingan jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va bartaraf qilish bo`yicha inqirozga qarshi dasturni amalga oshirish va shu asosda iqtisodiy o`sishni uzoq muddatli barqaror sur`atlari va iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishini ta`minlash. • Tarkibiy o`zgartirishlarni davom ettirish va iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, buni, birinchi navbatda, xalqaro sifat standartlariga javob beradigan talab yuqori bo`lgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga yo`naltirilgan iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash yo`li bilan amalga oshirish. • Qishloq joylardagi turmush sifati va qiyofasini tubdan yaxshilash, qishloqdagi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirishga, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o`rni va ahamiyatini tubdan qayta ko`rib chiqishga, fermer xo`jaliklarini rivojlantirishga har tomonlama yo`naltirilgan uzoq muddatli, o`zaro chuqur bo`glangan chora- tadbirlar kompleksini amalga oshirish. • Aholi bandligini ta`minlash, uning turmush sifatini oshirishning muhim omili sifatida xizmatlar ko`rsatish sohasi va kichik biznesni jadal rivojlantirish. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling