Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


 O`zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashning


Download 3.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/197
Sana05.10.2023
Hajmi3.5 Mb.
#1692280
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   197
Bog'liq
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

1.4. O`zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashning
ustuvor yo`nalishlari 
Bozor munosabatlariga o`tishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar sharoitida davlat xo`jalik 
sub`ektlari faoliyatining iqtisodiy xavfsizligini ta`minlashi va fuqarolarga ziyon keltirishiga 
yo`l qo`ymasligi kerak. Ushbu maqsadlarda davlat, eng avvalo, tadbirkorlik muhitini 
yaxshilash, kichik va o`rta biznesning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini ko`paytirish, 
iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobatbardoshligini rivojlantirish, fond bozori, yer 
va ko`chmas mulk bozorlarini shakllantirish bo`yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi kerak. 
Bundan tashqari, hokimiyatning barcha bo``ginlarida qonun loyihalarining sifati va 
asoslanganlik darajasini oshirish hamda qonunga barchani, hatto davlat hokimiyati 
organlarining ham qat`iy rioya etishlari bo`yicha tadbirlar amalga oshirilishi zarur bo`ladi. 
Iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash uchun davlat quyidagilarni ko`zda tutishi lozim: 
- ijtimoiy institutlar strategiyasini bir-biriga yaqinlashtirish, ularning faoliyatini 
koordinatsiyalashtirishga imkon beradigan institutsional o`zgarishlarni amalga oshirish; 
- xo`jalik jarayonlarining barcha ishtirokchilari uchun lobbizmni qonuniy cheklash, 
qonunchilikni maksimal unifikatsiyalash (ya`ni imtiyozlari va turli preferentslarni qisqartirish va 
yo`qotish) uchun iqtisodiy va ijtimoiy xatti-harakatlarning umumiy tamoyillarini ishlab chiqish va 
qabul qilish; 
- iqtisodiyot sub`ektlari va davlat boshqaruv organlari tomonidan qonunlarga, faoliyat tartib 
– qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish; 
- iqtisodiy munosabatlar sohasida vujudga keladigan munozara va ziddiyatlarni hal qilish 
mexanizmini yaratish; 
- kadrlarni korxonalar xo`jalik faoliyatini tahlil qilish va investitsiya loyihalarini 
baholashning zamonaviy usullariga o`qitishni tashkil qilish; 
- jamiyatda iqtisodiy barqarorlikni oshirish va ijtimoiy keskinlikning o`sishiga yo`l 
qo`ymaslik; 
- mamlakat iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar 
bilan iqtisodiy, siyosiy munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish. 
Shunga muvofiq ravishda sobiq totalitar tizimdan bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan 
mamlakatlar yaqin istiqbolda quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari lozim bo`ladi: 
1) samarali va raqobatbardosh ishlab chiqarishni qo`llab-quvvatlash va istiqboli yo`q, 
eskirgan ishlab chiqarishni to`xtatib qo`yish; 
2) tarkibiy o`zgartirishlarni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan iqtisodiyot 
infratuzilmalarini rivojlantirish; 
3) iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni ta`minlash; 
4) mavjud ilmiy texnika salohiyatining eng qimmatli elementlarini saqlash; 


5) iqtisodiyot tarkibining deformatsiyalashuviga barham berishda chuqur tarkibiy 
o`zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarish tarkibini to`lovga qodir talab bilan 
uy`gunlashtirish; 
6) korxonalarning bozor sharoitlariga moslashuvini tezlashtirish; 
7) eksport salohiyatini diversifikatsiyalash
8) ekologik xavfsizlikni oshirishni ta`minlash. 
Ushbu vazifalarni bajarish milliy iqtisodiyotning ko`pchilik tarmoqlarining raqobatga 
bardoshli emasligini bartaraf etishga imkon yaratadi. Bundan kelib chiqqan holda, tarkibiy siyosat 
mikro va makro iqtisodiyot darajalarida uch asosiy yo`nalishda amalga oshirilishi kerak, degan 
xulosa chiqarish mumkin. Buning uchun davlat hokimiyat organlari mamlakat iqtisodiy 
xavfsizligini ta`minlash uchun ma`lum tarmoq va sohalarni selektiv qo`llab-quvvatlashi darkor 
bo`ladi. 
Makroiqtisodiyot darajasida tarkibiy siyosatni amalga oshirish jarayonida quyidagi vazifalar 
hal qilinishi zarur: 
- jami talabni oshirish
- jam`garish normasini o`stirish va uni investitsiyaga aylanishini ta`minlash; 
- rivojlanishdan to`xtab qolgan sektorlardagi barcha turdagi resurslarning rivojlanayotgan 
sektorlarga oqib o`tishini ra`gbatlantirish; 
- yalpi investitsiyalarni ko`paytirish; 
- eksportni ra`gbatlantirish; 
- umum qabul qilingan tartib-qoidalar doirasida milliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish 
maqsadida importni tartibga solish. 
Mikroiqtisodiyot darajasida tarkibiy siyosatni amalga oshirish jarayonida quyidagi 
vazifalarni bajarish zarur bo`ladi: 
- iqtisodiy nuqtai nazardan samarali korxona va ishlab chiqarishlarning rivojlanishini 
ra`gbatlantirish va qo`llab-quvvatlash; 
- samarasiz ishlab chiqarishlar va korxonalarni tugatish yoki reorganizatsiya, ya`ni qayta 
tashkil etish; 
- yangi monopolistik tuzilmalarning paydo bo`lishiga yo`l qo`ymaslik; 
- tarmoqlararo kapital oquvchanligini ta`minlash maqsadida fond bozorining rivojlanishini 
tartibga solish va ra`gbatlantirish; 
- narx o`sishini to`xtatish chora-tadbirlarini ko`rish; 
- iqtisodiy sub`ektlar xatti-harakatining bozorga xos normalarini joriy qilishni 
ra`gbatlantirish. 
Mamlakatda iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash uzoq muddatli strategik vazifa hisoblanadi. Bu 
vazifani amalga oshirish uchun iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash davlat strategiyasi, ya`ni 
doktrinasini ishlab chiqish va qabul qilish zarur bo`ladi. Ushbu davlat strategiyasi oliy milliy 
davlat manfaatlariga javob bera olishi kerak. 
Iqtisodiy xavfsizlik davlat strategiyasida erishiladigan pirovard maqsad va uni amalga 
oshirish bosqichlari o`z ifodasini topishi lozim. Shu davrda iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashning 
kafolati bo`lgan davlatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo`ladi: 
- xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha xo`jalik va siyosiy xarakterdagi qarorlarni qabul qilish; 
- ijtimoiy jarayonlarni boshqarish mexanizmiga tahdidlarning paydo bo`lganligi to``grisida 
signal beruvchi indikatorlarni kiritish
- iqtisodiy tahdidlarni yumshatish, bartaraf etish, neytrallashga qaratilgan samarali chora-
tadbirlarni ishlab chiqishni amalga oshirish. 
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash kontseptsiyasi doimo uzoq muddatli milliy 
davlat manfaatlariga asoslanadi. Boshqacha aytganda mazkur kontseptsiya mamlakatning kelajagi 
to``grisidagi tasavvurga, isloh delga, shuningdek, barqaror, mustahkam rivojlanish strategiyasiga 
bo`gliq bo`ladi. 



Download 3.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling